(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

milliy boylik

  • 1415
  • 1415
Jamiyat
Yanvar30/ 2016

O’zbekiston erishgan ulkan yutuqlarda atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida olib borgan ekologik siyosati muhim o’rin tutadi. Mazkur yo’nalishda 20 dan ortiq qonun va yuzlab qonunosti hujjati qabul qilingani esa ekologik barqarorlikni ta`minlashga xizmat qilmoqda.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi ham ayni kunda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunlar va O’zbekiston qo’shilgan xalqaro shartnomalardagi asosiy prinsiplar hamda ularning ijro mexanizmlarini milliy qonunchilikka uyg’unlashtirish, joylardagi ijrosini nazorat-tahlil faoliyati tartibida o’rganish, atrof-muhitga aloqador muammolarni hal etishga jamoatchilikni keng jalb etish kabi yo’nalishlarda qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Respublikamizda atrof-muhitni, ayniqsa, biologik xilma-xillikni muhofaza qilishda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi «O’zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo’yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi to’g’risida»gi qarori alohida ahamiyatga ega hujjat sanaladi. Deputatlik guruhimiz ana shu qaror ijrosi yo’lida bir qator ishlarni olib borayotir. Xususan, muhofaza qilinadigan hududlar tizimini yangidan tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish, sohada targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab olingan.

Manbalarga ko’ra, tabiiy jamoalarni muhofaza qilish maqsadida bundan yuz yil muqaddam dastlabki qo’riqxonalar tashkil etilgan va hozirgi vaqtda qo’riqxonalar egallagan maydon quruqlikning 13 foiziga teng. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi 2012 yilda chop etgan ma`lumotlarga ko’ra, ushbu Ittifoqning Qizil ro’yxatiga 63 ming 817 hayvon turi kiritilgan. Ma`lumotlarga qaraganda tabiiy va texnogen omillar ta`sirida so’nggi 500 yil ichida 844 turdagi hayvon qirilib ketgan. Agar vaziyat kelgusida ham shu tarzda davom etsa 2050 yilga borib hayvon turlarining 25 foizi butunlay yo’qolib ketishi mumkin.

O’zbekiston «Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo’yicha» Konvensiyaning tarafdori sifatida 2015 yilda o’zining Biologik xilma-xillikni saqlab qolish haqidagi beshinchi milliy ma`ruzasini tayyorladi. Ushbu ma`ruzada Konvensiya talablarining ijrosi sifatida amalga oshirilgan ishlar, kuzatuvlar, tahlillar, biologik xilma-xillikni saqlash sohasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar to’g’risida ma`lumotlar berilgan. Mazkur ma`lumotlarga tayangan holda aytish mumkinki, O’zbekistonda bioxilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma`lumki, mamlakatimizda ko’pgina tabiiy ekotizimlarda issiq va quruq iqlim hukmronlik qiladi. Bunday vaziyat ekotizimlarning zaifligi va tash­qi omillarga chidamsizligi hamda tabiiy majmualarning degradatsiyasiga, tog’ oldi, tekislik, suv va suv oldi hududlari tabiatining tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, Orol tanazzuli bilan bog’liq ekologik vaziyat hudud tabiatiga nisbatan yanada ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni taqazo etadi.

O’zbekistonda keyingi o’n yilda bioxilma-xilikni saqlash va undan bar­qaror foydalanish sohasida olib borilgan faoliyat natijasida qator ijobiy natijalar va yutuqlarga erishildi. Ayniqsa, 2006 yildan boshlab muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida qator o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 16 ming 504 gektarlik «Jayron» Ekomarkazi maydonini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida markaz hududi yana to’rt yarim ming gektarga kengaytiriladi. 2010 yilda Buxoro viloyatida «Qumsulton» va «Xadicha» deb nomlangan ikkita davlat buyurtmaxonasi, «Paykent», «Varaxsha» tabiat yodgorliklari, 2011 yilda mamlakatda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yangi tipi sanalgan Quyi Amudaryo biosfera rezervati tashkil etildi. 2014 yilda o’simliklarning noyob va qimmatbaho navlarini saqlab qolish, ko’paytirish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida maydoni 32,4 ga bo’lgan «Do’rmon» milliy bog’i bun­yod etildi. Respublikadagi 51 ta muhim ornitologik hudud inventarizatsiya qilinib, tavsiflandi. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida 2014-2024 yillarda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini 8,1 million gektarga yetkazish orqali rivojlantirish das­turi loyihasi ustida ishlanmoqda.

O’zbekistonning bioxilma-xiligi milliy boyligimizning ajralmas qismidir. Shuning uchun biz tabiat in`om etgan va ajdodlarimiz bizga meros qoldirgan ushbu ne`matni avlodlarga nest-nobud qilmay yetkazishimiz shart. Zero, bugun jahonni tashvishga solayotgan har qanday ekologik muammo yechimida har bir fuqaroning o’z o’rni bor.

 

Boriy ALIXONOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o’rinbosari, Ekoharakat deputatlari guruhi rahbari

Teglar:

Foydali havolalar