(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Jasorat unutilmaydi

  • 1467
  • 1467
Jamiyat
Yanvar17/ 2016

Ona yurt tinchligi, osoyishtaligi yo’lida xizmat qilish, kerak bo’lsa, jonni fido etish eng sharafli ishdir. Tinchlik uchun ko’ksini qalqon qilgan bunday mard o’g’lonlar, ularning jasorati hech qachon unutilmaydi va qalblarda mangu yashaydi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Istiqlol” san`at saroyida “Dillarda Vatan madhi” deb nomlangan konsert dasturida ichki ishlar tizimida xizmat qilib, elu yurt osoyishtaligi yo’lida jon fido etgan jasur xodimlar xotirasi yodga olindi, ularning oila a`zolariga hurmat-ehtirom ko’rsatildi.

Har yili an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan mazkur xayriya tadbiridan ko’zlangan maqsad mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lganlarning oila a`zolari va faxriylarni moddiy hamda ma`naviy qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.

IIV madaniyat saroyi qo’shiq va raqs ansambli muntazam ravishda respublikamizning barcha viloyatlari, chekka va chegara hududlarida mana shunday xayriya konsertlarini o’tkazib keladi. Joriy yilning aprel-may oylarida esa 300 dan ortiq shunday xayriya konserti namoyish etildi.

– O’g’lim Ergashev Bahromjon yong’in xavfsizligi xizmatida ishlardi, – deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Nasiba Ergasheva. – 2014 yil 8 oktyabr kuni xalq mulki va fuqarolar hayotini o’t balosidan asrash jarayonida xizmat burchini bajarayotib halok bo’ldi. Farzandimdan ajralganim yuragimni iztirobga solsa-da, o’g’limning umri behuda ketmagani qalbimga tasalli beradi. Prezidentimizning Farmoniga muvofiq, o’tgan yili o’g’lim “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi. Farzandimning kasbdoshlari va do’stlari doimo bizni yo’qlab turadi. Shunda o’g’limni ko’rgandek bo’laman. Bugungi xayriya konsertida ham bizga va biz kabi xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan xodimlarning oila a`zolariga ko’rsatilgan e`tibordan mamnunmiz.

Xayriya tadbirida Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi qo’shiq va raqs ansambli ijrochilari, yosh iste`dodli xonandalar kuy-qo’shiqlar ijro etdi.

Zikrillo NYE`MATOV,

Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta`minlash boshqarmasi bo’lim boshlig’i

Teglar:

Foydali havolalar