O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Urush koinotda davom etadimi?

  • 1441
  • 1441
Jamiyat
Noyabr06/ 2016

Ayni paytda dunyoda hukmronlikka da`vogarlik qilayotgan mamlakatlar o’rtasida raqobat, o’zaro siyosiy-iqtisodiy ziddiyat davom etmoqda. Manfaatlar to’qnashuvi, bir-biriga o’z ta`sirini o’tkazishga harakat qilish xalqaro miqyosda bahsli masalalarni keltirib chiqaryapti. Shu bois ayrim siyosatchilar, harbiy tahlilchilar yirik davlatlar o’rtasidagi bunday taranglik oxir-oqibat qurolli to’qnashuvga aylanib ketishidan xavfsiramoqda. Ayrim ekspertlar qurolli to’qnashuvlar nafaqat quruqlik yoki dengizda, balki samoda ham bo’lishini taxmin qilmoqda.

 

– Samoda ham kuchli bo’lishga harakat anchadan buyon davom etayotgani hech kimga sir emas, – deydi AQShda istiqomat qiluvchi harbiy tahlilchi Omar Lamrani. – Agar koinotda qudratli ekanligini isbotlashga urinayotgan davlatlarning zamonaviy qurol-yaroqqa ega yo’ldoshlari borligini inobatga olsak, ularning samoda ham to’qnashuvi ehtimoli mavjud. Masalan, so’nggi yillarda sun`iy yo’ldoshlarni izdan chiqaruvchi, urib tushirishga mo’ljallangan qurollar ham yaratilayapti.

Bundan tashqari, ekspertlarning ta`kidlashicha, davlatlar orbitadagi sun`iy yo’ldoshlariga bo’ladigan hujumlardan himoyalanishga ham zo’r bermoqda. Chunki bunday sun`iy yo’ldoshlar izdan chiqadigan bo’lsa, aloqa tarmoqlariga putur yetib, ish samaradorligi keskin tushib ketadi.

Shuning uchun ham harbiylar sun`iy yo’ldoshning turli xil to’siqlarga bardoshliligini oshirishga e`tibor qaratyapti. Ular fazoga qimmat yo’ldoshlarni emas, aksincha kichik hamda ixcham sun`iy yo’ldoshlarni jo’natishni maqbul deb hisoblamoqda.

Aytish o’rinliki, ko’plab davlatlar harbiy harakatlarni olib borishda sun`iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan keng foydalanib keladi. Ayniqsa, ular ixtisoslashgan harbiy yo’ldoshlar orqali foto olish, aloqa yo’qolgan hududlarni nazorat qilish, uchuvchisiz qurilmalarni boshqarish va boshqa masalalarda ishlatilmoqda. Shu nuqtai nazardan ekspertlar bundan buyon samodagi poygalar avj olishini tabiiy jarayon sifatida baholamoqda.

Ma`lumotlarga ko’ra, joriy yilda AQSh samo dasturlari uchun 22 milliard dollar mablag’ sarflashni ko’zlamoqda. Uning 2 milliardi aynan koinot nazoratiga yo’naltirilishi mumkin. Endilikda samodan turib Yer sayyorasini nazorat qiluvchi yo’ldoshlar bilan birga, fazodagi boshqa yo’ldoshlar harakatini diqqat bilan kuzatuvchi qurilmalar ham paydo bo’ladi. Demak, koinotda texnikalar bir-birini o’rgana boshlaydi.

– Ziddiyatlar yuzaga kelar ekan, barcha dastlab urush xavfini o’rganib chiqadi, – deydi Yangi Amerika xavfsizlik markazi ilmiy xodimi Elbridj Kolbi. – Zamonaviy texnologiyalar asrida harbiy harakatlarni sun`iy yo’ldoshlar ishtirokisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Fikrimcha, samoda ham qurollanish poygasiga yo’l ochish, uni kuchaytirish insoniyat taqdiri uchun katta xatodir.

Albatta, harbiylar har qanday ziddiyatlar jarayonida urushga tayyorgarlik ko’radi. Hamisha shunday bo’lib kelgan. Biroq ayrim siyosatchilar harbiylar samodagi urushning kelib chiqishini ro’kach qilib, fazoda ham qurollanishga intilayotganini ta`kidlamoqda. Aslini olganda, barchamiz xalqaro miqyosda kelib chiqadigan har qanday urush insoniyat tarixidagi so’nggi urush bo’lishi mumkinligini yaxshi bilamiz. Bunga yo’l qo’yib bo’lmasligini ham teran anglaymiz. Shunga qaramay, urush tomon harakatlanishni davom ettiraveramiz.

– Xitoy raketasini geostatsionar orbitaga olib chiqqanda ko’pchilik cho’chiy boshladi, – deydi Xavfsiz dunyo fondi texnik maslahatchisi Brayan Uiden. – Shuningdek, Rossiyaning ham fazodagi faolligi AQShni biroz o’ylantirib qo’ydi. Buni o’ziga nisbatan xavf sifatida baholash holatlari ham bo’ldi.

Xavfsiz dunyo sari odimlash o’rniga, qurollarni kuchaytirishga zo’r berishning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Mutaxassislar qurol ishlab chiqarish, uning imkoniyatlarini kuchaytirib borish to’xtamas ekan, bizni dahshatli kelajak kutib turgani aniqligini tez-tez takrorlayotgani bejiz emas. Koinotdagi yo’ldoshlar urush uchun emas, ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qilsa, kelajagimiz obod bo’ladi.

Rufat Ne`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar