(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Kelajak avlod taqdiri qil ustida qolmasin

экология-и-будущее
Jamiyat
Dekabr17/ 2016

 

Hozirgi globallashuv jarayonida tabiatni muhofaza qilish va ekologiyani asrash kunning asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Shu boisdan mamlakatimizda bu borada aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda zarur taktik va strategik yo’nalishlar ishlab chiqilgan.

Xususan, O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid 30 dan ortiq qonun va 100 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan. “O’zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishini ekologik ta`minlashning milliy harakatlar rejasi”, “O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit gigiyenasi bo’yicha milliy harakatlar dasturi”, “Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo’yicha milliy strategiya va reja”, 2013-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar Dasturi shular jumlasidan. Mazkur hujjatlar atrof-muhit holatining sifatli darajasiga erishish borasidagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali iqtisodiy usullarini tatbiq qilish, ekomadaniyatni yuksaltirish, ekologik-huquqiy bilimlarni keng targ’ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

2008 yil 2 avgustda O’zbekiston ekologik harakatining tashkil etilishi mamlakatimizda ekologik jamoat birlashmalari rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Ekologiya sohasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari Ekoharakat timsolida atrof-muhit va inson salomatligi muhofazasi bo’yicha barcha sa`y-harakatlarni birlashtirish hamda safarbar etish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Hisob-kitoblarga ko’ra, har yili atmosferaga yuz million   tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilib, uning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Olimlarning fikricha, o’rmon yong’inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonat kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng. Havoga ko’tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko’paytiradi. Oqibatda sayyoramizga quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish o’rniga Yerning o’zida qolib, issiqxona effektini keltirib chiqaradi.

Shundan kelib chiqib, hozirgi zamon talabi asosida aholi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitni saqlashda o’zaro hamkorlik jarayonini yanada kuchaytirish zarur. Chunki, ekologiya muammosi dunyoviy, global, olamshumul, chegara bilmaydigan, hamkorlikda hal qilinadigan masaladir. Uning xalqaro huquqiy ekologik asoslari BMTning Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, BMT Bosh Assambleyasining 1962 yil 14 dekabrdagi “Tabiiy boylik manbalari ustidan ajralmas suverenitet” deb nomlangan qarori, YuNYeSKOning umumjahon madaniyati va tabiat merosini muhofaza qilish to’g’risidagi konvensiya, Ozon qatlamini muhofaza qilish to’g’risidagi Vena konvensiyasi, Atrof-muhit va rivojlanish to’g’risidagi Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi hamda boshqa qator xalqaro ekologik huquqiy normalarda o’z aksini topgan.

Ushbu xalqaro hujjatlarning mohiyatini anglash ekologiyaning bugungi holatini tahlil qilish va o’rganishda ekologik ta`limning o’rni muhim. Shundan kelib chiqib, bugun mamlakatimizda yoshlarga ekologik ta`lim-tarbiya berish maqsadida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Oliy va o’rta-maxsus hamda Xalq ta`limi vazirliklari hamkorligida “O’zbekiston Respublikasining Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta`lim konsepsiyasi to’g’risida”gi qo’shma qaror qabul qilindi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiyot komissiyasining Strategiyasi hamda milliy dasturi asosida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi aholi keng qatlamining ekologik ta`limi, madaniyatini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik rejasini ishlab chiqdi.

Ekologik inqirozlar keltirib chiqarayotgan falokatlarni tahlil qilar ekansiz, tabiat bizni o’rab turgan eng noyob boyligimiz ekanini anglaysiz. Uni asrab-avaylash, e`zozlash va qadriga yetish tabiat ne`matlaridan oqilona foydalanish, behuda isrof qilmaslik zarurligi haqidagi fikrlar shunchaki gap emasligini tushunib yetasiz. Zero, ekologiyani asrash insoniyat kelajagini asrash ekanini unutmasligimiz lozim.

Jumanazar XOLMO’MINOV,

Toshkent davlat yuridik

universiteti professori

Teglar:

Foydali havolalar