O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kitobsevarlar sayliga marhamat!

  • 1397
  • 1397
Jamiyat
Oktabr30/ 2016

Angren shahar «Barkamol avlod» bolalar markazi to’garagi a`zosi Otabek Bakirovning kitobga, badiiy adabiyot mutolaasiga qiziqishi o’zgacha. Endigina 15 yoshni qarshilaganiga qaramay, o’zbek va jahon adabiyotining 150 ga yaqin eng sara namunalarini o’qib chiqqan. O’tgan yili «Onajonim tabiat» deb nomlangan insholar va rasmlar tanlovining Respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan. «Men markazimizda «yosh jurnalist va notiqlik to’garagiga qatnashaman, – deydi u. – Kelajakda jurnalist bo’lish niyatidaman».

Kuni kecha poytaxtimizning Fafur Fulom nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida boshlangan respublika Kitob bayramida Otabek singari yuzlab kitobsevar yoshlarni uchratish mumkin. «Adabiyotga e`tibor – kelajakka, ma`naviyatga e`tibor» shiori ostida o’tkazilayotgan ijtimoiy, ma`naviy-ma`rifiy tadbir bir paytning o’zida Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda viloyatlar markazlarida ham bo’lib o’tmoqda.

Bayramning ochilish marosimida so’z olgan O’zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Omonulla Yunusov yurtimizda matbaa va noshirlik sohasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, jahon e`tirof etayotgan ulkan muvaffaqiyatlar xususida to’xtalib o’tdi.

– Mustaqillikning ilk yillarida ommaviy axborot vositalarining umumiy soni 395 ta bo’lgan bo’lsa, bugun bu raqam 1 ming 454 taga yetdi, – dedi O.Yunusov. – 110 nashriyot hamda 1 ming 700 ga yaqin matbaa korxonasi esa har yili 3 ming nomdan ziyod, umumiy adadi 45 million nusxadan ortiq kitob nashr etmoqda. An`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan kitob bayramlari va sayillari aholi orasida mutolaaga qiziqishni yanada oshirib, kitob tar­g’ibotida muhim o’rin tutmoqda.

Tadbirlar davomida bog’ning bosh sahnasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi va «O’zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan jalb etilgan san`atkorlar, turli tanlovlar g’oliblari bo’lgan yosh iqtidor sohiblarining konsert dasturi namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida bayramning «Kitobsevarlarni qutlaymiz!» nomli badiiy qismi bo’lib o’tdi. Unda bog’ning ikki sahnasida yosh iste`dod sohiblari, shuningdek, «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi ijodiy guruhlarining chiqishlari barchada xush kayfiyat uyg’otdi.

Nashriyotlarning yangi kitoblari taqdimotlari, kitob mualliflari, adib va shoirlar, kitob grafikasi bo’yicha rassomlar, muharrirlar bilan ijodiy uchrashuv va suhbatlar o’tkazilmoqda. «Kitob o’qishni yoqtirasizmi?» mavzusida ijtimoiy so’rovnoma uyushtirilib, «Bolalarga kitob o’qishga mehr uyg’otishda ota-onalarga maslahatlar» nomli flayerlar tarqatilyapti.

Bundan tashqari, «Kitob bayrami» doirasida mushoiralar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining ijodiy uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Bugun esa Matbuot va axborot agent­ligining majlislar zalida «Kitob – millatning bebaho madaniy va ma`naviy merosi» mavzuida IV ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi.

Ertaga o’z nihoyasiga yetadigan Respublika Kitob bayrami doirasida kitob savdosini o’tkazish ham rejalashtirilgan.

Hakim YO’LDOShYEV,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar