O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi targ’ibot

  • 1391
  • 1391
Jamiyat
Iyul30/ 2016

yoxud din niqobi ostidagi razillik

Ezgulik dini bo’lgan Islom kishilarni tinchlik va barqarorlikka, o’zaro birlik va hamjihatlikka da`vat etadi. Biroq undan g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanish hollari faollashmoqda. Din niqobi ostidagi ekstremizm va terrorizmning global tahdidga aylangani shunday xulosa chiqarishga sabab bo’ladi. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan insonlar orasiga nifoq solish, qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ruyobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.Ezgulik dini bo’lgan Islom kishilarni tinchlik va barqarorlikka, o’zaro birlik va hamjihatlikka da`vat etadi. Biroq undan g’arazli maqsadlar yo’lida foydalanish hollari faollashmoqda. Din niqobi ostidagi ekstremizm va terrorizmning global tahdidga aylangani shunday xulosa chiqarishga sabab bo’ladi. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan insonlar orasiga nifoq solish, qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ruyobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.

Ushbu maqsadlarini amalga oshirishda diniy ekstremistik tashkilotlar huquq-tartibot idoralari xodimlari e`tiborini tortmaslik uchun ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda.

Hozirda bunday tashkilot a`zolari odamlarni jalb etishda asosan 3 bosqichli psixologik usulni keng qo’llaydi. Razumoviskiy nomli Saratov Davlat tibbiyot universiteti a`zosi A.A.Dubgorn ijtimoiy tarmoqlarning insonga ta`sirini o’rganib, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar davomida inson psixologik jihatdan ularga bog’lanib qolishi va ayrim guruhlar manfaatiga xizmat qilishini ta`kidlab o’tadi.

 

Ongni egallash

psixologiyasi

 

Birinchi operatsional bosqichda bugungi real hayotda diniy normalar, oyatlar va hadislar buzilayotganligini ko’rsatishga va tarmoq a`zolarini bunga ishontirishga, shu or­qali o’ziga jalb etishga harakat qilinadi.

Misol uchun «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog’ida ochilgan guruhda ba`zi ayollarning kiyimlari islom diniga zid ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Barcha ayollarni xijobga kiritish targ’ib qilinib, buni oyatlar bilan isbotlashga harakat qilingan.

Bu yo’l bilan ekstremistlar foydalanuvchilarning diqqatini tortish va hayotdagi ayrim harakatlarga din nuqtai nazardan baho berishga intilgan. Guruhni bosh­qarayotgan moderatorlar real hayotdagi harakatlarni oyatlarga to’g’ri kelmaydi, deb bong uradi hamda ularni bo’rttirib ko’rsatishga intiladi. Bu borada ular Internet foydalanuvchilarining savollaridan kelib chiqib qiziqishini aniqlaydi.

Shuningdek, foydalanuvchilarni guruhlarga jalb etishda psixologlar tomonidan tayyorlangan infogrammadan keng foydalaniladi. Rasmlarning inson ruhiyatiga ta`siri yuqori ekani bunga qo’l keladi.

Bundan tashqari, rasm va videolar, shiorlar huquq-tartibot idoralari e`tiborini tez tortayotgani hisobga olinib, ular o’z g’oyalarini hikoyalar orqali berib borishni yo’lga qo’ymoqda. Hikoyalar oddiy va ta`sirli bo’lib, ularda oiladagi munosabatlar va davlat tashkilotlarida dinga zid ishlar bo’layotganini aks ettiruvchi voqea­lar keltiriladi.

Bu bosqichda yangi nomzod (adept) avval e`tibor qilmagan harakatlarga shubha bilan qaraydi. Diniy aqidalarga moslashadi. Masalan, ko’pxotinlikning oddiy holatligiga moslashadi. Yangi nomzodda yangicha xulq-atvor shakllanadi. Diniy ekstremistik tashkilotlar bunga internet foydalanuvchilari ehtiyojlaridan kelib chiqib erishadi.

Operatsional bosqichning boshqalaridan farqi bunda internet foydalanuvchilarida jamiyatga shubha bilan qarashni shakllantiradi. Shuning uchun ular eng ko’p foydalanuvchiga ega ijtimoiy tarmoqlarga kirib, o’zi uchun yuzlab guruhlar tashkil etadi va bu bosh­qa shu kabi guruhlardan farq qilmaydi.

Ma`lumotlarga ko’ra, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog’ida 8 million o’zbekistonlik foydalanuvchi muloqot olib bormoqda. Ushbu tarmoqda o’zbek tilida diniy g’oyalar tar­g’ib qilingan guruhlar soni 14 ming 500 taga yetgan.

 

Ishontirish bosqichi

 

Ikkinchi protsessual bos­qichda esa ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchini guruh moderatori qiziqarli ma`lumotlar berish bilan o’zining bilimli ekaniga ishontiradi va internet foydalanuvchisi hech qanday savollarsiz unga ishonadi. Bunda foydalanuvchining diniy ekstremistik guruhga qo’shilishga qaror qilganligi aniqlanadi.

Bu bosqichning boshqalaridan farqi va ahamiyati katta bo’lib, unda psixologiyaning turli usullari qo’llaniladi. Masalan, internet foydalanuvchisida birinchi bosqichda shakllantirilgan shubhani yo’q qilish uchun real hayotdagi voqealar, infogrammalar, karikaturalardan foydalaniladi.

Shuningdek, guruhga soxta a`zolarni ya`ni o’z odamlarini turli nomlar ostida kiritib, ular orqali ta`sir etadi. Masalan, guruhdagilarning biri jihod to’g’ri yo’l ekanligini ta`kidlasa, ikkinchisi bunga oyat keltiradi va internet foydalanuvchisi jihodni ularning talqini bo’yicha tushunadi.

Moderator bu bosqichda o’z diniy ekstremistik tashkiloti g’oyasidan kelib chiqib, tashkilotga da`vat qiladi. «Buhoriy.uz» sayti ma`lumotiga ko’ra, bugungi kunda «O’zbekiston islomiy harakati», «Islom jihodi guruhi», «Hizbut tahrir», «Tablig’chilar» va «Islom davlati»ga jalb etishga bo’lgan harakatlar kuzatilmoqda.

 

«Tinchlik tarafdorlari» xuruji

 

Yakuniy bosqich shaxsni g’oyaviy va ruhiy jihatdan diniy ekstremistik kayfiyatda qayta shakllantiradi va u tashkilotning a`zosiga aylanadi.

Bu bosqichda moderator internet foydalanuvchisini islom dini himoyasi uchun jihodga ko’ndirib, ma`lum bir miqdorda pul taklifi bilan bir vaqtga yig’adi va kerakli topshiriqni berishi mumkin.

«Vesti.uz» sayti ma`lumotiga ko’ra, ijtimoiy tarmoqning o’zida yangi nomzod diniy ekstremistik tashkilot a`zosiga aylanadi. Bu holat ularni xujrada o’qitish, jihodga tayyorlash, jamoat uchrashuvlarini o’tkazishiga ehtiyoj qoldirmaydi. Chunki barcha tayyorgarlik ijtimoiy tarmoqlar orqali o’tkaziladi. Bu, o’z navbatida, xarajatlarni kamaytirishi, huquq-tartibot xodimlari e`tiboridan chetda qolishi   bilan real hayotdagi yollashdan farq qiladi.

Diniy ekstremistik guruhlar g’oyaviy ta`sir yo’naltirilgan mamlakatlar aholisining xohish-istaklari, mentaliteti, mavjud muammolarni o’rgangan holda, asosiy e`tiborni kishilar ongiga va dunyoqarashiga ta`sir ko’rsatishga, shakllangan kadriyatlarni o’zgartirishga, ularning regulyatorlik rolini kamaytirishga yoki butunlay yo’qqa chiqarishga qaratmoqda. Ular bu borada oshkora tarzda radikal guruhlar ochib, ochiqdan-ochiq jihodga chorlamoqda.

Diniy ekstremistik tashkilotlar o’zlarini «ozodlik kurashchisi», «partizan», «qarshilik ko’rsatuvchi» deb atab, tinchlik tarafdori qilib ko’rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo’l bilan harakat qilishi lozimligini asoslashga harakat qilmoqda. Shuning uchun ham xorijiy davlatlarda diniy ek­s­t­­­­remizmga qarshi kurash bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar diniy ekstremistik tashkilotlar uchun targ’ibot olib borishda eng qulay vosita bo’lib qolmoqda. Bu esa har birimizni ogoh bo’lishga, farzandlar tarbiyasiga alohida ahamiyat berishga chorlaydi. Xususan, axborot asri deb nomlanayotgan XXI asrda dinni niqob qilib, aslida hokimiyatni ko’zlagan qora niyatli kuchlar yoshlar ongini internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali zaharlayotganligi, bunday kuchlarga qurol bilan emas, «g’oyaga qarshi g’oya, mafkuraga qarshi mafkura, jaholatga qarshi ma`rifat» orqali kurashmoqlikni talab etadi.

Axbor TOJIYEV,

mustaqil tadqiqotchi

Teglar:

Foydali havolalar