O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ahillik bor joyda baraka bor

Jamiyat
Oktabr17/ 2016

Mahalla yaxshi va yomon kuningda tirgak bo’ladi. Nochor bo’lib qolganingda boshingni silaydi. Yaxshi kunlaringni sen bilan birga baham ko’radi. Quvonchu shodligingga sherik. Shuning uchun ham otang mahalla – onang mahalla deydi xalqimiz.

Har gal mahalla haqida o’ylaganimda, bir rivoyat yodimga tushadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz shaharu qishloqlarni aylanib, raiyat holidan xabar olib turarkan. Shunday kunlarning birida paykalning (xabarchi) – falonchinikiga to’yga, deb baqirib yurganini eshitib qoladi. Paykal hammani to’yga aytadi, ammo xonga kelganda indamay o’tib ketadi. Shunda xon: – Meni nega to’yga aytmading, desa, paykal: – Siz mahallaga kirmagansiz. To’y ma`rakalarda ko’rinmaysiz, shuning uchun aytmadim, degan ekan. Shu-shu xon katta bir osh berib mahalla ahliga qo’shilgan, odamlar uni hamma to’y-ma`rakalariga aytadigan bo’lgan ekan.

Qayerda ahillik bo’lsa, shu yerda rivojlanish, to’kin-sochin dasturxon, farovonlik bo’ladi. Xonqa tumanidagi Sarapoyon qishlog’i ana shunday namunali qishloqlardan. Bu qishloq Urganch shahrini Xonqa tumani bilan bog’lab turuvchi ko’prik desak, mubolag’a bo’lmaydi.

Qishloq aholisi hamma davrlarda ham o’zlarining halol mehnati, tadbirkorligi, qolaversa, ilg’or dehqonchilik madaniyati bilan dong taratib kelgan. Agar Urganch shahridan Xonqa tomon yo’lingiz tushsa, yo’lning bir tomonida chiroyli qilib shakl berilgan bog’lar, bir tomonida esa namunali uy-joylar havasiningizni keltiradi. Shinam, saranjom-sarishta ko’chalarni ko’rib, ko’zingiz quvonadi.

Carapoyondagi to’rtta, ya`ni “Istiqlol, “Paxtagul”, “Qoramozi” va “Guliston” mahallarida 22 ming aholi istiqomat qiladi. Hududdagi 5 ta umumta`lim maktabi, 2 ta kasb-hunar kollejida qishloq farzandlari ta`lim-tarbiya olmoqda.

Sarapoyon qishlog’i tuman markaziga yaqinligi sababli, aholining ko’pchiligi tadbirkorlikning u yoki bu turi bilan mashg’ul. Qishloqda 120 dan ziyod tadbirkor – ip-yigiruv fabrikalari, aholiga turli servis xizmatlarini ko’rsatuvchi, ishlab chiqaruvchi korxonalar, tikuvchilik sexlari va boshqa maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari faoliyat ko’rsatmoqda.

O’tgan yili ishga tushirilgan “Madaniyat va aholi dam olish markazi”da 17 nafar odam ish bilan band. Bu yerda “Ashula”, “Rubob”, “Doira”, “Akkardion”, “Raqs”, “Baxshichilik” va bir qancha sport to’garaklari ishlab turibdi. Qishloq ahli uchun tez-tez ko’ngilochar tadbirlar o’tkazib turiladi.

5 ming 22 nafar aholi istiqomat qiladigan “Istiqlol” mahallasida aholi bandligini ta`minlashga katta e`tibor berilayotir. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan yoshlarni ish bilan ta`minlash, ularga oilaviy biznes boshlashiga, tadbirkorlik uchun dastlabki sarmoyani shakllantirishga ko’maklashish mahalla fuqarolar yig’inining diqqat-markazida bo’lmoqda. Xususan, kollej bitiruvchilaridan 4 nafariga bankdan kredit olishga ko’maklashildi. Shulardan Munavvara Madaminova qaromolchilikni rivojlantirishga ahd qilib birinchi qadamini tashladi.

Bir so’z bilan aytganda, Xonqa mahalalari tarixiy va milliy an`analarga tayangan holda mamlakatimiz ijtimoiy barqarorligini ta`minlashga hissa qo’shmoqda.

Boltaboy Muhammad Qurbon,

jurnalist, Xorazm viloyati

Foydali havolalar