(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

oldimizdan oqayotgan suvning qadri

  • 1316
  • 1316
Jamiyat
Dekabr03/ 2016

Biz yashayotgan mavzeda suv quvurlarini ta`mirlash ishlari sababli bir kuni ertalab uyimizda suv to’xtab qoldi. Bu haqida oldindan ogohlantirishgani uchun idishlarga suv g’amlab qo’ygan edik. Undan suv olib, odatdagidek yuz-qo’limni yuvdim. Ana shu jarayonda bir holdan taajjublanib, ham hayratlanib ketdim…

Ishonasizmi, tish yuvishim uchun bor yo’g’i bir stakan suv yetdi. Shunda birdan boshqa kunlarda bu ish uchun suvni 3-5 daqiqa davomida sharillatib oqizib qo’yishim yodimga tushdi. O’ylab ko’rsam, har safar ana shu jarayonda eng kamida 5-10 litr suv oqib ketar ekan. Qarang, qancha toza suv behuda isrof bo’larkan.

Bunday holat bir menda emas, hamma xonadonlarda ham kuzatilishi bor gap. Agar hammamiz isrof qiladigan suvni hisoblab chiqsak, qancha bo’larkan?

Ana shular haqida o’ylarkanman, beixtiyor ko’z oldimga televizorda ko’rganim, olis mamlakatlardagi qurg’oqchilik manzaralari keldi. Qarangki, yuzlab hayvonlar to’dasi suv qidirib, minglab chaqirim masofani bosib o’tarkan. Ayniqsa, fillar to’dasi suv topish maqsadida xartumlari bilan yer kavlab, suv chiqarishga harakat qilarkan. Bundan tashqari, yana dunyodagi qanchadan-qancha suvsiz cho’llar, dashtu sahrolar bag’rida yashayotgan odamlar obi hayot topish uchun ne-ne azoblarga bardosh bermoqda. Suv qidirib daryolarning qurigan o’zanlarini qaziyotgan, chanqog’ini qondirolmay halok bo’layotgan ming-minglab kishilar taqdiri global muammoga aylanib bormoqda.

Ko’pni ko’rgan keksalariiz «oldingdan oqqan suvning qadri yo’q», deyishadi. Garchi bu ibora ko’pincha ko’chma ma`noda qo’llansa-da, men bugun uni o’z ma`nosida tushunib yetdim. Zero, tog’larimizdan pildirab tushayotgan irmoqlar soyga aylanib, daryolarga quyiladi. Sonsiz zilol buloqlarimiz chanqoq qondirish barobarida, tanni yayratadi, ming dardga shifo bo’ladi. Uydachi, hech qanday ovoragarchiliksiz istagimiz muhayyo: xohlasak, issiq suv, istasak sovuq suv kecha-kunduz ixtiyorimizda. Shunday bo’lgandan ke­yin, suvni isrof qilmaslik haqida kim ham o’ylab ko’radi deysiz? Hammamiz bu «tuganmas manba»ni istaganimizcha ishlataveramiz-da.

Ammo ana shu kundan boshlab, har kuni suvdan foydalanayotganimda uni isrof qilmaslikka harakat qiladigan bo’ldim. Tasavvur qiling, mana shu isrof qilinayotgan suvni foydali ish uchun sarflasak, yurtimizda yana qancha joy bog’u bo’stonga, gulu gulzorga, chamanzorga aylanadi. O’ylaymanki, har birimiz mana shular haqida yana bir bor chuqurroq o’ylab ko’ramiz.

 

Anora HOJIMATOVA,

O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi

S.Sirojiddinov nomli akademik litsey o’quvchisi

Teglar:

Foydali havolalar