O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Farzandga pul zarurmi yoki tarbiya?

  • 1338
  • 1338
Jamiyat
Iyun16/ 2016

 

 Siz ham o’g’lingizni tergab tursangiz bo’lmaydimi, – deya kechqurun bozordan qaytgan eriga shikoyat qildi Nazokat opa. – Uyga juda kech qaytayapti. Qo’lidan telefon tushmaydi. Tunov kuni jindek ichib ham keldi. Darslarga tayinli bormaydi. Endi katta yigit bo’lib qoldi, mening gapimga quloq solmayapti. Ukalari ham undan o’rnak olishidan qo’rqaman.

Men mana shu bolalar birovdan kam bo’lmasin, deb kun bo’yi bozorda yuribman, – dedi jahl bilan er ayolini jerkigan bo’lib. – Shaharning eng oldi kollejiga o’qishga kiritdim, qancha desa pul berayapman. Hamma xohishini muhayyo qilayotgan bo’lsam, yana nima kerak unga? Bozorda menga birov pulni qoplab berayotgani yo’q. Birovni aka, birovni uka deb mollarimni o’tkazaman. Har kuni ishdan charchab kelayapman, boshimni qotirma. Bolalarning tarbiyasi bilan o’zing shug’ullanaver…

Botir maktabda a`lo baholarga o’qirdi. Chunki o’sha paytlari otasi maktabda matematika fanidan dars berar, o’g’illarining yurish turishini, o’qishini maktabda ham, uyda ham nazorat qilardi. Nima bo’ldiyu, bozorda savdo bilan shug’ullanayotgan sinfdoshining maslahati bilan Salohiddin muallim bozorga qiziqib qoldi. Hisob-kitobni juda yaxshi bilishi bu ishda unga qo’l keldi. Ikki yilning ichida ishlari yurishib, ki­yim-kechaklar bilan savdo qiluvchi kattagina do’kon egasiga aylandi. Bolalarining o’qishini nazorat qilib, tarbiyasiga qattiq e`tibor beruvchi ota dastlab tezroq savdosini rivojlantirish uchun tinimsiz ishlab ularga vaqt ajrata olmagan bo’lsa, puli ko’paygach bozorchi do’stlari bilan turli ziyofatu bazmlardan ortmay qoldi. Maktabni bitirgan Botir dastlab kollejda ham yaxshi baholarga o’qib yurgandi. Ammo otasidan istagancha pul olib boyvachchaga aylangan yigitcha ba`zi tarbiyasiz tengdoshlari ta`sirida ko’chadan beri kelmay qoldi. Kechasi turli tungi klublar, diskotekalarda yurib, ichishni, chekishni o’rgandi. Onasining koyishlariga quloq solmas, dadasidan turli bahonalar bilan yanada ko’proq pul olib, do’stlari bilan kayfu safoga sarflab yuborardi.

O’qituvchi bo’lib yurganida oylik maoshga qanoat qilib oila davrasida shirin turmush kechirayotgan Salohiddin aka ham puli ko’paygach, kunda, kunora ichib kelishni odat qildi. Arzimagan sabablar tufayli xotini bilan janjallashib, farzand­lari tarbiyasiga qanchalik salbiy ta`sir ko’rsatayotganini xayoliga ham keltirmasdi. Uning ko’zlarini topayotgan pullari ko’r qilib qo’ydi.

Otasining beparvoligi sabab Botir endi bemalol kayfu safoga berilib, onasiga, hatto otasiga ham baqirib, qo’pol muomala qila boshladi. Maktabda o’qiyotgan ukalari ham yomon xulqiyu, baholari bilan o’qituvchilarini bezor qildi.

Salohiddin akani necha bor maktabga chaqirishdi. Ammo do’kondor boy ota eski hamkasblaridan dakki eshitib o’tirishni o’ziga ep ko’rmadi.

Qarabsizki hamma a`lo o’qishiyu, tarbiyasiga havas qilib yurgan oila farzandlari otaning e`tiborsizligi ta`sirida ham o’qishda, ham hulqi borasida barchaning e`tiboriga tushib qoldi. Pul topib aqlini yo’qotgan otaning esa hamon ko’zi ochilmayapti. Balki boshi devorga urilishini kutayotgandir?

Davron RAVShANOV,

jurnalist, Samarqand viloyati

Teglar:

Foydali havolalar