O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat boshqaruvida AKT Deputatlar uni yanada rivojlantirish tarafdori

Jamiyat
Avgust17/ 2016

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi tomonidan “Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining roli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda parlament quyi palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, axborot-kommunikatsiya sohasi mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Yig’ilishda mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini joriy etishning huquqiy holati, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat boshqaruvini modernizatsiyalash borasidagi xalqaro tajribani o’rganish masalasiga alohida urg’u berildi. Ta`kidlandiki, axborotlashtirish sohasida tizimli va chuqur o’ylangan davlat siyosati olib borilayotgan bir paytda xorijiy tajribadan foydalanish ham muhim. Bu esa o’z navbatida, milliy axborot makonini rivojlantirish, sohani isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta`minlashga yanada keng imkoniyat yaratadi. “Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi hamda shu asosida boshqa qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar tizim faoliyatini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

– Ayni paytda deyarli barcha davlat idoralari internet tarmog’ida o’z veb-saytiga ega, – deydi quyi palataning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi a`zosi No’`mon Akbarov. – Ular yordamida aholiga elektron davlat xizmatlari ko’rsatish bilan birga o’z faoliyati to’g’risida axborotlar berib bormoqda. Bu aholi o’ziga kerakli axborotdan qulay va tez fursatlarda foydalanishi, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun qo’l kelmoqda.

Deputatlar, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonini demokratlashtirish, davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini keng muhokama qilish, qonun hujjatlari ta`sirini baholash tizimida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligiga alohida to’xtalib o’tishdi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, ushbu tizimning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali negizida texnologik jihatdan amaliyotga tatbiq etilishi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda “ma`muriy yondashuv”lar bilan bog’liq mavjud kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyatini berdi.

Davra suhbati natijalari bo’yicha to’plangan materiallardan kelgusida davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy AKTdan keng foydalanish uchun zarur sharoit yaratishda keng foydalanish mumkinligi ta`kidlandi.

Laziza ShYEROVA

Foydali havolalar