O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

«Mening huquqlarim» – yoshlarga ko’makchi

Jamiyat
Avgust25/ 2016

«O’qishni tamomlab qayerga ishga kirsam ekan?», «Qani endi imkoniyatim bo’lganida, tikuvchilik kurslariga qatnardim», «Biznes loyihamni amalga oshirish imkoni bormikan?», «O’z huquq va burchlarim haqida bilishni xohlayman!». Andijonlik yoshlarni qiziqtirgan bu kabi savollarga «Hamroh» nodavlat notijorat tashkiloti o’z tashabbuslari bilan javob berishga ko’maklashmoqda.

– Nodavlat notijorat tashkilot mutaxassislari va ekspertlari tomonidan olib borilgan treninglarda doimo qatnashib kelaman, – deydi Andijon politexnika kolleji 3-bosqich o’quvchisi Temur Keldiyorov. – Biz unda bosh Qomusimiz, qonunlar va ularning mazmun-mohiyati, xal­qaro huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma`lumotlar olamiz. Darslar asosan interfaol usullarda tashkil etilgani uchun tushunish ham, o’z tengdoshlarimizga tushuntirish ham oson. Ayni kunlarda «Mening huquqlarim» loyihasi doirasida tashkil etilayotgan treninglarda olgan bilim, ko’nikmalarni kasb-hunar kollejlarida seminar-trening va maxsus dars­lar orqali o’quvchilarga yetkazmoqdamiz.

Tashkilot o’tgan yili Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e`lon qilingan tanlovda «Mening huquqlarim» loyihasi bilan ishtirok etib, grant mablag’ini qo’lga kiritgan edi. Tashabbus o’zini oqladi, joylarda yosh huquqshunoslar safi kengaymoqda.

– Loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, – deydi «Hamroh» NNT rahbari Nigora Mad­azimova. – Uning ijrosi yo’lida tashlangan ilk qadam 20 nafar ko’ngilli yoshlarga, huquq sohasiga qiziquvchilarga trening darslar olib borish bo’ldi. Mashg’ulotlar davomida ular malakali mutaxassislardan konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlar, mehnat bozori, bola huquqlari konvensiyasining bo’lim va moddalari, oila huquqi to’g’risida yetarlicha tushunchalar oldi. Shu bilan birga, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavzuga oid hayotiy misollar bilan o’rtoqlashdi.

Loyiha asosida olib borilayotgan targ’ibot ishlari viloyatning deyarli har bir ta`lim muassasasiga kirib borayotgani yana bir bor tashkilot yoshlarning huquqiy hamrohi ekanligini isbotladi.

– Yoshlarning yozgi oromgohlarda dam olish vaqtini mazmunli tashkillashtirishda «Hamroh» NNTning   hissasi katta bo’ldi, – deydi «Barkamol avlod» bolalar markazi Andijon viloyati bo’limi rahbari Gulnora Yo’ldosheva. – Tashkilot a`zolari 6 ta bolalar oromgohida mashg’ulotlar olib bordi. Unda bola huquqlari haqidagi bilimlar turli o’yinlar, qiziqarli treninglar orqali sodda tilda bolalarga yetkazildi.

Aytish kerakki, to’qqiz yillik faoliyati davomida tashkilot andijonlik izlanuvchan, intiluvchan, tashabbuskor yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligini oshirish, ish bilan ta`minlash hamda ular hayotda duch kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy muammolarni hal etishda kamarbasta bo’lib kelmoqda.

 

Huvaydo ULUFBYEK QIZI

Foydali havolalar