O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Inson tabiati urushga moyilmi?

терорист11
Jamiyat
Iyun25/ 2016

Ayni payda dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan ziddiyatlar, qurolli to’qnashuvlar insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. Bunday to’qnashuvlarning sabablari turlicha talqin etilayapti. Manfaatlar to’qnashuvi, hokimiyatga, tabiiy boyliklarga egalik qilish, dunyoni boshqarishga intilish… Eng xatarlisi, bunday qarama-qarshilik tufayli tinch yashayotgan odamlar ham qo’liga qurol olmoqda, bunyodkorlik o’rnini vayronkorlik egallamoqda.

Ancha yillardan buyon olimlar bunday ziddiyatlarning tub mohiyati, kelib chiqish sabablarini jiddiy o’rganayapti. Ba`zi olimlar urush qilish inson genida bor, ya`ni tabiatan odam shunga moyil desa, boshqalar insoniyat taraqqiyoti, rivoji bunga sabab ekaniga ishora qilmoqda. Mutaxassislar agar bu masalaga aniqroq javob topilsa, insoniyat kelajagi muayyan darajada xavf-xatardan xoli bo’lishi mumkin, degan fikrni bildirmoqda.

Qayd etish joizki, arxeologlar jor­iy yilda Keniyadagi Turkan ko’li yaqinida 27 kishining suyaklarini topdi. 10 ming yil oldin ko’milganlar orasida bolalar ham bor. Ekspertlar xulosasiga ko’ra, ular boshiga urib o’ldirilgan. Demak, vahshiylik va zo’ravonlik ancha ilgari boshlangan degan xulosaga kelishga asos bor.

Shu bilan birga, inson ov qilishdan qishloq xo’jaligiga o’tgan davrda zo’ravonlik ko’paygani arxeologik topilmalarda aniqroq eks etmoqda. Urushlar bu davrgacha ham sodir etilgan bo’lishi mumkin. Lekin olimlar hali uni aniqlagani yo’q. Shu bois arxeologik topilmalar insonning urushga moyilligi qaysi davrda boshlangan degan savolga aniq javob berolmayapti.

Urushlar odam bolasi bevaqt ko’z yumishiga, tirik jon borki qurbon bo’lishiga olib keluvchi og’ir jinoyatdir. Shunga qaramay, so’nggi yillarda ziddiyatlar yanada avj olmoqda. Ba`zi omillarga e`tibor qaratilsa, inson geni ko’proq urushga moyildir. Boisi, ba`zi ziddiyatlar tinch yo’l bilan hal etilsa, muzokaraga borgan tomonlar tan­qidga uchraydi. Ya`ni, ko’proq qo’rqoqqa chiqariladi. Bunday tanqidlarga bir necha davlat rahbarlari uchragan. Eng qizig’i, ba`zi hollarda ziddiyatni tinch yo’l bilan emas, aksincha qurol yordamida hal etish tarafdorlari ham ko’p bo’ladi.

Bundan tashqari, inson umriga zomin bo’luvchi qurol savdosi va uni ishlab chiqarish ham yildan-yilga ortib bormoqda. Qurollarni zamonaviylashtirish, yangilash borasidagi poyga avj olmoqda. Bunday xatti-harakatlar tufayli ruhiyatshunoslar urushga mo­yillik inson tabiatida mavjud degan fikrga bormoqda.

Olimlar tomonidan nafaqat inson, balki jonivorlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar ham o’rganilayapti. Xususan, Buyuk britaniyalik tad­qiqodchi Jeyn Gudoll­ning   shimpanzelarning jangovarlik xususiyatlari borasidagi tad­qiqoti natijalari xal­qaro jamoatchilikni hayratga soldi. Olim Tanzaniyada bir guruh bo’lib yashaydigan shimpanzelarni kuzatdi. Kuzatuvlar davomida jonivorlar bosh­qa guruh vakillarining hududini egallab olishga harakat qildi. Ular boshqa guruhning barcha a`zosini halok bo’lgunicha kaltakladi. Jeyn Gudoll­ning ta`kidlashicha, hudud uchun bunday jang, urush ochish genda ham bo’lishi mumkin.

– Bundan tashqari, bonobo (pakana shimpanze)larni ham kuzatdim, – deydi u. – Ular biroz bosiq hisoblanadi. Bonobo guruhlarida urg’ochilarning hukmronligi bunga sabab bo’lishi ehtimoli mavjud.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bunday tadqiqodlar ham insonning urushga moyilligi tabiatida bor yo’qligini aniq ochib berolmaydi. Binobarin, inson ongli mavjudot.

AQShlik tadqiqotchi Margaret Midning aytishicha, inson taraqqiyotga qadam qo’ymasidan oldin urush bo’lmagan. Urushni yaratishgan, to’g’rirog’i, vaqt o’tib, inson ongi yuksalib borgani sari urush paydo bo’lgan va ko’paygan.

1890 yillarda Sibir yukagir (shar­qiy sibirdagi xalq)larini o’rganish jarayonida rossiyalik etnograf Valdemar Ioxelson ular o’z dushmanlarini xuddi yovvoyi jonivorlar kabi ta`qib qilganini yozgan.

– Xuddi shunday holat Andaman orollarida ham kuzatilgan, – degan edi u. – Dushmanlar kunduz kuni bir birini taqib qilib, vahshiyona tarzda o’ldirgan. Bu kabi qotilliklar oddiy holdek qaralgan. Bundan xulosa shuki, insonlar hamisha o’z manfaatini boshqalarnikidan ustun deb bilgan.

Kanadalik ruhiyatshunos Stefen Pinker esa zo’ravonlik, vahshiylik asr­lar mobaynida kamayib kelgan, degan fikrda. Ammo boshqalar bu qarashga unchalik qo’shilmaydi. Dunyo davlatlarida davom etayotgan qarama-qarshiliklar, xunrezliklar, begunoh bolalar o’limini kuzatib, inson genida urushga moyillik bor, inson urushni ixtiro qilgan degan har ikkala faraz ham to’g’ri degingiz keladi.

Inson o’z kelajagini o’zi yaratadi. Insoniyat sog’lom, tinch kelajak sari qadam tashlamas, har qanday nizo, kelishmovchilikni faqat muzokara, tinch­lik, o’zaro hurmat bilan hal etish mumkin, degan qat`iy qarorga kelmas ekan, dunyoning turli nuqtalarida qon to’kilishi davom etaveradi.

Rufat NYE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar