(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Mahallada tibbiy ko’rik

  • 1344
  • 1344
Jamiyat
Dekabr16/ 2016

Poytaxtimizning Bekto’pi mahalla fuqarolar yig’inida «Sog’lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tomonidan aholi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

«Sog’lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi tomonidan «Sog’lom ona – sog’lom bola» harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2014 yil 1 avgustdagi «2014-2018 yillarda O’zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to’g’risida»gi qarori muhim dasturilamal bo’layotir.

Fondning ko’chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari mahallalar va qishloqlarda bo’lib, aholini, ayniqsa, qizlar va bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazib, sog’lom turmush tarzi va uni to’g’ri shakllantirishga doir maslahatlar berib bormoqda. Xususan, joriy yilning o’tgan davri mobaynida   Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mahallalarda tashkil etilgan ana shunday tadbirlarda sakson besh mingdan ziyod aholi tibbiy ko’rikka jalb etildi. Yetti yuzdan ziyod oilaning ijtimoiy sharoiti, undagi psixologik muhit va bolalar sog’lig’i o’rganildi.

Bekto’pi mahallasidagi navbatdagi xayriya tadbiri jarayonida asosan yoshi ulug’ keksalar, urush va mehnat faxriylari, ayollar va bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi. Aholiga bepul vitaminlar, dori-darmon va gigiyena vositalari tarqatildi. Shuningdek, hududdagi umumta`lim maktablari, litsey va kollej o’quvchilari orasida sog’lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlikni to’g’ri shakllantirishga doir tushuntirish-targ’ibot ishlari olib borildi.

– Ikki farzandim bilan malakali shifokorlar qabulida bo’lib, chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tdik, – deydi Bekto’pi mahallasida yashovchi Zuhra Soliyeva. –   Biz va farzandlarimizning salomatligini o’ylab qilinayotgan bunday xayrli ishlardan mamnunmiz.

Go’zal SATTOROVA,

O’zA muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar