O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O’rtacha umr uzaymoqda

  • 1409
  • 1409
Jamiyat
Avgust30/ 2016

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning yangi hisobotida ma`lum qilinishicha, odamlarning o’rtacha umr ko’rishi 2000 yildan beri 5 yilga uzayib, o’rtacha 71 yoshni tashkil qilmoqda. Eng uzoq umr ko’ruvchilar Yaponiya va Shveysariyada yashamoqda. Serra-Leone aholisi esa dunyo bo’yicha eng kam umr ko’radi.

JSST ekspertlarining ta`kidlashicha, bu 1960 yildan beri kuzatilgan eng baland o’sish hisoblanadi. Olib borilgan tadqiqotlardan kelib chiqqan holda shu narsa ma`lum bo’ldiki, 2015 yilda dunyoga kelgan bola o’rtacha 71,4 yil yashashi mumkin. Shu bilan birga, qiz bolalar o’rtacha 74 yil, o’g’il bolalar esa taxminan 69 yil yashash ehtimoli mavjud. Mutaxassislarning qayd etishicha, bu ko’rsatkichlar bolaning nechog’lik bar­qaror sharoitda dunyoga kelishiga ham bevosita bog’liqdir.

Ta`kidlash lozimki, so’nggi yillarda Afrika mintaqasida aholining salomatligini, sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar qisman bo’lsa-da o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida bolalar va onalar o’limi bilan bog’liq holatlar biroz kamaygani kuzatilmoqda. Shu bilan birga, so’nggi vaqtlarda «qora qit`a»­da aholining o’rtacha umrini uzaytirish bo’yicha sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan, bu ko’rsatkich 9,4 yilga uzaydi. Bunda eng, avvalo, OIV infeksiyasini profilaktika qilish va davolash dasturlari natijasi muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Ammo ayni paytda kuzatilayotgan iqlim o’zgarishlari, ayrim davlatlarda atmosfera havosining ifloslanishi odamlarning uzoq umr ko’rishiga ham xavf solmoqda. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti olib borgan kuzatishlarga ko’ra, Yaqin Sharqning ayrim davlatlari shaharalarida havo ko’p darajada ifloslanishi kuzatilmoqda. Bu esa inson umrining qisqarishiga olib kelayotir.

JSST ekspertlari haligacha dunyoning ko’plab shaharlarida havo sifatini nazorat qilish, kuzatib borish tizimi ishlamasligini qayd etmoqda. Shuning uchun ham atmosferaning ifloslanish darajasini baholash, uni bartaraf etish va oldini olish imkoni kam.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, atmosferaning ifloslanishi inson salomatligi, hayvonlar, o’simliklar va ekosistemalarga salbiy ta`sir ko’rsatayotgan jiddiy muammo hisoblanadi. Bu shaharlarda o’pka saratoni, yurak xuruji va boshqa turli xastaliklar rivojlanishiga turtki bo’ladi.

Yaqinda Meksika poytaxtida ozon miqdori keragidan ortib ketgani tufayli ekologik xavfning birinchi darajasi e`lon qilingan edi. Shu bois hukumat bu borada yangi qoidalarga muvofiq, Mexiko ichida va tashqarisida transportlar harakatlanishiga ikki karra cheklov qo’ydi. Bundan tashqari, kimyo, sement, farmatsevtika, neftni qayta ishlash va sanoatning boshqa tarmoqlarida atmosferaga chiqayotgan zararli moddalarni 30-40 foizga qisqartirish tayinlandi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko’ra, bu hududning havosi iflosligi sababli har yili 22 ming­ga yaqin odam bevaqt vafot etadi.

Bundan tashqari, Xitoyda havoning ifloslanishi oqibatida yiliga 1 million 600 ming kishi hayotdan erta ko’z yummoqda. Kuniga 4 ming 400 ta o’lim holati qayd etiladi. Aynan atmosferaning ifloslanishi oqibatida yuzaga kelayotgan o’lim holati Xitoydagi umumiy o’limning 17 foizini tashkil etayotir.

Inson uzoq umr ko’rishining siri avvalo, toza ekologik muhitga bevosita bog’liq. Shunday ekan, ekologik talablarga jiddiy e`tibor qaratishni davrning o’zi talab etmoqda. Garchi JSST insonning umr ko’rishi besh yilga uzaygani xususida ma`lumot bergan bo’lsa-da, tabiiy muhit musaffoligi asrab-avaylanmasa bu raqamlar tezda o’zgarishi hech gap emas.

Rufat NYE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar