O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kelajakni ofatdan asraymiz

  • 1310
  • 1310
Jamiyat
Oktabr03/ 2016

 

Orol mintaqasidagi 5 million 500 ming gektar maydondan har yili atmosferaga 100 million tonna tuzli changto’zon ko’tariladi. Orolbo’yini qamrab olgan cho’l, suvning minerallashuvi ko’paygani nafaqat qurib borayotgan dengiz atrofida, balki undan uzoqda joylashgan hududlarda ham hayot sifati, aholi salomatligi va genofondiga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. Shu bois bugun Orol dengizi masalasi mintaqaviy emas, balki global ekologik muammo sifatida jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

 

Ana shundan kelib chiqib, mamlakatimizda bu boradagi ishlarga hayotiy muhim masala sifatida qaralmoqda. Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Orolni qutqarish xalqaro jam­g’armasiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan kuzatuvchi maqomi berildi. Jamg’arma tomonidan hududdagi ekologik vaziyatni yumshatish maqsadlari uchun 1,3 milliard dollar mablag’ ajratilgan. Shuningdek, Urganch shahrida o’tkazilgan xalqaro konferensiya yakunlariga ko’ra, 3 milliard dollar miqdoridagi grant mablag’i aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash, mintaqaning o’simlik va hayvonot dunyosini saqlash, mavjud irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash, tibbiyot sohasini mustahkamlashga yo’naltirilmoqda.

Orol fojiasi, ayniqsa, orolbo’yi mintaqasiga jiddiy talofat yetkazdi. Aholining reproduktiv salomatligini saqlash, toza ichimlik suvi muammoga aylandi. Bugungi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisiga Tuyamuyin suv tozalash inshooti orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi. Ammo ushbu suvlarning tarkibi o’rganilganda unda organik ifloslantiruvchi moddalar mavjudligi aniqlandi. Inson hayoti uchun zararli bo’lgan mazkur moddalar deyarli barcha yetishtirilayotgan oziq-ovqat, sabzavot, meva, tuxum, go’sht, sut mahsulotlarida ham uchramoqda. Bunga aholining aksariyat qismi to’liq toza ichimlik suvi bilan ta`minlanmay, qo’l nasosi bilan tortib olinadigan yer osti suvlarini iste`mol qilishi asosiy sabab bo’layotir. Bunday nasoslar suvni qum, turli xil chiqindi qoldiqlaridan tozalasada, uning tarkibidagi og’ir metallardan xalos etmaydi.

Ana shunday murakkab vaziyatni hisobga olib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol dengizi atrofida yuzaga kelgan ekologik ofatni yumshatish, aholi salomatligi hamda genofondini asrash, turmush darajasini yuksaltirish borasida keng ko’lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2011 yilda umumiy maydoni 68,7 ming gektarga teng Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Hududda tuzli chang-to’zonlar havoga ko’tarilishining oldini olish maqsadida 310 ming gektar yashil qo’rg’on yaratildi. Qoraqalpog’iston Respublikasida 1,7 ming kilometrlik suv tarmog’i tortilib, aholining toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasini 4 marta oshirishga erishildi. Shuningdek, 2015 yil 29 avgustda Vazirlar Mahkamasining «2015-2018 yillarda Orolbo’yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi qarori tasdiqlandi. Unga ko’ra, 2015-2018 yillarda mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, aholi turmush farovonligini oshirish, genofondi va salomatligi muhofazasi uchun zarur iqtisodiy mexanizmlar yaratish, o’simlik va hayvonot dunyosini asrash, ekotizim, biologik xilma-xillikni tiklash bo’yicha 3,9 milliard dollarga teng loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Ammo ko’rilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda odamlarda suvdan foydalanish madaniyatini shakllantirish zarur. Suvni ham tejash, ayniqsa, ichimlik suvidan ratsional foydalanish O’zbekistonning barqaror rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Vatanimizda sersuv daryolar, zilol suvlar ko’p. Biroq bu ularni behuda isrof etish mumkin degani emas. Yurtimizning moddiy va ma`naviy boyliklarini asrab-avaylash, har narsaning uvoli borligi, bugungi xatti-harakatimiz kelgusi avlodlarga katta zarar yetkazishi mumkinligini unutmasligimiz lozim. Shunday ekan, bugun qancha mushkul bo’lmasin, Orol falokatini bartaraf etib, kelajagimizni ulkan ofatlardan asrab qolishimiz shart.

 

Zumrad BYeKATOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi a`zosi

Teglar:

Foydali havolalar