O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Eng sara tashabbuslar ayollar uchun

  • 1425
  • 1425
Jamiyat
Iyun30/ 2016

Yurtimizda ayollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy, huquqiy himoyalash, rag’batlantirish borasida barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Siyosiy partiyalar ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta`minlash, ularga munosib mehnat, ta`lim, turmush sharoitlarini yaratish, oila, onalik va bolalikni himoyalash bilan bog’liq tashabbuslar orqali mazkur jarayonda faol ishtirok etmoqda.

 

Yangi tanlov – yangi

tashabbuslarga chorlaydi

O’zLiDeP «Ayollar qanoti» xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. «Oilaviy tadbirkorlikdan – mustahkam oilaga» loyihasi amalga oshirilgan ilk yildayoq 30 mingdan ortiq xotin-qiz qamrab olinib, 231 nafar yangi tadbirkor kashf etildi. Ularga banklar tomonidan 900 million so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 600 dan ortiq yangi ish o’rni yaratildi. 2012-2015 yillar davomida ushbu loyiha doirasida tadbirkorligini boshlagan 1 ming 248 nafar xotin-qizga tijorat banklaridan umumiy hajmi 20 milliard   323 million 727 ming so’mlik kredit olishga ko’maklashildi. Natijada 4 ming nafardan ortiq ayol yangi ish o’rinlari bilan ta`minlandi. Bu o’z navbatida jamiyatda ayollarning munosib o’rin egallashi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Partiyaning «Sog’lom oila – mustahkam oila» loyihasi doirasida esa o’tgan uch yil davomida 2 mingga yaqin tadbir tashkil etilib, unda 70 ming nafar ayol qamrab olindi. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda 317 marta bepul tibbiy ko’rik tashkil etilib, 31 ming 334 nafar xotin-qizning sog’lig’i tekshirildi. O’zLiDeP «Ayollar qanoti» tomonidan tashkil etilayotgan davra suhbatlarida esa ayollar salomatligi, oilalar mustahkamligi, qizlarni erta turmushga uzatish, qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari to’g’risida atroflicha fikr-mulohazalar yuritilib, tegishli tavsiyalar berilmoqda.

– O’tgan yili «Fermer ayollar» loyi­hamiz doirasida ham mamlakatimiz bo’ylab 300 ga yaqin davra suhbati tashkil etdik, – deydi O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o’rni va mavqeini oshirish bo’limi mudiri Sevara Muslimova. – Ularda ishtirok etgan 1 ming 646 nafar fermer xotin-qizning ro’yxati shakllantirildi. Joriy yilda ushbu loyihaning qamrovi yanada kengaytirilib, «Ishbilarmon ayol» respublika ko’rik-tanlovi ham o’tkazilmoqda. Bu tashabbus ham bir qancha ayollarimizning hayotda munosib o’rin topishiga xizmat qiladi, albatta.

«Milliy tiklanish»

sovriniga kim munosib?

 

O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi «Ayollar qanoti» tomonidan ham xotin-qizlar va yoshlar o’rtasida hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga ularni ish bilan ta`minlash maqsadida turli o’quv-seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuv hamda ko’rik-tanlovlar muntazam o’tkaziladi.

Partiyaning «Donolik va tashubbuskorlik – siyosiy yetakchilik mezoni» ko’rik-tanlovi ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yo’naltirilgan yirik loyihalardan sanaladi. Loyiha dastlab 2009 yilda o’z atrofida 3 ming nafardan ortiq ishtirokchi va xayrixohni birlashtirgan bo’lsa, 2013-2015 yillarda bu ko’rsatkich 20 ming nafardan ortdi. 5 ming nafardan ziyod yangi iste`dod egalari kashf etildi. Turli sport musobaqalari, festival va aksiyalar esa partiya atrofida yuksak bilimli, zukko va tashabbuskor yoshlar, xotin-qizlarni birlashtirmoqda.

«Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur» loyihasi doirasida o’tkazib kelinayotgan «Milliy tiklanish» sovrini uchun sport musobaqalari o’smir qizlar orasidan yangi iste`dodlarni topish, ularning jismoniy va aqliy salohiyatini yuksaltirish   maqsadlarini ko’zlaydi. Yil sayin musobaqada ishtirok etuvchilar soni oshib bormoqda. «Sog’­lom avlod uchun» halqaro xayriya jamoat fondi va bir qator jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o’tkaziladigan «Nafosat olami» sport musobaqalarida esa badiiy gimnastika, sinxron suzish singari sportning   nozik turlari bo’yicha qizlar o’rtasidagi bellashuvlar sog’lom turmush tarzi targ’ibotiga xizmat qilyapti.

Partiyaning   «Bank kreditlari – hunarmandlarga» loyihasi ham xotin-qizlarning oilaviy tadbirkorlikni yuritish, o’z biznesini tashkil etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Bugungi kunga qadar loyiha doirasida 10 milliard so’mdan ziyod bank kreditlari ajratilishiga erishilib, 500 nafardan ziyod hunarmand va oilaviy tadbirkor o’zlarining shaxsiy hamda oilaviy biznesini boshlab yubordi, – deydi O’zMTDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo’mitasi devoni bo’lim boshlig’i Xanifa Zokirova. – Partiya faol ayollarining yangi tashabbusi bilan «Qo’li gul ayollar merosi – avlodlar iftixori» loyihasi doirasida «Eng yaxshi zardo’z», «Eng yaxshi qo’l kashtasi sohibasi», «Eng yaxshi gilamdo’z» nominatsiyalari bo’yicha tanlov o’tkazish rejalashtirilgan. Bu tanlov ham albatta hunarmand xotin-qizlarimiz orasidan yangi nomlarni kashf etadi.

 

Jamiyat boyligini

asraymiz

 

O’zbekiston XDP «Faol ayol­lar» qanoti tomonidan esa bir qator loyihalar, ko’rik-tanlov va bosh­qa ko’plab tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. «Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari», «Ayollar sog’­lig’i – jamiyat boyligi», «Qishloqda qizlarning sport bilan shug’ullanishi uchun sharoitlar yaratish – ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning muhim jihatidir», «Qonunlar targ’iboti oyligi» kabi yirik loyihalar, «O’zbekis­ton XDPning eng faol ayoli» ko’rik-tanlovi shular jumlasidandir.

Birgina «Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari» loyihasi doirasida ish topishga qiynalayotgan, doimiy ish bilan band bo’lmagan 2 ming 500 nafardan ortiq xotin-qiz ishga joylashishiga ko’maklashildi. Kasb-hunar kollejlarini bitirayotgan oilaviy, yakka tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan 500 nafardan ortiq qizga kredit olishi uchun yordam berildi.

«Ayollar sog’lig’i – jamiyat boyligi» loyihasi fevral oyidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Unda respublika, viloyat, tuman markazidan mutaxassislarni jalb qilgan holda chekka qishloqlarda bepul tibbiy ko’riklar tashkil etildi, 80 dan ortiq mahallada istiqomat qilayotgan 120 ming ayol hamda 22 mingga yaqin bola qamrab olindi. Kasalligi aniqlangan kam ta`minlangan oilalar ayollari va bolalariga davolanish uchun yo’llanmalar berildi.

– Joylarda ota-onalar, ayollar va yoshlar o’rtasida tajribali mutaxassislar va ko’pni ko’rgan kayvoni onaxonlar ishtirokida qizlarni erta turmushga berishning salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan «Erta nikohning oldini olish ona va bola salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi» mavzusida targ’ibot oyligini tashkil etishni rejalashtirganmiz, – deydi O’zXDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori mudiri Gulshan Asatova. – Bu yil O’zbekiston XDP tomonidan ilk marotaba o’tkazilgan «O’zbekiston XDPning eng faol ayoli» ko’rik-tanlovi partiya ayollar qanotining yirik yangi tashabbuslaridan bo’ldi. Tanlovning Toshkent viloyat bosqichida o’z loyihalari bilan Bekobod va Piskent tumanlaridan ishtirok etgan Orzigul Azimova hamda Sabohat Toirxonova tayyorlagan loyihasi uchun 60 va 15 million so’mlik kredit olish huquqini beruvchi sertifikatni qo’lga kiritdi.

 

Obod

turmush omili

 

O’zbekiston «Adolat» SDP Ayollar qanoti xotin-qizlar manfaatiga daxl­dor qonunchilikni yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo’yicha keng miqyosli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Partiya «Ayollar qanoti» tomonidan 2015 yil davomida ayollarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan 280 dan ortiq tadbir o’tkazilgan bo’lib, unda 15 ming nafardan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi. «Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish – obod va farovon turmushni ta`minlashning muhim omili» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya, «Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda ijtimoiy-huquqiy qo’llab-quvvatlashning muhim ahamiyati», «Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularning davlat qurilishidagi ishtirokini kengaytirish fuqarolik jamiyati taraqqiyotining muhim omili», «Faol ayollar – partiyaning tayanchi va madadkori» mavzusida o’tkazilayotgan davra suhbatlari, konferensiyalar bugun o’zining kutilgan samarasini bermoqda.

– 2016 yil yanvar holatiga ko’ra, partiyaning jami a`zolari soni 115 ming 574 nafarni tashkil etgan bo’lsa, ulardan 59 ming 78 nafari ayollardan iborat, – deydi O’zbekiston «Adolat» SDP Siyosiy Kengashi Ayollar va yoshlarning siyosiy faolligini oshirish bo’limi mudiri Rayhon O’rmonova. – Partiya a`zolarining yarmidan ortig’i xotin-qizlardan iborat va siyosiy olamda ham ayollarning o’rni ortib bormoqda.

Ayni kunda partiyaning dasturiy maqsadlarini ro’yobga chiqarish uchun «Adolat» SDPning «Ayollar qanoti» yillik ish rejasi asosida tizimli faoliyat yuritib, yangidan-yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlamoqda.

Siyosiy partiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiribgina qolmay, ularning oilaviy turmush tarzini o’zgartirishga ham hissa qo’shmoqda. Bu esa oiladagi totuvlikni, jamiyatdagi barqarorlik va osoyishtalikni ta`minlashga o’ziga xos hissa qo’shadi.

Nuriddin UBAYDULLAYeV

“Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar