O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ota izidan ota yodi ila

  • 1418
  • 1418
Jamiyat
Sentabr30/ 2016

 

1939 yil. U uch oylik chaqaloq vaqtida otasi armiyaga ketdi. Yolg’iz ona qo’lida tarbiyalanar ekan, uning kelishini intiq kutardi. Ko’nglida umid va ishonch shu qadar kuchli ediki, 1943 yilda otasining jang maydonlarida bedarak yo’qolgani to’g’risidagi xabardan keyin ham umidini uzmadi, ishonchini yo’qotmadi. Otasi agar kelmasa, uni qidirib jang bo’lib o’tgan hududlarga borishni ko’ngliga tugib qo’ydi.

 

Orada qancha suvlar oqib ketdi. Bir xonali uyda ona-bola amallab kun kechirardi. Ana shu qiyinchiliklar zahmida irodasi tobora mustahkamlanib borayotgan qahramonimiz Botir Usmonov ota kasbning hosiyatiga ishonib, u kabi o’qituvchi bo’lishni maqsad qildi. Talabalik kezlari o’qishga borish uchun hatto yo’lkira topolmagan payt­lari bo’ldi. Shunday damlarda u ko’rgan kunlarini farzandlari ko’rmasligi, ularning yaxshi sharoitlarda yashashi, o’zi istagan faoliyat bilan shug’ullanishini ta`minlash uchun yanada ko’proq o’qib izlanishi kerakligini qalban his qilardi.

Universitetni tugatgach, 35 yil ta`lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlaridan dars berdi.

– Bu fanlar yordamida olam sirlarini tobora chuqurroq anglay boshladim, – deydi B.Usmonov. – Yashash qadrini bildim, insoniyatning takomillashib borishidagi o’zgarish va o’ziga xosliklarni his etdim. Asosiysi ota kasbi ortidan kam bo’lmadim. Ro’zg’orimni bekamu ko’st yuritdim, farzandlarim, nabiralarimning oliy ma`lumotli mutaxassislar bo’lib yetishishiga erishdim, elda aziz bo’ldim, hurmat orttirdim. Vaqti kelib, uch nafar farzandim ota kasbini egallamoqchi bo’lganida bundan benihoya g’ururlandim. Ulardan biri kimyo fani o’qituvchisi bo’ldi. Farzandlarim bilan suhbatlashib o’tirganda ularga o’quvchini yaxshi ko’rish va ularning shaxsiga hurmat bilan qarash yaxshi o’qituvchi bo’lishning asosiy sharti ekanini uqtiraman.

Botir ota farzandlari, nevara, chevaralari bilan xuddi do’stlardek yaqindan suhbatlashadi. Ular muhim qaror qabul qilish yoki kasb tanlash borasida, albatta, bobosi bilan maslahatlashadi. Otaxon ham erinmasdan ular bilan fikrlashadi, to’g’ri yo’l ko’rsatadiyu, tanlashni o’zlariga qoldiradi. Ana shunday yondashuv natijasida har biri o’z kelajagi uchun mustahkam poydevor qo’ygan avlodlaridan ko’ngli to’q.

Botir ota nafaqaga chiqqach, otasi jang qilgan Ukraina, Belorussiya yerlariga bordi, qabristonlarni kezdi, arxivlarni titdi. Sarg’ayib ketgan eski qayd­nomalar orasidan otasining bedarak yo’qolgani haqidagi ma`lumotlarni topganida uning hayotligi haqidagi farazlari bekor ekanini angladi.

O’sha paytda 61 bahorni qarshilagan o’g’il umrining keyingi qismini otasi kabi urush qatnashchilariga g’amxo’rlik qilish orqali o’z ko’ngliga taskin berish, u vafot etgan bo’lsa, ruhini shod etish maqsadida Faxriylarni qo’llab-quvvatlash Nuroniy jam­g’armasida faoliyat yuritishni maqsad qildi.

Shundan buyon jamg’armaning Toshkent shahar Mirobod tumani bo’limida mas`ul lavozimda mehnat qilib kelmoqda. Fidoyilarcha ko’rsatgan xizmatlari munosib e`tirof etilib, Shuhrat medali sohibi bo’lgan 77 yoshli Botir Usmonov ayni damda ham keksalarning dardiga malham, quvonchiga sherik bo’lish tashvishi bilan yashamoqda. Ularning yonida otasiga bir qadam yaqinroqdek his etadi o’zini.

Nargiza HUSANOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar