(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Bu yerda zamonaviy mutaxassislar tayyorlanadi

  • 1438
  • 1438
Jamiyat
Dekabr06/ 2016

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qiladigan, yuksak ma`naviyatli kadrlar tayyorlash – asosiy maqsadimiz” deb nomlangan ilmiy-ma`rifiy anjuman tashkil etildi.

Har yili an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan mazkur tadbirda akademiya faoliyati, o’quv-tarbiya jarayonida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi.

– Akademiyada 2015 yilda zamonaviy talablarni inobatga olib, yangi Davlat ta`lim standartlari, malaka talablari hamda o’quv rejasi ishlab chiqildi, – deydi akademiyaning Malaka oshirish fakulteti boshlig’i Olim Ahmedov. – Unga ko’ra, kunduzgi ta`limning 2-o’quv bosqichidan boshlab mutaxassislik bo’yicha o’qitish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, dastlabki tergov va kriminalistika, kriminalistik ekspertiza, maxsus texnika va aloqa, ichki ishlar organlarida axborot-tahlil faoliyati, gumanitar hamda ijtimoiy-iqtisodiy fanlar singari yangi kafedralar tashkil etildi.

Anjumanda ta`kidlanganidek, ilm maskanida tinglovchilarning zamon talablari darajasida bilim olishi uchun jahon andozalariga mos o’quv va moddiy texnik baza yaratilgan. Umumiy kitob fondi 500 ming nusxadan ortiq zaxiraga ega axborot-resurs markazi tinglovchilarga xizmat ko’rsatmoqda. Markazning elektron kutubxonasida esa o’n mingdan ortiq nashr, O’zbekiston Respublikasining barcha qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari mavjud.

Akademiyada kadrlarni nafaqat ma`naviy yetuk, balki jismonan baquvvat etib tayyorlash maqsadida sportning qo’l jangi, sambo, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, xizmat ko’pkurashi, yengil atletika, futbol, voleybol seksiyalari faoliyati yo’lga qo’yilgan. Ushbu to’garaklarda shug’ullanayotgan tinglovchilar milliy terma jamoalarimiz tarkibida Jahon, Yevropa va Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, jami 400 dan ortiq medalni qo’lga kiritdi.

Tadbirda bularning bari yuksak ma`naviyatli, zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga xizmat qilayotgani aytildi.

Xayrullo ASTANAQULOV,

“Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar