Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25 йиллиги арафасида Сирдарё вилояти Гулистон шаҳрида барпо этилган бешта 5 қаватли уй фойдаланишга топширилди.

Конституциямиз қабул қилинганининг 25 йиллиги арафасида Асакадаги «GM Uzbekistan» акциядорлик жамиятида Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти, мамлакатимиз автомобилсозлик саноати асосчиси Ислом Каримовнинг ёдгорлик мажмуаси очилди.

2018 йил 1 январдан UzCard банклараро тўлов тизими томонидан «DUET» карталар орқали пул ўтказмалари тўхтатилади.

1 декабрь. Вазирлар Маҳкамасининг «Ўзбекистон Бадиий академияси фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида»ги қарори эълон қилинди.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида 15 ноябрь куни мамлакатимизда ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жиноятчиликка қарши курашиш борасида белгиланган вазифалар ижроси, бу борада мавжуд муаммолар ва уларни ҳал этиш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

20 turdagi dori bir xil narxda sotilishi shart

Jamiyat
Iyun30/ 2016

Farg’ona viloyati Buvayda tumanidagi «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli dorixonalardan biri mijozga 650 so’m qilib qat`iy belgilangan dori vositasini 4 ming so’mga pulladi. Jabrdiyda esa mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat etdi. Ayni paytda qonunbuzurga nisbatan tegishli tartibda chora ko’rilmoqda.

– Afsuski, yuqoridagi holatlar soha rivojiga salbiy ta`sir etadi, – deydi «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi raisi Abdug’ani Komilov kompaniya tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida. – Ayni kunda Respublikamiz hududida 20 turdagi   dori vositalari davlat   narxida sotilishi belgilangan bo’lib, ularning ustiga ustama qo’yish qat`iyan taqiqlanadi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida internet tarmog’ida «Dori-darmon.uz» sayti ishga tushirilgan bo’lib, unda dori vositalarining belgilangan narxi, kompaniya faoliyatidagi eng so’nggi yangiliklar joylashtirib borilmoqda.

Tadbirda ta`kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi qarori bilan ambulator davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta`minlanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifalari tasdiqlanib, sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Ushbu toifadagi bemorlarga kompaniya tizimidagi dorixonalardan 2015 yilda 3,1 milliard so’mlik dori vositasi va tibbiy buyumlar bepul retsept asosida berilgan.

Joriy yil yakuniga qadar 129 ta tuman markazida joylashgan kompaniya dorixonalari qoshida ijtimoiy dorixonalar tashkil etish ko’zda tutilgan.

Nosir ShYERBOYEV,

«Jamiyat» mahorat maktabi

tinglovchisi

Foydali havolalar