O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Noyob hujjatingiz bo’lsa

arkhi
Jamiyat
Iyun17/ 2016

“O’zarxiv” sotib oladi

Bugungi kunda arxiv muassasalaridagi 5 ming 886 ta shaxsiy fondda 374 ming 907 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Jami asosiy ro’yxatga kiritilgan jamlash manbalari esa 10 ming 754 tadan iborat bo’lib, shundan nodavlat tashkilotlarning ulushi 1 ming 360 taga to’g’ri kelmoqda.

 

Bu haqda Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi tomonidan o’tkazilgan matbuot anjumanida batafsil ma`lumot berildi.

– Agar fuqaro tomonidan davlat arxiviga topshirilayotgan hujjatlar tarixiy, ma`naviy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo’lsa, bu hujjatlar shaxsiy fond sifatida rasmiylashtiriladi va saqlov bilan bog’liq to’lov olinmaydi, – deydi “O’zarxiv” agentligi bo’lim boshlig’i Adhamjon Usmonov. – Alohida qimmatli yoki noyob hujjat topshirilgan hollarda, aksincha, arxiv uni sotib olishi ham mumkin. Nodavlat arxiv fondining hujjatlari, shu jumladan, jismoniy shaxslarning xususiy mulki sifatida o’zida saqlanayotgan arxivlar yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi uchun fond egalarining roziligi bilan berilishi mumkin. Davlat arxivlarida shaxsiy kelib chiqish hujjatlari (shaxsiy fond) ham jamlanib boriladi va bu hujjatlar Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo’lmagan qismini tashkil etadi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo’lmagan qismini boyitib borish, ularni tizimli asosda jamlash, hisobini yuritish, saqlash hamda foydalanishni tashkil etish, nodavlat arxivlarini shakllantirish masalalari, respublikada davlat arxivlari tarmog’iga kirmaydigan, lekin qonunchilikka muvofiq tarzda nodavlat arxivlari sifatida qayta tashkil etishi lozim bo’lgan arxivlar faoliyati va hozirda mavjud bo’lgan muammolar haqida ham so’z yuritildi.

Arofat JALILOVA,

“Jamiyat”ning jamoatchi muxbiri

Foydali havolalar