O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

«Qarilik gashtini mehnat-la totdim»

Jamiyat
Avgust30/ 2016

E`tibor bergan bo’lsangiz, butun umri mehnatda o’tgan kishilar keksayganda ham bir yerda o’tirolmaydi. Suyagi mehnatda qotgan, ayni aqliy barkamollikka yetgan, ko’p yillik bilim va tajribasi yana ancha ishda asqotishi mumkin bo’lgan nuroniylar ana shunday paytda umrining keyingi qismini ham mazmunli o’tkazish payiga tushadi.

 

Andijon viloyatining Bo’z tumanida istiqomat qiluvchi Muhammadaziz Uraimov ham sakson yoshni qoralaganiga qaramay, hanuz yoshlik shijoati tark etmagan nuroniylardan. O’zining bugungiday sog’lom, baquvvat va tetikligini xotirjamlik va halol mehnatdan deb biladi.

– Ko’klam keldi deguncha, farzandlarim va nabiralarim bilan tomorqada dehqonchilikni boshlab yuboramiz, – deydi u. – Ro’zg’or uchun kerakli sabzavot va poliz ekinlarini ekamiz, mevali daraxt ko’chatlarini o’tqazamiz. Ko’pincha bolalarni ishdan, nabiralarni o’qishdan chalg’itmay, bu yumushlar bilan o’zim shug’ullanaman. Biror kun tomorqaga kirmasam, tobim qochadigan bo’lib qolgan. Uyda bekor yotgandan keyin tanada qon yurishmay, behol bo’lib, kasal bo’ladi-da, odam. Ishlab turgan kishi esa tetik, kayfiyati ham chog’ bo’ladi. Ana shuning hisobiga mehnat nafaqat cho’ntakka yoki farovon hayot kechirishga, balki salomatlikka ham juda foydali.

Shifokorlar ham serharakatlik Muhammadaziz ota aytganidek, jismonan va ma`nan sog’­lom bo’lishning muhim omillaridan biri ekanini ta`kidlaydi. Ayniqsa, yosh o’tgan sari ko’proq jismoniy faol bo’lish qarilik kasalliklarining oldini olishda yaxshi samara beradi. 50-60 yoshdagilarning doimiy mehnat faoliyatida bo’lishi esa asab, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi.

 

Muhabbat ayaning

tabiatga muhabbati

 

Bir paytlar tibbiyot hodimi sifatida faoliyat yuritgan ulug’norlik Muhabbat aya Mo’minovaning o’shanda ham o’simliklarga mehri boshqacha edi. Nafaqaga chiqqach, ana shu qiziqishi bilan shug’ullanishga vaqti bemalol bo’lib qoldi. Shu sabab tomor­qasida rayhon, jambil, shivit kabi darmondorilarga boy tabiat ne`matlarini yetishtirishni boshladi.

– Har gal xushbo’y o’simliklar qo’shib tayyorlangan taomlarni iste`mol qilar ekanman, ularning inson salomatligi uchun koni foyda ekani haqida o’ylayman, – deydi onaxon. – Masalan, birgina rayhonning o’zi ovqat va organizmdagi mikroblarni parchalab, insonni yoshartirish xususiyatiga ega.

 

Fayrat

otaning Fayrati

 

Boysunlik Fayrat Rajabov bolalikdan uzum yetishtirishning hadisini olgan. Oltmish yoshdan oshganiga qaramay, hanuzgacha tokzor oralab, ularni o’zi parvarishlaydi.

– Farzandlarim ona yerga mehrini berib ishlayotganini ko’rib, ularning hay-haylashiga qaramay havas bilan ishga tushib ketaman, – deydi otaxon. – Bahor va kuz fasli oxirida yumushimiz ko’payadi. Hosilni yig’ib olish, tok novdalarini qishki sovuqdan asrash uchun ularni yerga ko’mish, xullas, barchasi dehqonga chinakam zavq bag’ishlaydi. Ana shunday qilib qarilik gashtini mehnat bilan totib yuribmiz-da, bolam.

Fayrat-shijoati jo’sh urayotgan keksalarimiz davlat va jamiyat rivoji, hayotimiz farovonligiyu dasturxonlarimiz to’kinligi uchun mehnat qilishda davom etib, o’z hayotini yanada mazmunli qilayotir, yoshlarga namuna bo’layotir.

 

Isfandiyor BURGUTBOYEV,

«Jamiyat» mahorat maktabi tinglovchisi

Foydali havolalar