(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

«Go’zallik va sanoat 2016» boshlandi

Jamiyat
Yanvar30/ 2016

Kecha ertalabdan «Yoshlar ijod saroyi» odamlar bilan gavjum bo’ldi. O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, «Sog’lom kelajak» NNT hamda O’zbekiston sartaroshlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda «Go’zallik va sanoat 2016» O’zbekiston chempionati bo’lib o’tmoqda.

– Yil sayin mamlakatimizda moda sanoati jadal rivojlanmoqda, – deydi O’zbekiston sartaroshlar va kosmetologlar assotsiatsiyasi raisi Farhod Shomurodov. – O’z biznesini yuritish, xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar bu borada muhim omil bo’lmoqda. Natijada aholiga ko’plab zamonaviy xizmat turlari, jumladan, soch va yuz parvarishi bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan go’zallik salonlari tarmog’i tobora kengaymoqda. Bundan tashqari, yurtimiz vakillari xalqaro tanlov va festivallarda g’olib bo’lyapti, Yevropa mamlakatlarida mahorat saboqlarini o’tkazyapti. Bugungi tadbir ham yoshlarimizning o’z imkoniyatlarini jahon bo’ylab namo­yish etishiga katta imkoniyat yaratadi.

Ishtirokchilar turli shartlar bo’yicha bellashdi. Shuningdek, vizajistlar tanlovida   o’ziga xos g’aroyib makiyaj variantlari taqdim etildi.

Darhaqiqat, o’tgan yili Sankt-Peterburgda bo’lib o’tgan «Do’stlik» kubogi xalqaro chempionatida o’zbekistonlik feyshn-industriya mutaxassislari o’zlari bilan 12 yo’nalish bo’yicha yigirmatadan ko’proq kuboklarni hamda bosh va kichik mukofotlarni qo’lga kiritishdi.

Tanlov doirasida ko’rgazma ham tashkil etildi. Unda tabiiy go’zallikning yanada mukammal va nafis bo’lishiga yordam beradigan turli kosmetika va gigiyena vositalari hamda moslamalari namoyish qilindi. Ko’rgazma bugun ham o’z ishini davom ettiradi.

Elbek ShOYIMQULOV,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar