O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O’zbekcha so’zlar

  • 1341
  • 1341
Jamiyat
Iyun16/ 2016

butun dunyo bo’ylab jaranglamoqda

Nega Yaponiya «sumo» va «karate»ni rivojlantirishga katta mablag’ sarflamoqda? Nima sababdan Xitoy Olimpiada tarkibiga «u-shu»ni kiritish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda? Nima uchun koreya­liklar «taekvondo»ning boshqa sport turlaridan ustunligini isbotlashdan charchamaydi?

Har bir xalqning o’z milliy sportini rivojlantirish va jahonda kengroq yoyish, uning Olimpiya o’yinlari tarkibidan o’rin olishi bilan bog’liq tinimsiz izlanish va intilishlarini xolis mushohada qilsak, shunday xulosaga kelamiz. milliy sport turi avvalo, shu yurtning o’zida taraqqiy etib, so’ngra o’zga mamlakatga kirib borar ekan, bir vaqtning o’zida o’sha joyga xalqning tarixi, madaniyati va hatto tili tabiiy ravishda singisha boshlaydi. Mamlakat nomi dunyoga mashhur bo’ladi. Bugun o’zbek kurashi kirib borgan dunyoning ko’plab davlatlarida «halol», «yonbosh», «chala» kabi atama va so’zlarning jaranglayotgani fikrimizning yaqqol isbotidir.

Bunda Sharq yakka kurashlari va jang san`atlarini rivojlantirish markazi nodavlat notijorat tashkiloti jonkuyarlarining ham alohida xizmati bor. Tarkibida 27 ta sport federatsiyasini birlashtirgan markaz ular faoliyatini yanada jonlantirish,   ularga yaqindan yordam berish, milliy sport turlarini dunyoga tar­g’ib qilish va aholini sog’lomlashtirish kabi mas`uliyatli vazifalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

– Yurtimizda barcha sport turlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyat va sharoit yaratilgan, – deydi Markaz Bosh kotibi, 8-dan qorabelbog’ sohibi Eduard Li. – Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy diqqat-e`tiborida. Shuning uchun ham ­Yurtboshimiz rahnamoligida o’zbek kurashi dunyoga yuz tutdi. Buyuk ajdodlarimiz, ulug’ sarkardalarimiz tomonidan yaratilgan, komil insonni tarbiya­lashga xizmat qiladigan o’zbek jang san`atini sport turi sifatida ommalashtirish va dun­yoga tanitish bizning asosiy maqsadimiz. Sharq yakka kurashlari va jang san`atlarini rivojlantirish markazi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etishga, avvalo, mana shu tuyg’u, milliy g’urur va iftixor asos bo’ldi. Xalqaro maydonda «o’zbek kurashi» degan tushuncha paydo bo’ldi. Bu biz erishgan natijalarimiz ichida eng quvonarlisi desak, mubolag’a bo’lmaydi.

2013 yilning 23 marti. Fransiya, Parij. «O’zbek jang san`ati» milliy federatsiyasi terma jamoasi 28-Butunjahon yakkakurashlar festivalida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Festivalda dunyoning ko’plab mamlakatlaridan milliy sport federatsiyalari vakillari, tajribali mutaxassislar o’zbek jang san`atiga hayratu havas bilan qora, uni o’rganish va o’zlariga ham targ’ib qilish istagini bildirishgan edi. Yaqinda esa Fransiyadan tashrif buyurgan bir guruh mutaxassislar yurtimizda bo’lib, o’zbek jang san`ati haqida elektron o’quv-qo’llanma hamda elektron darslik bilan tanishdilar. Endi bu o’quv-qo’llanmalar butun jahon mamlakatlari bo’ylab tar­qatiladi va o’zbek jang san`ati sir-asrorlaridan, falsafasi hamda shukuhidan dunyo xalqlari bahramand bo’ladi.

Markaz qoshida bir necha yillardan buyon faoliyat ko’rsatayotgan «Mard­lar» klubi olib borayotgan xayrli ishlar ham e`tiborga molik. Bugungi kunda klub a`zolari xapkido sport turi bilan shug’ullanib, jismoniy va ruhiy kamolotga yetmoqda. E`tiborlisi, klubda 5 yoshdan boshlab shug’ullanish mumkin.

– Mazkur sport turi, avvalo, tanani, so’ngra ruhni poklaydi, – deydi Eduard Li. – Yana shunisi e`tiborliki, xapkido bilan shug’ullanish inson uchun mutlaqo xavfsiz. Klubimiz a`zolaridan juda ko’pchiligi ilk marotaba kelganda, ba`zi xastaliklardan shikoyat qilishadi. Muntazam shug’ullanish davomida esa ushbu xastaliklardan mutlaqo forig’ bo’ladi. Bu ham sportning inson hayoti uchun eng foydali xususiyatlaridan biri.

Yakkakurashlar turlari bo’yicha malakali mutaxassis va murabbiylar tayyorlash amaliyoti ham markaz mutaxassislarining doimiy diqqat-e`tiborida. Bu borada xorijiy tajribadan ham foydalanish yaxshi samara bermoqda. Har yili bir nechta xalqaro darajadagi murabbiylar mashq va tayyorlov jarayonlariga jalb etilib, ular ishtirokida qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazilmoqda. Zero, sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar avvalo Vatanimiz manfaati, kelajak avlodlar istiqboli, obodlik va farovonlik uchun xizmat qiladi.

Arofat JALILOVA,

«Jamiyat»ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar