O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

KOLLYEJ BITIRUVChILARI UChUN ISh JOYI TAYIN

01
Jamiyat
Avgust25/ 2016

Samarqandda o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilari bandligini ta`minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagida bo’lgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida «Kasb mahorati» ko’rgazmasi, «Eng yaxshi mutaxassis» va «Eng yaxshi biznes loyiha» ko’rik-tanlovlari o’tkazildi.

Viloyat hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya, viloyat prokuraturasi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda kasb-hunar kollejlarining 1,5 mingga yaqin bitiruvchisi 39 yo’nalish bo’yicha egallayotgan mutaxassisliklariga oid kasb ko’nikmasini namoyish etdi, eng yaxshi biznes loyihalar taqdimoti o’tkazildi.

– Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni kasbga yo’naltirish va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga doimiy e`tibor qaratilayotgani hamda mutasaddi tashkilotlar bilan yo’lga qo’yilgan hamkorlik tufayli bitiruvchilarning o’z mutaxassisligi bo’yicha bandligini ta`minlashga erishilmoqda, – deydi Samarqand viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi boshlig’i Rustam Yo’ldoshev. – Joriy o’quv yilida viloyatdagi 160 kasb-hunar kollejini 112 mutaxassislik bo’yicha bitirayotgan 55 mingdan ortiq yoshlarning aksariyati bilan ishlab chiqarish amaliyotini o’tash va keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida korxona va tashkilotlar o’rtasida to’rt tomonlama shartnomalar imzolandi.

Samarqand pedagogika va xizmat ko’rsatish, pedagogika, olimpiya zaxiralari, turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, tibbiyot instituti qoshidagi 2-akademik litseyda o’tkazilgan tadbirlarda mutaxassislik diplomiga ega bo’layotgan yigit-qizlarning o’z yo’nalishlari bo’yicha taqdimoti jamoatchilik vakillari, ish beruvchilar va mutaxassislarda katta qiziqish uyg’otdi.

– Pastdarg’om tumani qurilish texnologiyalari kollejini qurilish-pardozlash ishlari ustasi mutaxassisligi bo’yicha bitirmoqdaman, – deydi Siroj Bo’tayev. – Uch yil davomida kollej ustaxonasi va qurilish maydonchasida bu borada bilim va ko’nikma oshirdim. «Bulut graf» mas`uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarish amaliyotida qatnashyapman. O’qishni bitirganimdan so’ng ushbu qurilish tashkilotida ish boshlash uchun to’rt tomonlama shartnoma imzolaganmiz.

«Eng yaxshi biznes loyiha» ko’rik-tanlovida har bir ishtirokchi o’z loyihasi taqdimotini o’tkazib, yaqin va uzoq istiqboldagi rejalarini bayon etdi. 50 ga yaqin yoshlarga banklardan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi ­Z.Mirzayev so’zga chiqdi.

Folib HASANOV,

O’zA muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar