O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yaman tinchlik istaydi

  • 1286
  • 1286
Jamiyat
Avgust18/ 2016

Yamanda 10 apreldan boshlab o’t ochishni to’xtatish bo’yicha muhim kelishuvga erishildi. BMT Bosh kotibining Yaman bo’yicha maxsus elchisi Ismoil Uld Sheyx Ahmad mazkur qadamni alohida e`tirof etib, ziddiyatda bo’lgan tomonlarni bundan buyon harbiy harakatlarni to’xtatish hamda Quvaytda 18 aprelda o’tkaziladigan tinchlik muzokaralari uchun sharoit yaratishga chaqirdi.

 

BMT ma`lumotlariga ko’ra, o’tgan yili mamlakatda 900 nafar bola vafot etdi. Tomonlar o’z saflariga ko’proq voyaga yetmagan o’smirlarni jalb etgani jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Masalan, 848 nafar o’smirni urush o’z girdobiga tortgan. Ziddiyatlarning yanada chigallashayotgani, qo’liga qurol tutishni bilgan har bir inson harbiy harakatlarga jalb etilayotgani kelgusida katta fojialarni keltirib chiqaradi. Urush ichida yashagan avlod har qanday ziddiyatni qurol bilan hal etish mumkin, degan fikrda yashaydi.

Bundan tashqari, BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissari boshqarmasi matbuot kotibi Rupert Kolvill ma`lum qilishicha, Yamanda notinchlik boshlanganidan beri qariyb 9 ming kishi halok bo’ldi.

– Mamlakatda mojarolar oqibatida halok bo’lganlarning 3 ming 218 nafari tinch aholi vakillaridir, – deydi Rupert Kolvill. – To’qnashuvlarda 5 ming 778 nafar oddiy fuqaro jarohat olgan. Hozirga kelib, bu raqamlar ancha o’sgani kuzatilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Yamanda «Ansor Alla» shia harakatidan xusiylar bilan sobiq prezident Ali Abdullo Solihga sodiq armiyaning bir qismi, ikkinchi tomondan esa amaldagi prezident Abd Rabbu Mansur Hodi qo’shinlari bilan Sau­diya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi bir-biriga qarshi urush olib borgan edi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, Yaman Arabiston yarim orolidagi boshqa mamlakatlarga qaraganda qulay iqlim sharoiti va hosildor yerlarga ega bo’lishiga qaramasdan, arab dunyosidagi eng kambag’al mamlakat hisoblanadi. Yaman aholisining yillik yalpi ichki mahsuloti kishi boshiga 1200 dollarni tashkil qiladi, uning shimoliy qo’shnisi Saudiya Arabistonida ushbu ko’rsatkich 15 ming, Qatarda esa 76 ming dollarni tashkil qiladi. Aholi soniga ko’ra ham Yaman Arabiston yarim orolida Saudiya Arabistonidan keyin ikkinchi o’rinda turadi va aholining 46 foizi 15 yoshga yetmagan yoshlardan iborat. Mamlakatda qashshoqlikdan tashqari savodsizlik ham avjiga chiqqan, aholining 50 foizidan ko’prog’i savodsizdir. Ishsizlik ham dunyo mamlakatlariga solishtirganda rekord darajada, faol aholining 35 foizi ishsizdir. Agar aholining asosiy qismi yoshlardan iboratligi va ishsizligini hisobga olsak, qashshoq va o’z yo’lini yo’qotgan aholining har qanday harakati hukumat uchun katta muammolar tug’dirishi tabiiy. Xullas, qashshoqlik, savodsizlik, aholining yashashdan aniq maqsadi yo’qligi tufayli ham qurolli harakat yuzaga keldi. Ayniqsa, shu paytgacha ishsiz yurganlarning ko’pchiligi qo’liga qurol olib, harbiy harakatlarda ishtirok eta boshladi. Bu to’qnashuvlarda qatnashgan tashqi kuchlar vaziyatni yanada chigallashtirdi. Natijada begunoh insonlarning qoni to’kildi.

Shu boisdan ham ayni paytda xalqaro jamoatchilik Quvaytda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan tinchlik bo’yicha muzokaralarga katta umid bildirmoqda. Agar hududda tinchlik o’rnatilsa, ko’plab muammolar bartaraf etilib, tinch aholining hayotini asrab qolish imkoni paydo bo’ladi. BMT vakillari mamlakatda siyosiy muloqotni qayta tiklash, og’ir qurollarni hukumatga topshirish, xavfsizlikni ta`minlash, davlat idoralari faoliyatini qaytadan tashkil etish kabi masalalarni hal etish lozimligini bildirmoqda.

AQSh ham Yamanda tomonlarning o’q otishni to’xtatish borasidagi sa`y-harakatlarni olqishladi. AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Mark Tonerning aytishicha, BMT boshchiligida tomonlarning murosaga kelishi ayni maqbul yo’ldir. Shu bilan birga, Yamandagi mavjud muammoni faqat siyosiy muzokaralar yo’li bilan yechish mumkin. Bu esa kelgusida mamlakat iqtisodini qayta tiklash imkonini beradi.

Urush – insoniyat kushandasi. Shu paytgacha urushdan hech bir mamlakat foyda ko’rmagan. Ana shu oddiy haqiqatni anglab yetmagan xalq oxir-oqibat o’z ildiziga bolta urib, halokatga yo’liqishi muqarrardir.

 

Rufat NE`MATOV

Teglar: ,

Foydali havolalar