O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat byudjyeti xalqimiz myehnati mahsuli

  • 1432
  • 1432
Jamiyat
Iyun06/ 2016

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 2015 yildagi hamda 2016 yilning birinchi choragidagi ijrosi to’g’risidagi hisobotni ko’rib chiqdi.

Mazkur masala “Parlament nazorati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, oldindan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining majlislarida, quyi palataning qo’mitalarida hukumat vakillari, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etildi. Unda mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining ijro etilishi mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar bildirildi.

Ta`kidlandiki, Davlat byudjeti mamlakatimiz parlamenti tomonidan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq ijro etildi. Yalpi ichki mahsulotning o’sish sur`atlari 8 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 8 foizga oshgan bo’lsa, qishloq xo’jaligida bu ko’rsatkich 6,8, chakana tovar aylanishi 15 foizdan ziyod, pullik xizmatlar hajmi esa 10,8 foiz o’sdi. Mamlakat byudjeti hisobot davrida profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil etdi, ya`ni prognoz parametrlari doirasida bo’ldi. Byudjet ijrosi bilan bog’liq har bir masala yuzasidan partiyalar o’z pozitsiyalarini bildirdi.

Yalpi ichki mahsulotning o’sishiga erishildi

 

O’zLiDeP deputatlari o’z saylovchilarining manfaatlaridan, partiya dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ustuvor yo’nalishlari bo’lgan kichik biznesning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta`minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish muhimligini ta`kidladi. Mazkur sohaning YaIMdagi ulushi 56,7 foizga o’sdi. Bugungi kunda sanoat mahsulotlarining uchdan bir qismi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 98 foizi ular tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Ish bilan band bo’lgan aholining 77 foizidan ko’prog’i mazkur sohada mehnat qilmoqda.

So’zga chiqqan fraksiya a`zolari aytishicha, yil davomida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, sanoat miqyosida qayta ishlash hajmlarini ko’paytirish, uni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ko’maklashdi.

– Davlat byudjeti ijrosining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, hisobot yilida qishloq xo’jaligini isloh etishga alohida e`tibor qaratildi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a`zosi Komiljon Ernazarov. – Qishloq xo’jaligida bosqichma-bosqich tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish, g’o’za maydonlarini maqbullashtirish orqali ekin maydonlari tarkibini o’zgartirish, ko’proq boshoqli don, sabzavot ekinlarini yetishtirish, bog’dorchilik va uzumchilikka ajratish bo’yicha salmoqli ishlar qilinmoqda.

Fraksiya tomonidan mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazilgani ta`kidlandi. Bu yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.

Milliy iqtisodiyot

rivojlanmoqda

 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a`zolari Davlat byudjeti asosiy parametrlarining ijrosini ta`minlashda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga, ishlab chiqarishga yangi, ilg’or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan izchil islohotlar sabab jahon maydonida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi tobora oshib borayotganini alohida qayd etdi.

Shu munosabat bilan fraksiya deputatlari “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg’asi ostidagi mahsulotni jahon bozoriga chiqarishga, shuningdek, import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarayotgan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga doir tizimli chora-tadbirlarni davom ettirish zarurligiga ham alohida e`tibor qaratdi.

Partiya deputatlarining fikricha, o’tgan yil davomida mamlakatimizning tarixiy-me`moriy, gumanitar merosini asrash va saqlash uchun xarajatlar hajmi ko’paytirildi.

– Mamlakatimizning tarixiy-me`moriy, ijtimoiy-madaniy merosini asrab-avaylash va saqlashga yo’naltirilgan sarf-xarajatlar ko’lamini har tomonlama tahlil qildik, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi a`zosi Mirzohid Ubaydullayev. – Ushbu maqsadlarga Davlat byudjetidan sarflangan mablag’lar mamlakatimiz madaniy va arxeologik meros ob`ektlarida ta`mirlash hamda konservatsiya ishlarini amalga oshirish bo’yicha dasturlar ijrosini ta`minlashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy yo’naltirilgan byudjetni ma`qullaymiz

 

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasidan so’zga chiqqanlar o’tgan yilda ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlariga ajratilgan byudjet mablag’laridan maqsadli va aniq yo’naltirilgan holda foydalanilganini, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan samarali foydalanilganini ta`kidladilar. 2015 yilda kadrlarni qayta tayyorlash, haq to’lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilish va ishsizlik nafaqalarini to’lash yo’li bilan jamg’arma mablag’lari hisobidan 4,4 milliard so’m miqdorida moddiy yordam ko’rsatilgan.

– 2015 yil davomida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 21,3 trillion so’m yoki umumiy xarajatlarning 58,8 foizi miqdorida mablag’ ajratildi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zXDP fraksiyasi a`zosi Farhod Umarov. – Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi daromadlarining shakllantirilishi va ular xarajatlarining maqsadli hamda manzilli sarf etilishiga alohida e`tibor qaratildi.

Davlat byudjetining xarajat qismida asosiy e`tibor ta`lim, sog’liqni saqlash, aholini maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadlariga yo’naltirilganligi O’zXDP elektorati manfaatlariga mos keladi. Xususan, sog’liqni saqlashni rivojlantirish, davolash muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlari izchil va tizimli asosda davom ettirilayotir. Partiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosatini faol qo’llab-quvvatlaydi.

Hammasi – yoshlar uchun

 

O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a`zolarining fikriga ko’ra, o’tgan yilda iqtisodiy dasturning tizimli ravishda ijro etilishi natijasida asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning ijobiy o’sishi ta`minlandi.

Majlisda ta`kidlanganidek, hisobot davrida ilm-fanni rivojlantirishga 2014 yilning xuddi shu davridagiga nisbatan 15,9 foiz ko’p mablag’ ajratildi. Bunda ayniqsa, davlat ilmiy-texnika dasturlarining ustuvor yo’nalishlarini moliyalashtirishga 137,4 milliard so’m yo’naltirildi.

Bu partiyaning dasturiy maqsadlariga to’liq mos kelib, partiya doimo ilm-fanga e`tiborni kuchaytirish, uning yutuqlarini ishlab chiqarishga va kundalik hayotga faol tatbiq etishni yoqlab chiqqan.

–        Xususan, 2015 yilda ijtimoiy soha xarajatlarining asosiy qismi, ya`ni 57 foizidan ortiq mablag’lar Davlat byudjetidan ta`lim muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga ajratildi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a`zosi Zafar Sultonov. – Bugun deputatlar tomonidan ushbu mablag’lar sarflanishi holatini sinchiklab muhokama qilish asnosida barcha ta`lim muassasalarini zamonaviy axborot texnologiyalari, elektron o’quv-ta`lim dasturlari va multimedia mahsulotlari bilan ta`minlash bo’yicha ko’rilayotgan choralarni tahlil qildik.

Tabiat muhofazasi –

muhim masala

 

O’zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi a`zolari atrof-muhitni va aholi sog’lig’ini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari qatoriga kiritilganini ta`kidlab o’tdi.

Xususan, 2015 yilda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun Davlat byudjeti xarajatlari 699,9 milliard so’mni tashkil etdi. Shu jumladan, suv va yer resurslarini muhofaza qilishga 18,6 milliard, o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga 7,1 milliard va bioxilma-xillikni saqlash uchun 7,3 milliard so’m ajratilgan.

Deputatlar mamlakatimizda atrof tabiiy muhit davlat monitoringi va atrof-muhit muhofazasi yuzasidan Davlat dasturlarini amalga oshirish bo’yicha tadbirlarga jami 9 milliard so’m Davlat byudjetidan mablag’ sarflanganiga e`tibor qaratdilar.

–        – Qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bilan ta`minlashni yanada yaxshilash dasturi doirasida markazlashgan investitsiyalar hisobidan 170,2 milliard so’m yo’naltirildi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi a`zosi Siddiqjon Abduboqiyev. – Davlat byudjeti ijrosining taqdim etilgan ko’rsatkichlarining muhokamasi chog’ida, guruhimiz sohaga belgilangan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini, Davlat byudjetidan atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etishga yo’naltirilgan mablag’lar hajmining oshganini alohida ta`kidladi.

–        Majlisda Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 2016 yil birinchi choragidagi ijrosi ham muhokama qilindi. Deputatlarning ta`kidlashicha, ushbu muhim hujjatning ijrosi Byudjet kodeksi asosida Oliy Majlis va davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tasdiqlangan ko’rsatkichlarga muvofiq amalga oshirildi. Byudjet ijrosi deputatlar tomonidan ma`qullandi.

Nuriddin UBAYDULLAYEV,

–        “Jamiyat” muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar