(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

“Shu maydonda taskin topaman”

  • 1331
  • 1331
Jamiyat
Dekabr10/ 2016

Vaqt o’tadi, zamonlar o’tadi, lekin Vatan ozodligi va erkinligi, el-yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan o’g’lonlarning nomlari va xotirasi ko’pni ko’rgan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanadi. Bu fazilat el-yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan.

Islom KARIMOV

Shu kunlarda poytaxtimizdagi Xotira maydoni har doimgidan-da gavjum. ­«Xotira kitobi»dan kimdir otasi, kim esa aka-ukasi, yana kimdir do’stu qarindoshining nomini izlayotganiga guvoh bo’lasiz.

Maydondan o’tib borarkanman, «Xotira kitobi» yonida keksa bir onaxonning ko’zlarida yosh bilan nimadandir bezovta bo’lib, kimningdir nomini izlayotganiga ko’zim tushdi. Yoniga borib, suhbatga chog’langan edim, uning o’zi katta kitobni ko’rsatib, «otamning ismi Kuzenskov Mixail Vasilovich, topishga yodamlashib yubor», deb gap boshladi. Birgalashib izlagan nomimizni topdik.

– Otam 1942 yilda Toshkent­dan urushga ketdi va ikki yildan so’ng bizga «qora xat» keldi, – dedi u ko’ngli buzilib. – Biz asli rossiyalikmiz, urush boshlangan yillari O’zbekistonga ko’chib kelganmiz. Men o’zbeklar bilan bir mahallada yashab, birga katta bo’ldim, ular qilgan urf-odatlarni qildim. O’zbeklar singari mehrli, bag’ri keng xalq­ni hech ko’rmadim. Urush yillarida boquvchisiz qolganimizda ular bizga juda katta yordam berdi. Menga nega Vataningga qaytmaysan, deya savol berishadi. Axir, men shu yerda katta bo’ldim, eng katta mehrni ham shu yerda ko’rdim. Qolaversa, ota-onamning hoki shu yerda, mening Vatanim ham shu yer…

Onaxon bilan hayrlashib, Motamsaro ona haykaliga yaqinlashaman. Uning yonida bir dasta gul tutgancha o’yga cho’mgan otaxon biroz taraddudlanib turgach, o’tirdi-da, qo’lidagini motamsaro ona poyiga qo’ydi. So’ng pichirlab duo o’qib, yuziga fotiha tortdi.

– Mening ham eng gullagan yoshligim urush yillariga to’g’ri keldi, – deydi toshkent­lik Musulmon ota. – O’sha mash`um kunlarning og’riqli onlarini hech qachon xayolimdan chiqarolmayman. Chunki qanchadan-qancha safdoshlarim, akalarim, jonday jigarlarim urushda halok bo’ldi, ba`zilari dom-daraksiz ketdi. Hatto ularning qabrini ham topolmasdim. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bun­yod etilgan bu maydon esa o’tganlarni xotirlab, ko’nglimiz biroz bo’lsa-da taskin topishiga yordam beradi.

Suhbatimiz shu joyga yetganda 10-15 yoshlar chamasidagi uch-to’rt bola yugurib keldi. Cholning har yonidan o’tib, turishiga ko’maklashdi. «Qani ketdik bobojon, Mustaqillik maydoniga ham o’taylik, sizga zo’r narsalarni ko’rsataman», dedi ulardan biri otaxonning qo’lidan tortgancha. Nabiralarini ko’rib, nuroniy yuzidagi mung va iztirobdan asar ham qolmaydi. Ko’zlari chaqnab, hassasini do’qillatgancha bolalarga ergashadi.

Xotira va qadr tushunchalari uyg’unlashgan muazzam maydonni tark etarkanman, ko’nglimni allaqanday tuyg’ular chulg’ab oladi. Endi bu yerga tez-tez kelib turishni dilimga tugib, uyga qaytaman.

 

Maftuna VALIYeVA,

«Jamiyat» mahorat maktabi tinglovchisi

Teglar:

Foydali havolalar