(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Piskentda uzum pishdi

Jamiyat
Dekabr30/ 2016

«O’zvinosanoat-xolding» xolding kompaniyasi tizimidagi uzumchilar va vinochilar uyushmasi raisi Erkin Boynazarovning ma`lum qilishicha, birgina 2013-2015 yillarda kompaniya tizimida 2,5 ming gektar yangi tokzorlar barpo etildi. Ellikka yaqin artezian quduqlar qazilib, 700 gektardagi tokzorlar suv bilan ta`minlandi. 375 gektar maydonda tomchilatib sug’orish yo’lga qo’yildi. Buning natijasida hosildorlik ham yildan-yilga oshib bormoqda.

Milliy matbuot markazida o’tkazilgan anjumanda, shuningdek, joriy yilda xorijga meva-sabzavot va uzum mahsulotlari yetkazib berish bo’yicha imzolanayotgan shartnomalar ko’lami kengayayotgani ham ta`kidlandi.

– Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi qarori asosida mamlakatimizda uzumchilikka ixtisoslashgan qirqdan ziyod agrofirma tashkil etildi – deydi E.Boynazarov. – Shuningdek, agrofirmalar mahsulot yetishtirib beruvchilar bilan 324 ming tonna uzum va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari uchun qariyb olti mingta shart­noma imzolandi. Xozirda ikkita agrofirmamiz xorijiy davlatlarning savdo uylariga kirib borib, yil davomida eksport shartnomalarini tuzishda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati Piskent tumanidagi issiqxonada pishib yetilgan uzumning yangi hosili namoyish etildi

Arofat JALILOVA,

«Jamiyat»ning jamoatchi muxbiri

Foydali havolalar