O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

To’qqiz oylik xavotir

  • 1435
  • 1435
Jamiyat
Iyun06/ 2016

 

“Jamiyat” gazetasining joriy yil 6 may sonida e`lon qilingan “Tegsa besh, tegmasa o’n besh” sarlavhali maqolani o’qib, talabalik yillarimdagi bir voqea yodimga tushdi.

Dugonalar birin-ketin turmush qurayotgan paytimiz edi. Bir kun kursdoshimiz Muhayyo Yunusobodda bir folbin ayol bor ekan, kelajagingizni to’ppa-to’g’ri aytib berarkan, deb qoldi. Qiziqishimiz uyg’onib, darsimiz tugagandan so’ng to’rt dugona folbinnikiga yo’l oldik. Yetib borganimizda navbatda uch-to’rt kishi bor ekan, biz ham birin-ketin qabuliga kirib chiqdik. U har birimizga har xil bashoratlar aytdi. O’sha vaqtlari dugonamiz Nigoraning unashtiruvi o’tkazilib, to’y kunlari yaqin qolgan edi. Folbinga borib kelganimizdan so’ng Nigoraning chehrasi ochilmay, o’ychan bo’lib qoldi. Sababini so’rasak, fotihani buzmoqchi ekanligini, folbin to’y o’tgach, to’qqiz oydan so’ng turmushi buzilib ketishini bashorat qilganligini so’zlab berdi. Biz dugonalar uni yupatib, bu gapga ishonmasligini uqtirdik.

To’y ham bo’lib o’tdi. Nigora xavotirda kunlarni, oylarni sanardi. Biz ham uning turmushiga qiziqib, bu haqda o’zidan so’rab turardik. Dugonamizning hayoti bir maromda o’tib borardi. Uning baxtiga havasimiz kelardi. Shunday bo’lsa ham u kun sanashda davom etdi. To’qqiz oy o’tishini betoqatlik, xavotir bilan kutdi. Buni qarangki, Allohning inoyati bilan to’qqiz oydan so’ng unga onalik baxti nasib etdi, qizchali bo’ldi. Yillar o’tib, birin-ketin boshqa farzandlari tug’ilib, bir o’g’il, uch qizning mehribon volidasiga aylandi. Hozirgi kunda esa o’ndan ortiq nabiraning buvijonisi.

Ha, bu hayotda kishining taqdirini, ertaga nima bo’lishini hech kim oldindan aytib berolmaydi. Faqat Yaratganga ishonib, kishi o’zi uchun o’zi harakat qilishi kerak. Axir, insonning taqdiri o’z qo’lida, degan gap bejizga aytilmagan. Shuning uchun folbinlarning yolg’on-yashiq gaplariga ishonib, hayotingizning baxtli lahzalarini boy bermang. Bundan faqat o’zingiz va yaqinlaringizni qiynaganingiz qoladi.

Ma`suda YOQUBOVA

Teglar:

Foydali havolalar