O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

FAOning yangi loyihalari

  • 1378
  • 1378
Jamiyat
Sentabr23/ 2016

ochlikka barham beradimi?

Ma`lumki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ancha yillardan beri dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash bo’yicha ish olib bormoqda, ochlikka, qashshoqlikka qarshi kurashib kelmoqda. Xususan, bunday global muammolar yechimiga Nobel mukofoti sovrindorlarini ham jalb etgan. Chunki masala o’ta dolzarb: har yili xavfsizligiga kafolat bo’lmagan oziq-ovqatni iste`mol qilish natijasida 2 millionga yaqin kishi hayotdan ko’z yummoqda.

– Dunyoni qashshoqlik va ocharchilikdan qutqarish zimmamizdagi asosiy masaladir, – deydi FAO Bosh direktori Joze Gratsianu da Silva. – Lekin faqat FAO sa`y-harakati bilan bunday global muammoni xalqaro miq­yosda hal etib bo’lmaydi. Ayni masalada yordamchi qo’llarning ahamiyati katta. Shu nuqati nazardan qaraganda Nobel mukofoti laureatlarining loyihalarimizdagi ishtiroki ishlarimizni yanada osonlashtiradi.

Aytish joizki, dunyoning ayrim hududlarida davom etayotgan qurolli to’qnashuvlar, namoyishlar, ziddiyatlar mazkur mamlakatlar qishloq xo’jaligiga o’z ta`sirini o’tkazmay qolmayapti. Bunday qishloqlarda fermerlik xavf ostida qolmoqda, o’z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish muammosi yuzaga kelayapti. Ayniqsa, jangarilar, terrorchilar tomonidan qishloqlardagi fermerlarga hujum qilinishi natijasida ular o’z uylarini, xo’jaligini tashlab ketishga majbur bo’layapti. Hosil esa nest-nobud bo’lmoqda. Yaroqli yerlar e`tiborsiz qolib ketayapti. Tajribali fermerlar qochqinga aylanayapti.

Nobel mukofoti laureati Muhammad Yunus qishloq tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash maqsadida ochilgan Grameen bankining asoschisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank ochlik va qashshoqlikka qarshi qishloq aholisining biznes g’oyalarini qo’llash orqali kurashadi.

– Qishloq aholisi orasidan ko’plab iste`dodli tadbirkorlar chiqadi, – deydi Muhammad Yunus. – Ularni qo’llab-quvvatlash uchun esa ko’proq moliyaviy resurslar kerak. Agar ushbu masalaga hozirdan e`tibor berilsa, qishloq xo’jaligining kelajigidan umid qilsa bo’ladi. Xususan, yaratilgan imkoniyat tufayli   qishloqlarda yangi ish o’rinlari paydo bo’lib, ish bilan bandlik darajasi ortadi.

Ta`kidlash lozimki, ayni paytda muhojirlar inqirozi va uni hal etish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Bu muammoning yechimi uchun turli nufuzli tashkilotlar, davlatlar ish olib bormoqda. Lekin hozircha uni to’la hal etishga erishlgani yo’q.

– So’nggi vaqtlarda ayrim mamlakatlardan chiqib ketish uchun pasportga ega bo’lish shart emas, – deydi KostaRika sobiq prezidenti, Nobel mukofoti sohibi Oskar Arias Sanches. – Qashshoqlik, ochlik, qo’rquv bo’lsa, ular har qanday yo’l bilan uyini tark etib, boshqa joydan qo’nim topadi. Hech qanday hujjatsiz Yevropada sarson-sargardon yurgan qochqinlarning taqdiri bunga yaqqol misol bo’la oladi. Ular och-nahor va himoyaga muhtojligicha qolmoqda. Vaziyatni shu holatda qoldirish oxir-oqibat juda katta ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun hech bo’lmasa oziq-ovqat xavfsizligi masalasini ijobiy hal etish lozim.

Albatta, Nobel mukofoti sohiblarining bilimi va tafakkuri yuksak bo’ladi. Ular insonlarni o’zlariga ergashtira oladi, boshqacha aytganda, farovon hayotga ruhlantiradi. Shu boisdan FAOning ushbu loyihasiga mutaxassislar e`tibor va umid bilan qaramoqda. Loyihada jam bo’lgan insonlarning ham asl maqsadi dunyoni turli nizolardan xoli etish, ochlik va qashshoqlikka barham berishdan iborat.

– Ochlik muammosiga hali beri yechim topilmagani achinarli holdir, – deydi ayollar huquqlari himoyachisi, Nobel mukofoti sohibasi Tavakul Karman. – Bugun insonlarni ochlikdan, qashshoqlikdan qutqarish imkoniyatlari mavjud, albatta. Buning uchun barcha yakdil bo’lishi kerak. Yirik-yirik moliya muassasalari bu borada yanada faol bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Nobel mukofoti sovrindorlari bu xayrli ishga bosh qo’shganligini ko’pchilik siyosatchilar qo’llab-quvatlamoqda. Xususan, BMTning sobiq bosh kotibi, Nobel mukofoti laurea­ti Kofi Annanning ta`kidlashicha, insoniyatni ochlikdan qutqarish uchun barcha imkoniyatni ishga solish bu eng avvalo barqaror kelajakni ta`minlash deganidir. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi esa bunda asosiy o’rin tutadi.

Rufat NYE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar