(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Partiya guruhlari tashabbusi

  • 1322
  • 1322
Jamiyat
Yanvar10/ 2016

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi manfaatlariga xizmat qiladi

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O’zbekiston XDP guruhlari tomonidan joriy yilning dastlabki uch oyida dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan 58 ta masala muhokama qilindi. Uning 21 tasi doimiy komissiya­lar yig’ilishlarida, 13 tasi esa sessiyalar kun tartibiga kiritilib, yechimlari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Ayniqsa, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridagi partiya guruhlari elektorat manfaatlariga daxldor bo’lgan masalalarni ko’tarib chiqishda alohida faollik ko’rsatmoqda.

– Aholi bandligini ta`minlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida olib borilayotgan ishlar 9 ta hududda tegishli tartibda muhokama qilindi, – deydi O’zbekiston XDP Markaziy Kengashining Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo’limi mudiri Nazira Matyoqubova. – Ularning 5 tasi partiya guruhlari, 1 tasi doimiy komissiyalar hamda 3 tasi sessiyalar kun tartibiga olib chiqildi. Xususan, ushbu masala Qoraqalpog’iston Respublikasining Qo’ng’irot, Namangan viloyatining To’raqo’rg’on, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tuman Kengashlari sessiyalarida keng muhokama qilindi.

Partiyaning Saylovoldi dasturidan o’rin olgan oilaviy poliklinikalarni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash, tug’ma va irsiy kasalliklarni profilaktika qilish, QVPning moddiy texnika bazasini yaxshilash, dori vositalari va farmatsevtika faoliyati bilan bog’liq 12 ta masala tuman va shaharlarda o’rganilib, ularning 6 tasi guruhlarda, 4 tasi doimiy komissiyalarda hamda 2 tasi sessiyalarda muhokama etildi. Xususan, Buxoro viloyatining Qorako’l tumani va Buxoro shahrida masalalar sessiyalar kun tartibiga olib chiqilib, bu borada joylarda uchraydigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tegishli qarorlarda o’z ifodasini topdi.

Pensiya va nafaqa pullarining ta­yinlanishi, yosh oilalarning imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan ta`minlanishi, davlat tomonidan ko’rsatilayotgan moddiy yordamlarning manzilliligini o’rganish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish kabi yo’nalishlarda jami 9 ta masala muhokama qilinishi belgilangan bo’lib, ularning 1 tasi deputatlik guruhlarida, 3 tasi doimiy komissiyalarda hamda 5 tasi sessiya kun tartibida ko’rildi. xususan, Samarqand viloyatining Tayloq, Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on, Qiziriq, Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on, Parkent tumanlarida masalalar sessiya kun tartibiga qo’yildi.

Harakat dasturida ichki yo’llarni ta`mirlash va aholini issiqlik energiyasi bilan ta`minlash borasida 3 ta masala belgilangan bo’lsa, ular Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sessiyada, Farg’ona viloyatining Qo’qon shahrida doimiy komissiya yig’ilishida va Qoraqalpog’iston Respublikasining Ellikqal`a tumanida partiya guruhi majlislarida ko’rib chiqilib, ko’tarilgan muammolarning maqbul yechimlarini aks ettirgan qarorlar qabul qilingan.

Qisqa qilib aytganda, O’zbekiston XDP guruhlarining yil boshidan faollashishi nafaqat elektorat manfaatlarini ta`minlash, balki hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog’liq vazifalarning samarali hal etilishiga ham ta`sir ko’rsatmoqda. Bu joylarda islohotlar izchilligini ta`minlash barobarida partiya xayrixohlari sonining ortishiga ham xizmat qiladi.

Nuriddin UBAYDULLAYEV,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar