(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Davlat va jamiyat o’rtasidagi muvozanat

  • 1412
  • 1412
Jamiyat
Dekabr30/ 2016

Xalqaro ekspertlar xulosasiga ko’ra, O’zbekistonda nodavlat sektori jadal rivojlanmoqda

Toshkentda «Davlat organlari va NNT o’rtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish: O’zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi.

Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa davlatlar ilmiy-tadqiqot markazlarining ekspertlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari ishtirokida yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi, dunyo amaliyoti o’rganildi.Jonli muloqot davomida Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori, F.Ebert nomidagi jamg’arma vakolatxonasi, Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi – tashkilotchilar mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakl­lantirish mustaqillikning dastlabki kunlaridan demokratik islohotlarning bosh yo’nalishi sifatida belgilanganini e`tirof etdilar.

 

Tarixan qisqa davr mobaynida yurtimizda aholining keng qatlamlari qo’llab-quvvatlaydigan mustaqil va bar­qaror nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari tizimini rivojlantirish yo’lida muntazam ish olib borildi. Ularning erkin faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi 200 dan ortiq qonun va qator me`yoriy hujjatlarni o’z ichiga olgan huquqiy baza yaratildi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarini davlat tomonidan rag’batlantirish bo’yicha samarali tizimning yaratilgani «uchinchi sektor» faoliyatini yanada kengaytirish va moliyaviy barqarorligini ta`minlashda muhim omil bo’ldi.

2008 yildan buyon parlament huzurida NNTni va fuqarolik jamiyatining bosh­qa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi va fond mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi ish olib bormoqda. Keyingi 7 yil davomida jamoat fondi tomonidan 47,7 milliard so’m mablag’ subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtma shaklida ularning turli ijtimoiy tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirildi. Deputat va senatorlar, davlat va nodavlat tuzilmalar vakillaridan iborat komissiya a`zolari loyihalarni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larni ochiq-oshkora, manzilli taqsimlash uchun mas`ul ekani – tizimning shaffofligini ta`minlashga xizmat qilayotir. Anjuman ishtirokchilari bu mexanizmni nodavlat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlashni demokratik tashkil etish imkoni sifatida yuqori baholadilar.

– Bugungi kunda mamlakatimizda ish olib borayotgan turli darajadagi, markaz va hududlardagi NNT fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi raisi o’rinbosari Shuhrat Bafoyev. – Keyingi besh yil ichida ularning soni 1,6 baravarga o’sib, 8 ming 400 dan ortiqni tashkil etmoqda. Xo’sh, ular bugun nima bilan band? Avvalo, ular davlat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatni ta`minlayapti, joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar muammolarni aniqlab, jamiyatni ularni hal etishga safarbar qilyapti. Eng muhimi, oddiy fuqarolarga o’z salohiyatini namoyon etishga imkon yaratmoqda. Anjumanda yurtimizda bu borada erishilayotgan muvaffaqiyatlar e`tirof etildi. Ammo qonunchilik, ijro hokimiyati oldida turgan, o’zaro ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish uchun bugun hal qilinishi lozim bo’lgan ba`zi muammolar ham borligi aytib o’tildi. Shu bois tahlillarga asoslanib, oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr almashdik.

Chindan ham, xalqaro konferensiyada qayd etilganidek, bugun yurtimizda ijtimoiy sheriklikning mavjud huquqiy mexanizmlari asosida nodavlat tashkilotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan aholini tashvishga soladigan eng muhim muammolarni hal etish yuzasidan faol hamkorlik qilmoqda. Ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi amalda o’z isbotini topyapti. «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, respublikamizning barcha viloyatlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoatchilik komissiya­lari faoliyat yuritmoqda. Ular o’zaro hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini belgi­laya­pti, tashabbuslarni ko’rib chiqyapti. Ekspertlarning aytishicha, buning samaradorligi shundaki, bir tomondan mavjud muammolar davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri olib chiqilyapti, ikkinchi tomondan esa, NNT va fuqarolik jamiyatining bosh­qa ins­titutlari davlat va hududiy dasturlar ijrosiga keng jalb etilyapti.

– Masalan, joriy «Sog’­lom ona va bola yili» Davlat das­turi, tegishli hududiy dasturlar ijrosiga 352 ta NNT, shu jumladan, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Mahalla» xayriya jamoat fondi kabi yirik tashkilotlar qatnashmoqda, – deydi Oliy Majlis Senati a`zosi, Parlament komissiyasi a`zosi Agrepina Shin. – Har yili o’tkaziladigan O’zbekiston NNT Milliy forumida ham davlat organlari, vazirlik va idoralarning ishtirok etishi, shuningdek, turli sohalarda ijtimoiy sheriklik haqidagi bitim hamda memorandumlarning imzolanishi an`anaga aylangan. Bu ezgu maqsad yo’lida davlat va jamiyat sa`y-harakatlarini birlashtirishi bilan ahamiyatli.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan 2015 yilning may-iyun oylarida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, so’rovda qatnashgan NNTning 72 foizi keyingi to’rt yil ichida tegishli me`yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini muhokama qilishda ishtirok etgan. Ularning faollari davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan tuzilgan 50 ga yaqin doimiy asosda ishlovchi idoralararo komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar tarkibiga kiradi. Anjuman davomida shu kabi so’rovlar natijalari tahlil etildi va Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda boshqa xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish borasidagi tajribasi batafsil ko’rib chiqildi.

Konferensiyada aholining NNTda ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy sheriklikning tashkiliy mexanizmlarini mus­tahkamlash masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.

Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi, fond mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi, O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston ekologik harakati va Respublika xotin-qizlar qo’mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Jon MAKGRYEGOR,

YEXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori:

–            O’zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta`minlash jarayonlariga nodavlat tashkilotlar faol jalb etilgan. Bu yurtingizda amalga oshirilayotgan kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlat organlari va «uchinchi sektor» o’rtasidagi muloqotni yanada jonlantirish borasidagi ishlarni biz ham doimiy qo’llab-quvvatlaymiz.

Naoto YAMAUChI,

Osaka universiteti professori, «Nonprofit Review»

nohukumat tashkilotlar jurnali ilmiy muharriri (Yaponiya):

–            – O’zbekiston va Yaponiyaning bu boradagi o’xshash jihatlari juda ko’p. Bizda ham nodavlat sektorga asosan mahalliy darajada moliyaviy ko’mak ko’rsatiladi. Ular birgalikda shu hudud aholisi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy muammolar yechimiga qaratilgan sotsial loyihalarni ishlab chiqadi. Bu o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Anjumanda nodavlat notijorat tashkilotlarni yanada rivojlantirish, dolzarb ijtimoiy, gumanitar muammolarni hal etish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi. Ular nafaqat O’zbekiston, balki boshqa mamlakatlarda ham ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi, deb o’ylayman.

 

Govind KUMAR INAKXIYA,

Jammu Markaziy universitetining gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi Davlat boshqaruvi va ommaviy siyosat

kafedrasi professor assistenti (Hindiston):

–            O’zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati instituti konstitutsiyaviy maqomga ega bo’ldi. Fuqarolarning axborot olish huquqlari, shuningdek, davlat va jamiyat ishlarini boshqarish bo’yicha kons­titutsiyaviy huquqlari yanada mustahkamlanib, kafolatlari kengaytirildi. Men davlatingizning bu boradagi tajribasini atroflicha o’rgangan olim sifatida uni yuksak baholayman. Yana bir jihati, bizda ham, sizda ham nodavlat sektorda ayollar ishtiroki 50 foizdan yuqori. Ayrim rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 20-25 foizni tashkil etadi, xolos. Bu ham davlatlarimizda ijtimoiy adolat prinsiplari naqadar yuksak rivojlanganini ko’rsatadi.

 

Margaret SKOK,

Global xavfsizlik va siyosat dasturi bo’yicha Innovatsiyalar xalqaro boshqaruv markazining katta ilmiy xodimi (Kanada):

–            Bugungi kunda Kanadada 32 mingdan ziyod nodavlat tashkilot ish olib boradi. Fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qachonki, mamlakatda zarur huquqiy va ijtimoiy makon yaratilar ekan, ular haqiqiy demokratik qadriyatlarni harakatga keltiruvchi katta kuchga aylanadi, inson huquqlarini ta`minlashning muhim mexanizmi bo’lib shakllanadi. Mamlakatingizda bu borada eng muhim qadamlar qo’yilgan. Zarur huquqiy asoslar yaratilgan.

 

Xolger KRIMMYER,

«ZIVIZ – Fuqarolik jamiyati raqamlarda»

tadqiqot markazi rahbari (Germaniya):

–            NNT faoliyati samaradorligini belgilovchi aniq mexanizmlar, belgilangan qat`iy talablar yo’q. Ammo ayrim mezonlar borki, NNTning moliyaviy barqarorligini baholaydi. Germaniyada «uchinchi sektor»ning asosiy daromad manbai a`zolik badallari hisoblanadi. Davlat faqat 20 foiz moliyaviy qo’llab-quvvatlaydi. Asosan, sport, madaniyat, ta`lim sohasida ish olib borayotgan ko’ngillilar assotsiatsiyasi kabilarga bugungi kunda mablag’ ajratilmoqda. Bu jarayon qo’shimcha izlanishlar olib borishni va NNTning mustaqilligini ta`minlovchi sektorlarni qayta ko’rib chiqishni taqozo etadi. Shu jihatdan ayta olamanki, O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini qo’llab-quvvatlashning barcha zarur huquqiy mexanizmlari yaratilgan.

 

Rupert ShTRAXVITS,

«MASENATA» notijorat jamg’armasining boshqaruv a`zosi, «MASENATA» Filantropiya va fuqarolik jamiyati

instituti direktori (Germaniya):

–            Har bir hududdagi muammoni o’rganish, bartaraf etish oson emas. Ba`zi masalalar e`tibordan chetda qolishi, unga davlatning qo’li yetib bormasligi mumkin. Davlat ularning har birini alohida qamrab olishi qiyin. Germaniyada aholining 23 milliondan ziyodi ijtimoiy birlashmalarda uyushgan bo’lsa, 89 foizi u yoki bu fuqarolik jamiyati instituti faoliyatida qatnashadi. Davlat oldida turgan eng muhim muammo – jarayonni to’g’ri boshqara olishdan iborat. Bu borada O’zbekiston tajribasini o’rganish yaxshi samara berishi mumkin. Shu jihatdan mazkur konferensiyada muhokama qilingan barcha masalalar menda katta qiziqish uyg’otdi.

Munisxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar