O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Energotejamkorlik har birimiz uchun muhim

  • 1472
  • 1472
Jamiyat
Avgust17/ 2016

Butun dunyoda yoqilg’i-energetika resurslari zaxiralari kamayib borayotgan bir paytda ulardan oqilona foydalanish o’ta muhim sanaladiMamlakatimizda 2015 yilda 57,5 milliard kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, uning 88,1 foizi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to’g’ri keladi. Bunday miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun juda katta miqdorda yoqilg’i – asosan   tabiiy gaz sarflanadi. Bugun foydalanilayotgan elektr energiyasining bor yo’g’i 10-11 foizinigina gidro-elektrostansiyalar ishlab chiqaradi, xolos. Shu oddiy taqqoslashning o’zi ham elektr energiyasini tejash, qanchalik muhim ekanini ko’rsatadi.

 

“O’zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig’i Abbosxon Nimatullayev elektr energiyasi iste`moli, undan oqilona va samarali foydalanish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan chuqur islohotlar haqida muxbirimiz savollariga javob berdi.

– Iqtisodiyotning izchil rivojlanishi bilan bog’liq holda yoqilg’i-energetika resurslariga tobora ortib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun hozirgi kunda respublikamizda ushbu resurslar ishlab chiqarilishini ko’paytirish, mavjudlaridan oqilona va samarali foydalanish borasida juda katta ishlar qilinyapti, – deydi u. – Prezidentimizning 2015 yil 5 maydagi “2015-2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qaroriga ko’ra, o’ziga barcha soha vazifalarini qamrab olgan Dastur – “yo’lxaritasi” ishlab chiqilgan. Unda qonun hujjatlarini takomillashtirishga, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga, energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi sohasida konkret vazifalarni amalga oshirishga va mazkur yo’nalishda o’quv-targ’ibot bazasini takomillashtirishga qaratilgan 35 ta chora-tadbir belgilandi. Shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyotning asosiy sohalari uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi sarfini qisqartirishning maqsadli parametrlari belgilandi.

Bundan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib energiya ishlab chiqaradigan korxona va tashkilotlarni, shuningdek, quyosh panellari va uskunalarini ishlab chiqarishga moslashgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun, ularga ma`lum muddatlarga soliq va bojxona imtiyozlari belgilandi. Shuningdek, ushbu qaror bilan yirik sanoat korxonalari – yoqilg’i-energetika resurslari iste`molchilarida majburiy energetika tekshiruvlari – energoaudit o’tkazilishi belgilab qo’yildi.

– “Energoaudit” tushunchasi haqida batafsilroq ma`lumot bersangiz. Korxona va tashkilotlarda bunday tekshiruvlar qay tartibda o’tkaziladi?

– “Energoaudit” – bu yoqilg’i-energetika resursidan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ushbu ko’rsatkichlarni oshirishning iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida yoqilg’i-energetika resursi iste`molchilarini tekshirishdan iborat.

“Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko’ra, ilgari energiya resurslarining yillik iste`moli 6 ming tonnadan ortiq shartli yoqilg’i, yoki ming tonnadan ortiq motor yoqilg’isini sarflaydigan korxona va tashkilotlarda majburiy energetika tekshiruvlarini o’tkazish belgilab qo’yilgan edi.

Bunda yirik iste`molchilarning ko’pchiligida va o’rta iste`molchilarda majburiy energetika tekshiruvlari o’tkazilmay qolinardi. Shu bois, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi qaroriga muvofiq 2015 yilda “O’zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan energetika tekshiruvlari o’tkazilishi majburiy bo’lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar doirasini kengaytirish maqsadida, har yili umumiy hajmi 2 ming tonnadan ortiq shartli yoqilg’iga teng energiya resurslarini sarflaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiy energetika tekshiruvlari o’tkazilishini nazarda tutuvchi “Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida”gi qonunning 13-moddasiga o’zgartish kiritish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, o’rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga, o’z navbatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.

Mazkur taklif 2015 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonunda o’z ifodasini topdi.

Mazkur Qonun qabul qilinishi munosabati bilan “O’zdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan 2016 yilda Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Yoqilg’i-energetika resurslari iste`molchilarining energetika tekshiruvlari va ekspertizalarini o’tkazish qoidalari” va 2014 yil 24 iyundagi   qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot sohalarida gazdan foydalanish qoidalari”ga tegishli o’zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Ushbu loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 13 maydagi qaror bilan qabul qilindi.

Qonun hujjatlari asosida inspeksiya tomonidan respublikamiz bo’yicha majburiy energetika tekshiruvlari o’tkazilishi kerak bo’lgan korxonalar ro’yxati ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Bunday korxonalarning umumiy soni ayni kezda 406 tani tashkil etmoqda.

– Elektr energiyasini ishlab chiqarishda va undan foydalanishda yoqilg’i energetika resurslari sarfini kamaytirish borasidagi ishlar haqida ham ma`lumot bersangiz?

– Bu borada “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida va Toshkent issiqlik elektr markazida mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun amalda ishlab turganlariga nisbatan kam yoqilg’i-energetika resurslari sarflaydigan yangi zamonaviy uskunalar o’rnatilib, ishga tushirildi. Toshkent issiqlik elektr stansiyasida yarim asrdan ortiq ishlab kelayotgan bloklar o’rniga deyarli ikki barobar kam yoqilg’i sarflaydigan zamovaniy bloklarni o’rnatish bo’yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugungi kun holatiga quvvati 370 MVt bo’lgan bunday bloklarning birinchisi o’rnatildi.

Joriy 2016 yilda yoqilg’i energetika resurslarini kam sarflaydigan, quvvati 450 mVt bo’lgan ikkita blok Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yilning oxirigacha Angren IESda kullik darajasi yuqori bo’lgan, mahalliy ko’mirda ishlaydigan, quvvati 150 mVt bo’lgan yangi energoblok ishga tushiriladi.

Elektr energiyasi iste`molchilari tomonidan ham ushbu yo’nalishda samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, “Navoiy KMK” DKda joriy yil uchun energiya sarfini kamaytirish va energiya tejovchi texnologiyalarni qo’llash bo’yicha yil davomida jami 194,7 million kVt.soat elektr energiyasini tejash rejasi ishlab chiqildi. Bugungi kungacha 40,4 million kVt.soat elektr energiya tejaldi. Xuddi shunday “Olmaliq KMK” AJda joriy 2016 yil uchun energiya sarfini kamaytirish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo’yicha yil davomida 169,4 million kVt.s elektr energiyani tejash ko’zda tutilgan. Ayni kezgacha 41,2 million kVt.soat elektr energiyasi tejaldi.

– Yoqilg’i-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalasi faqatgina iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida emas, balki kundalik hayotimizda ham muhim o’rin tutadi. Har bir iste`molchi bu borada nima qilishi kerak, o’z oldiga qanday maqsadlarni qo’yishi lozim deb o’ylaysiz?

– Ishdan yoki o’qishdan uyga kelishimiz bilan beixtiyor chiroqni yoqamiz, uyimizdagi mavjud elektr asboblardan foydalangan holda dam olamiz yoki uy yumushlarini bajaramiz. Xonadonimizdagi ushbu qulayliklarni yaratish uchun, shuningdek, iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi korxona, tashkilot va muassasalarning uzluksiz ishlab turishi uchun “O’zbekenergo” AJ tizimida ayni kezda 60 mingga yaqin energetik kechayu kunduz tinmay mehnat qilmoqda. Ular ko’mir qazib chiqarishdan boshlab, elektr stansiyalarda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uni elektr tarmoqlari bo’ylab iste`molchilarga yetkazib berish va sotish kabi mashaqqatli ishlar bilan uzluksiz shug’ullanib kelmoqda.

Insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan va kashf etilganiga 150 yil bo’lgan cho’g’lanma lampalar bugungi kunda eskirdi. Ularni insoniyat foydalanishdan bosh tortgan ot arava, parovoz va boshqa shunga o’xshash ma`naviy eskirgan texnikalarga tenglashtirish mumkin.

Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda bu yaqqol tan olingan va so’nggi vaqtda cho’g’lanma lampalarni foydalanishdan chiqarib yuborishning samarali choralari ko’rilmoqda. Ularning o’rniga yorug’lik berish effekti baland, iste`mol quvvati 5-6 barobar kam bo’lgan hamda yaroqliligi yuqori energotejamkor lampalar o’rnatilmoqda.

Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, O’zbekistonda 5,5 milliondan ziyod maishiy iste`molchi bor. Hisob-kitoblarga ko’ra, agar har bir oilada ikkita 100 Vt.li cho’g’lanma lampa, quvvati 18-22 Vt.li energotejamkor lampaga almashtirilsa, Tolimarjon IES quvvatiga teng – ya`ni 800 mVt quvvat tejalar ekan.

Energiya tejamkorligi va samaradorligi borasida gap ketganda, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi “Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarni, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori haqida alohida to’xtalish zarur.

Unga ko’ra, 2016 yil 1 yanvardan boshlab   chetdan olib kirilayotgan va O’zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlarning texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli (klassi) sinfi to’g’risidagi axborot bo’lishi shartligi belgilab qo’yildi. Bundan tashqari, mazkur qaror bilan maishiy elektr priborlarning energiya samaradorligi sinflarini aniqlash uchun “A”, “B”, “C”, “D”, “E”, “F”, “G” belgilari joriy etildi. Bunda “A” sinf energiya samaradorligi eng yuqori bo’lgan maishiy elektr priborlarni belgilash uchun va tegishli ravishda “G” sinfi – energiya samaradorligi eng past bo’lgan maishiy elektr priborlarni belgilash uchun qo’llanadi. Ushbu hukumat qarori bilan energiya samaradorligi past bo’lgan “G” sinfiga mansub elektr priborlarni chetdan olib kirish va sotish – 2017 yil 1 yanvardan boshlab, “F” sinfidagilar uchun – 2018 yil 1 yanvardan boshlab va “E” sinfidagilar uchun – 2019 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich taqiqlanadi.

“Jamiyat” muxbiri

Ma`murjon QIYOMOV

suhbatlashdi.

Teglar:

Foydali havolalar