(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Universiada – 2016» Farg’onaga chorlaydi

  • 1307
  • 1307
Jamiyat
Dekabr03/ 2016

Farg’ona bugun nafaqat bahorning ko’klam shukuhidan, balki shaharda keng ko’lamda olib borilayotgan bunyodkorliklar sabab yanada chiroy ochgan desak, mubolag’a bo’lmaydi. Muhtasham uy-joylar, maktab, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining yangi ta`mirlangan binolari, talabalar uchun zamonaviy yotoqxonalar buning yorqin dalilidir.

 Bu tadoriklarning asosiy boisi joriy yil respublikamiz talabalarining sportdagi mahorati va shijoatini sinovdan o’tkazuvchi «Universiada – 2016» musobaqalarning final bosqichi bizning shahrimizda bo’lib o’tadi. Yurtimiz yoshlari Far­g’onadagi yangiliklar va bunyodkorliklardan bahramand bo’ladi. Shu kunlarda farg’onalik yosh sportchilar bayramona ko’tarinki kayfiyat bilan mazkur sport bayramiga qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda.

– Bu yil Farg’ona yoshlari uchun «talabalar yili» bo’ldi, – deydi Farg’ona davlat universiteti talabasi Yulduz O’rinboyeva. – Chunki zamonaviy o’quv binolari, shinam va ko’rkam yotoqxonalar biz, talaba yoshlar uchun barpo etilmoqda. Har kuni o’qishdan talabalar uyiga qaytar ekanman, u yerdagi qulay sharoit meni yanada ko’proq ilm olishga, davlatimiz tomonidan yoshlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikka faqat olg’a intilib javob qaytarishga, yurtga munosib farzand bo’lishga undaydi.

Hozirgi kunda shaharda universiada sport musobaqalari o’tkaziladigan 29 ta ob`ekt, jumladan, Farg’ona davlat universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Farg’ona olimpiya zaxiralari sport kollejida tayyorgarlik ishlari avjida. Sport zallari zamon talablari asosida ta`mirlanib, jihozlanmoqda. Farg’ona davlat universitetida 3 ming 200 o’rinli futbol maydoni, yopiq suzish havzasi, uchta voleybol maydoni va yengil atletika yo’laklari qurilib, foydalanishga topshirildi. Farg’ona davlat universiteti va Farg’ona politexnika ins­titutining talabalar turarjoy binolari zamonaviy ta`mirdan chiqarilyapti. Shu bilan birga, «Farg’ona», «Ma`rifat», «Murabbiylar» nomli markaziy ko’chalar zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ta`mirlanmoqda.

– Bu yil xolislik, halollik, adolat, o’zaro do’stlik asosiga qurilgan sport o’yinlariga guvoh bo’lish imkoniyatiga ega ekanligimizdan nihoyatda xursandmiz, – deydi «Adolat» SDPning viloyat Kengashi qoshidagi «Yosh adolatchilar» qanoti a`zosi Ziyoda Xolbekova. – Shu bois «Universiada – 2016» finalini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Bugun viloyatning qaysi mahallasiga borsangiz, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniy otaxonlaru onaxonlarimizning xushchaqchaq kayfiyati, oydin orzulari, ertangi kunga ishonchi bunyodkorona mehnatida o’z aksini topayotganiga guvoh bo’lasiz. Far­g’onada bu bayramni hamma birdek hayajon va katta mehmonnavozlik bilan kutmoqda. Ishtirokchilar yuqori darajadagi sport o’yinlari bilan birga, shahrimizga xos go’zal qadriyatlar, milliy hunarmandchiligimiz namunalari bilan yaqindan tanishishi uchun tashkilotchilar tomonidan turli dasturlar ishlab chiqil­yapti. Marg’ilon adrasi, Rishtonning kulolchilik maktabi kabilar shular jumlasidan. Bir so’z bilan aytganda, bu yilgi musobaqalar yoshlarimiz hayotida unutilmas voqea bo’lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz.

Har safar mazkur nufuzli sport musobaqalari yurtimizdagi ko’plab yangidan-yangi sport yulduzlarini kashf etadi. Farg’onadagi sport bellashuvlari ham yuzlab sportimiz iftixorlari uchun pog’ona bo’lishi shubhasiz.

Komila ISROILOVA,

O’zbekiston «Adolat» SDP

Farg’ona viloyat Kengashi

matbuot kotibi

 

Teglar:

Foydali havolalar