O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

75 ta loyiha uchun 1 milliard 850 million so’m

DSC12111111111
Jamiyat
Iyun10/ 2016

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o’tkazilgan 1-2-grant tanlovlari g’oliblari e`lon qilindi.

Unda Nukus shahridagi “Isenim” axborot-resurs markazi, Jizzax viloyati gimnastika federatsiyasi, Sirdaryo viloyati “Shirin sadosi” gazetasi tahririyati, Farg’ona viloyati “Azim tafakkur” nodavlat notijorat tashkiloti kabi “uchinchi sektor” vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ilgari surgan ilg’or tashabbuslari uchun g’olib deb topildi. Dastlabki tanlov yakunlariga ko’ra, 45 ta nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga NNTni keng jalb qilish” mavzusida taqdim etilgan loyihalar 1 milliard 100 million so’m miqdorida qo’llab-quvvatlanadigan bo’ldi.

Bu haqda fond mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig’ilishida ma`lumot berildi. Shuningdek, “OAVning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlashga qaratilgan loyihalarni qo’llab-quvvatlash” mavzusidagi ikkinchi grant tanlovi g’oliblari ham ma`lum bo’ldi. Unga ko’ra, mamlakatimizning turli hududlarida ish olib borayotgan 32 ta ijodiy jamoa ana shunday mas`uliyatli vazifa ijrosiga yangicha tashabbuslar bilan kirishadigan bo’ldi. Ular uchun 750 million so’m mablag’ ajratildi.

– Loyihalarni saralab olish oson bo’lgani yo’q, – deydi Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov. – Boisi, ishchi guruhiga taqdim etilgan 350 dan ortiq NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 400 ga yaqin loyihasi o’rganib chiqildi. Bu o’tgan yilga nisbatan 18,5 foizga ko’p demakdir. Loyihalardagi ijtimoiy dolzarblik, yondashuvning yangicha qirralarini qidirishga intilish, aholini qiynaydigan, unga amaliy yordam bera oladigan tashabbuslarni olib chiqish ancha oshgani kuzatilmoqda.

Mustaqil OAVda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, davlat organlari ochiqligini ta`minlash, mahalla institutining o’rni va ahamiyatini keng yoritishga qaratilgan mazkur loyihalar geografiyasi ham respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldi. Tashkilotchilar taqdim etilayotgan loyihalarning mazmun-mundarijasi yildan-yilga boyib borayotganini alohida qayd etishdi. Jumladan, “Oqdaryo ovozi” gazetasi tahririyatining “Gazeta qoshida “Davlat dasturlari hayotga!” jamoatchi muxbirlar maktabini tashkil etish” loyihasi, Ellikqal`a televideniyesining “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” loyihasi bugungi kun uchun dolzarbligidan kelib chiqib g’oliblikka munosib ko’rildi.

Yig’ilishda shuningdek, fuqarolarda qonunga hurmat ruhini yanada yuksaltirish, yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarida kasb-hunar kollejlari, oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilishga yo’naltirilgan 3 va 4 davlat granti tanlovlari e`lon qilindi.

Tanlovlarda asosan, imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuviga ko’maklashish, fan, san`at va sport bilan shug’ullanishlariga imkoniyat yaratishga yo’naltirilgan loyihalar e`tiborga olinishi ta`kidlandi. Shu maqsadda fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy ahamiyatga ega va raqobatbardosh loyihalarni tayyorlash yuzasidan uslubiy yordam ko’rsatishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Munisxon KARIMOVA,

“Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar