(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Hokim ekskursiya uyushtirdi

Jamiyat
Yanvar30/ 2016

Yaqinda Bektemir   tuman hokimi Sarvar Mahametov tashabbusi bilan tumandagi umumta`lim maktablarining kam ta`minlangan, boquvchisini yo’qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj o’quvchilari ishtirokida Toshkent shahri bo’ylab sayohatlar tashkil etildi.

Tarixiy obidalar, muzeylar, buyuk ajdodlarimiz nomlari bilan bog’liq ziyoratgoh hamda maydonlarga   tashrif buyurgan yoshlar shahrimizning qadimiy va boy tarixi, bugungi qiyofasi borasida ko’plab qiziqarli ma`lumotlarga ega bo’ldi.

– Men mazkur ekskursiya davomida shahrimiz haqida juda ko’p yangi ma`lumotlarga ega bo’ldim, – deydi 293-maktab o’quvchisi Shahzod Latifjonov. – O’zbekiston davlat tarixi muzeyida Angliyadan kelgan mehmonlar bilan uchrashib qoldik. Ular bilan ingliz tilida suhbatlashib, yurtimiz haqidagi taassurotlarini so’radim. Mehmonlarning ijobiy fikrini eshitib, juda quvonib ketdim va ularga Vatanimiz bayrog’ini sovg’a qildim.

Sayohat chog’ida o’quvchilar poytaxtimizda qad rostlagan va yangidan barpo etilayotgan bino va inshootlar bilan tanishdilar.

– Maktabda tarix ustozimiz Temur bobomiz haqida ko’p ma`lumotlar aytib bergan edi, – deydi 289-maktabning 8-sinf o’quvchisi Nazokat Muzaffarova. – Bugun men Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi uchrashuvdan yanada ko’proq ma`lumotlar olib, bilimlarimni oshirdim. Endilikda ko’rgan va eshitganlarimni, albatta, sinfdosh do’stlarimga so’zlab beraman. Yozgi ta`til davomida tengdoshlarim bilan shahrimiz bo’ylab yana sayohat uyushtirish   niyatidaman.

Muhiddin TOShOV,

Ma`naviyat targ’ibot markazi

Bektemir tumani bo’limi rahbari

Foydali havolalar