(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

2080 yilgacha Yevropani nima kutadi?

  • 1325
  • 1325
Jamiyat
Dekabr10/ 2016

 

Iqlim o’zgarishi va uning oqibatlarini oldindan bilish maqsadida tadqiqot olib borgan bir guruh yevropalik olimlarning aytishicha, kelgusi 70 yil davomida Yevropa mintaqasiga suv toshqinlari, o’rmon yong’inlari, qurg’oqchilik kabi tabiiy ofatlar xavf soladi.

Norvegiyalik fizik olim, Iqlim muammolari tadqiqotlari markazi (CICERO) xodimi Byorn Samsetning aytishicha, bunday tabiiy ofatlardan ko’proq Janubiy Yevropa, xususan, Portugaliya, Ispaniya jabr ko’radi.

– Janubiy va Farbiy Yevropa yaqin o’n yillikda me`yoridan ortiq issiq ob-havoni boshidan o’tkazadi, – deydi Byorn Samset. – Bundan tashqari, iqlim bilan bog’liq muammolar kelgusida butun qit`ani qamrab oladi. Bu esa o’z navbatida, mintaqada oziq-ov­qat mahsulotlari yetishtirishni murakkablashtiradi, iqtisodiyotni zaiflashtiradi. Davlatlarning eksport-import salohiyatiga putur yetkazadi.

Albatta, hozirdan kelajak ob-havosini o’rganish, uni tadqiq etish ekologik xatarlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlarning tub mohiyati ham xavfsiz kelajakni ta`minlashdir. Shuning uchun ham olimlar ob-havo o’zgarishini turli xil yondashuvlar orqali hamda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalangan holda kuzatib bormoqda. Mutaxassislarning aytishicha, Yevropada kuzatilishi mumkin bo’lgan iqlim muammosi xalqaro hayotga ham ta`sirini o’tkazmay qolmaydi.

Iqlimshunoslar Shimoliy Yevropa iqlim isishi va suv toshqinlariga tayyor turishi lozimligini uqtirmoqda. Ma`lumki, bugungi issiq harorat yuz yillikning eng issig’i sifatida baholanmoqda. Lekin 2080 yillarga borib, bunday issiq ob-havo har yili kuzatiladi.

Tadqiqotlarga ko’ra, issiq harorat 2020 yildan boshlab ko’proq kuzatila boshlanadi. Ayni shu davrdan qurg’oqchilik, suv toshqinlari va boshqa iqlim muammolari xavf soladi.

– Bu tadqiqot natijalari haqiqatga ancha yaqin, – deydi Greenpeace xalqaro ekologik tashkiloti xodimi Ivan Blokov. – Oldinda Janubiy Yevropani iqlim bilan bog’liq jiddiy muammo kutib turibdi. Talafotlar katta bo’lishi mumkin. Gap shundaki, tabiatdagi o’zgarishlar oldin 100 yilda bir takrorlangan bo’lsa, hozir u 2 yoki besh yilda qaytalanmoqda. Demak, bundan xulosa chiqarish, tadqiqotda aytilgan tabiiy ofatlarga yo’l ochib bermaslik uchun hozirdan kurashish maqsadga muvofiqdir.

Ekspertlar ana shunday xavf-xatarga hozirdan tayyor turish darkorligini bildirmoqda. Zero, iqlim muammolari odatiy turmush tarziga ham ta`sir o’tkazadi. Shu bois joylarda in­fratuzilmani qaytadan ko’rib chiqish zarurati paydo bo’lmoqda. Ayniqsa, mahalliy hukumat suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hududlarda uy-joy qurmaslik haqida aholini ogohlantirishi zarur.

Byorn Samsetning fikricha, insoniyat iqlim o’zgarishiga qarshi kurasha oladi, lekin unga ko’p vaqt va resurs talab etiladi. Ayniqsa, tadqiqotlarga, ilmiy izlanishlarga oddiy bashorat, taxmin sifatida qarash va unga e`tiborsiz bo’lish noo’rindir. Agar odamlar kelajakda hech qanday tabiiy ofat bo’lmaydi, deb xotirjamlikka berilsa, unda iqlim muammolari o’z so’zini ayta boshlaganda kech bo’lishi mumkin.

Sog’lom kelajak, sog’lom ekologik muhitni talab etadi. Shunday ekan, Ona sayyoramizdagi global ekologik holatni yanada yaxshilash uchun sa`y-harakatlarni bir zum bo’lsa-da to’xtatmaslik kerak. Bu kabi tadqiqotlar esa insoniyatga tabiat va uning ne`matlaridan oqilona foydalanish lozimligini yana bir bor eslatadi.

Rufat NYE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar