O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Saylovlar qizg’in davom etmoqda

  • 1383
  • 1383
Jamiyat
Avgust23/ 2016

Shu kunlarda Oliy Majlis Senati Kengashining 5 martdagi qaroriga muvofiq fuqarolar yig’inlari raislari va ular maslahatchilarining saylovi qizg’in davom etmoqda. Mazkur siyosiy jarayonda fuqarolar o’zlari tanlagan, munosib nomzodlarga ovoz bermoqda.

– Fuqarolar yig’ini raisi va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshirilmoqda, – deydi Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yig’inlari raislari va ularning saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyasi ishchi guruhi rahbari Tolibjon Madumarov. – Saylovda respublika bo’yicha 9 ming 764 fuqarolar yig’ini raisi va ularning 99 mingdan ziyod maslahatchisi saylanadi. Saylov iyun oyining oxiriga qadar barcha fuqarolar yig’inlarida bo’lib o’tadi.

Teglar:

Foydali havolalar