(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Ko’zdan nari – ko’ngildan nari

Jamiyat
Dekabr30/ 2016

Xalq orasida ushbu maqolning «Yaqinlikning belgisi – kelib-ketib turgani, uzoqlikning belgisi – sira kelmay ketgani», «Kelish-ketish tuqqanlikning belgisi», «Ko’z qayerda bo’lsa, mehr shu yerda bo’ladi», «Ko’z ko’rmasa, ko’ngil sevmas», «Ko’zga yaqin – ko’ngilga yaqin», «Qudachilikning qizig’i – borish-kelish», «Ko’rmasa – yot, ko’rishmasa – uyat» kabi muqobillari ham ishlatiladi.

Mazkur maqollar yor-do’st, qarindosh-urug’ tez-tez uchrashib, bir-birini yo’qlab, hol-ahvol so’rab tursa, o’zaro yanada yaqinroq va qadrliroq bo’ladi, aks holda bir-biridan tobora uzoqlashib, mehr-oqibatlari, qadr-qimmatlari sust­lashib boraveradi, degan ma`noda qo’llanadi. Shu mazmunga yaqin bo’lgan «Yaqinni olis qilma, olisni yaqin qil» maqoli esa yaqin kishilarga yomon munosabatda bo’lib, qattiq-qurum gapirib, ko’nglini sovutish emas, aksincha hurmat ko’rsatish va tez-tez yo’qlab turish orqali o’ziga qalban yaqinlashtirish, hatto, uzoq qarindoshlarni ham shu yo’l bilan o’ziga yaqin qilib olish zarurligi uqtiriladi.

Ammo xalq o’rtasida «Ko’zdan nari bo’lsa ham ko’ngildan nari bo’lmas» degan maqol ham yuradiki, bu yuqoridagi maqollarning mazmuniga zidday tuyuladi. Aslida esa uni bir oila kishilari, masalan, ota-ona, farzand, aka-uka, opa-singil, kelin-kuyov garchi bir-birlaridan uzoqda yashasalar ham, baribir bir-birlarining ko’ngillaridan nari ketmaydilar, degan ma`noda qo’llanadi.

Olim MEHMONOV,

pensioner, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

Foydali havolalar