O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Reklama” “Internet-poygalar 2016” bilan Malayziyaga yo’l oling

  • 1446
  • 1446
Jamiyat
Avgust06/ 2016

Formula-1 eng qiziqarli sport turlaridan biri hisoblanadi. Murosasiz bahslar, maxsus tezlik uchun yaratilgan rang-barang avtomobillarning ravon yo’ldagi poygasi uchun ham unga e`tibor katta. Aytish joizki, joriy yilda Formula-1 musobaqasining 16-bosqichi Malayziyada bo’lib o’tishi kutilmoqda. Shu bois ayni paytda poygani maxsus maydonchadan turib tomosha qilish istagida bo’lganlar soni ortib bormoqda, joylar oldindan band qilinmoqda. Dunyoning turli nuqtalaridan “sport shou” muxlislarining tashrifi kutilmoqda.

 

Mamlakatimizning nufuzli mobil operatorlaridan biri – Ucell kompaniyasi o’z mijozlariga qiziqarli va bahslarga boy Formula-1 gran-prisida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Kompaniyaning yangi “Internet-poygalar 2016” aksiyasi g’olibi Malayziya safariga chiqish chiptasini qo’lga kiritib, musobaqani jonli tomosha qilishi mumkin. Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari boshqa qimmatbaho yutuqlarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega. Eslatib o’tamiz, bu aksiyada faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan Ucell abonentlari ishtirok etishi mumkin. Aksiya 7 apreldan boshlangan edi va 26 iyunga qadar davom etadi.

Yaqinda poytaxtimizda Ucell kompaniyasining bosh ofisi – “Ucell Plaza”da mazkur aksiyaning birinchi yutuqli o’yini o’tkazildi. Unda Ucell abonentlari, yutuqli o’yinni kuzatib borish uchun taklif etilgan hakamlar hay`ati hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 

“Intyernyet poyga” nima?

 

Ucell tomonidan o’tkazib kelinayotgan “Internet-poygalar 2016” aksiyasining shartlari juda oddiy. Shu bilan birga, Ucell aksiyaning ochiq va oshkora o’tkazish maqsadida u haqidagi batafsil ma`lumotlarni www.ucell.uz saytiga joylashtirib bormoqda.

– Aksiyada Ucellning “Omadli”, “Omadli+”, “Aniq”, “Onlayn”, “Erkin suhbat”, “Aniq+”, “FRYeSh”, “OK”, “Oddiy”, “VIP”, “Do’stlar orasida”, “Qulay internet”, “Ko’proq”, “Best”, “Ijobiy”, “Minnatdormiz!”, “Oson hisob”, “Diyorim”, “Oson”, “Maxsus” nomli ta`rif rejalariga ulangan abonentlar qatnashishi mumkin, – deydi aksiya mualliflaridan biri, kompaniyaning Mobil internet va qo’shimcha xizmatlarni rivojlantirish bo’limi rahbari Diyorbek Abidov. – Biz abonentlarimizning barchasini qamrab olish hamda ularga yanada qulaylik yaratish maqsadida aksiyada qatnashish shartlarini juda oddiy va qulay qilib ishlab chiqdik. Xususan, ishtirokchi Internetdan yoki Internet-xizmatlardan foydalanadi va aksiya davrida internet uchun amalda sarflangan (xarid qilingan vaqtda amal qilayotgan Internet qiymati/chegirma bilan xarid qilingan hollarda abonent hisobidan amalda yechilgan miqdor inobatga olinadi) har $1 uchun bitta imkoniyat oladi. Bunga Maksimal internet, Sprint, Cheksiz Odnoklassniki, Oylik 4G internet-to’plamlar, haftalik internet-to’plamlar, Oylik internet-to’plamlar, Internet mega bum, 4G ni sinab ko’r, Cheksiz internet to’plamlar, Cheksiz tun, Kunlik internet-to’plamlar xizmatlari uchun abonent to’lov ham kiradi. Aksiyamizning dastlabki yutuqli o’yinida biz ilk g’oliblarni aniqladik. O’yinda 15 mayga qadar muayyan ball to’plagan abonentlarimiz ishtirok etdi. Yutuqli o’yinda 1 million 744 ming 849 abonent ishtirok etdi.

Hakamlar hay`ati va bir qator mehmonlar ko’z o’ngida o’tkazilgan yutuqli o’yinda 10 nafar g’olib aniqlanib, Ucellning qimmatbaho sovg’alariga ega bo’ldi. Shuningdek, ular aksiyaning Malayziyaga borish imkoniyati o’ynaladigan yakuniy bosqichida ishtirok etishi mumkin.

Ha, “internet poyga” avj nuqtasiga yetib kelmoqda. Formula-1 poygalarida bo’lganidek barchani hayajon chulg’ab olgani shubhasiz. Shu bilan birga, barcha to’plangan imkoniyatlarini tez-tez tekshirib bormoqda. Darvoqe, imkoniyatlar miqdorini va aksiya holatini tekshirish uchun abonent qo’l telefonidan *600*1#ni terishi kifoya. “Internet-poygalar 2016” aksiyasining ishtirokchilari uchun *600# qisqa raqamiga qilingan so’rovlar narxlanmaydi. “Aksiya ishtirokchilari” bo’limida ko’rsatilgan barcha ta`riflar abonentlari aksiyani o’tkazish qoidalariga roziligini bildirgach, o’z-o’zidan aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

 

Mijoz nima dyeydi?..

 

– Anchadan buyon Ucell xizmatlaridan foydalanib kelaman, – deydi Ucell abonenti, farg’onalik Jo’rabek O’rinboyev. – Kompaniya bizni turli xil aksiya, imtiyozlar bilan xushnud etib kelmoqda. Galdagi “Internet-poygalar 2016” aksiyasining ilk kunidan *660*1# qisqa raqamiga bepul so’rov yuborib, men ham poygada ishtirok etishni boshladim. Ish faoliyatim internet bilan bevosita bog’liqligi uchun ham Ucellning internet xizmatlaridan ko’p foydalanaman. O’z navbatida, abonentlar o’rtasida raqobat ham kattaligini his qilayapman. Zero, Malayziyaga borish hamda sevimli sport o’yinini jonli tomosha qilish uchun bunday imkoniyatni qo’ldan chiqarsam, keyin afsuslanib yurardim. Shuning uchun bo’lsa kerak, hamkasblarimning aksariyati ushbu aksiyaga qiziqib, unda ishtirok etish uchun Ucell abonentiga aylandi. Barchamiz aksiyaning yakuniy qismini intizorlik bilan kutayapmiz.

– Albatta, bunday aksiya g’oliblarining yuz-ko’zida quvonchini ko’rib, biz ham quvonamiz, – deydi Ucellning Korporativ aloqalar departamenti rahbari Rodika Verbenyuk. – Asosiy maqsadimiz nafaqat mijozlarimizga sifatli xizmat ko’rsatish, balki ularning dunyo kezishi uchun sharoit yaratish, bir so’z bilan aytganda, quvonch ulashish hisoblanadi. Bugungi yutuqli o’yinimizda g’olib bo’lish uchun 11 millionga yaqin ishtirokchida imkoniyat bo’ldi. Raqamlarning o’zi aksiyaning mohiyatini gapirib turibdi. Demak, mijozlarimizning kompaniyamizga ishonchi va e`tibori ham yuksalib bormoqda. O’z navbatida, aksiya va uning doirasida o’tkaziladigan yutuqli o’yinlar shaffof holda tashkil etilishiga alohida e`tibor qaratdik, hakamlar hay`atiga turli sohalarda faoliyat yuritayotgan insonlarni jalb etdik. Asosiysi, loyihalarimizning originalligiga ham e`tibor beramiz.

Ma`lumot o’rnida aytish lozimki, Formula-1 Gran-prisiga ikkita yo’llanma o’ynalmoqda. Har bir yo’llanma quyidagilarni o’z ichiga oladi; Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo’nalishidagi 2 kishilik aviachipta, ikki kishiga Gran-pri vaqtida Kuala-Lumpur shahridagi 5 yulduzli mehmonxonada yashash xarajatlari hamda Formula-1 Petronas Malayziya Gran-prisidagi saralash hamda poygalar bosqichlari vaqtida Jade tribunasiga kirish uchun 2 kishilik chipta. Bir so’z bilan aytganda, deyarli barcha sarf-xarajatlar aksiya hisobidan qoplanadi.

Xullas, aksiyaning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanib, hakamlar hay`ati yutuqli o’yinni shaffof va ochiq holda o’tkazildi, deb baholadi. Interaktiv holda tashkil etilgan tadbirda yig’ilganlar o’rtasida savol-javob o’yini ham o’tkazilib, topqirlarga Ucellning sovg’alari topshirildi. Tashkilotchilarning aytishicha, bu hali aksiyaning boshlanishi xolos. Aksiyaning yakuniy qismi bundan-da qiziqarli o’tkazilishi uchun qizg’in tayyorgarlik olib borilmoqda.

Aksiya 26 iyungacha davom etadi. Ucell mobil internetidan foydalaning va Formula-1 musobaqasini jonli tomosha qilish imkoniyatini qo’lga kiriting!

 

Rufat Ne`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar