O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ro’mol qatlariga singgan e`tibor

Jamiyat
Sentabr17/ 2016

Qurbonoy buvi bizni bolasiday e`zozlab, opichlab katta qilgan. Uning hovlisida nevaralari qatori bemalol qiy-chuvlashib yurar, beshtosh, latta koptok o’ynab, istagancha sho’xlik qilardik. Hovlidagi daraxtlarning shoxini qayirib, mevasini qoqib yesak-da, lom-mim demasdi.

Orada qancha suvlar oqib ketdi. Onda-sonda qishloqqa borganimda Qurbonoy buvimnikiga albatta kirib, undan xabar olardim. Ammo bu gal…

Sinfdosh dugonamning to’yi bahonasida uyga bordim. Ertasi kuni saharlab litseyda birga o’qigan dugonam qo’ng’iroq qildi. “Qishloqqa kelibsan, bir diydorlashmaymizmi? Bir-ikki soat ichida hammani yig’aman…” Unga e`tiroz bildirib bo’lmaydi. Aytganini qiladigan qiz…

Shunday qilib shu kuni ular bilan kechgacha chaqchaqlashib o’tirdik. Vaqtning qanday o’tgani ham sezilmadi. Shomga yaqin uyga qaytarkanman, yo’lda Qurbonoy buvimning nabirasi Temurbekni ko’rib qoldim. Uning gap-so’zlaridan buvisi saharmardondan meni keladi deb, shirguruch qildirgani (shirguruchni judayam yaxshi ko’raman), sutli patir yoptirganini bilib, rosa hijolat bo’ldim. Ertaga albatta boraman, deb buvimga salom aytishini tayinlab, u bilan xayrlashdim.

Qishloqda hamma sahar turib, ishlarini saranjomlab qo’yadi. Ota uyimizga kelsam, hech uyquga to’ymayman. Shuning uchun kechroq uyg’ondim. So’rida onam bilan Qurbonoy buvimning suhbatlashib o’tirganiga ko’zim tushdi. Mening borishimni kutolmay, o’zlari ko’rishga kelgan shekilli. Har galgidek buvimga sovg’a olishni unutganimdan xijolat tortib turganimda safar xaltamning bir chetida dugonam Nazokatga deb olgan ro’mol esimga tushdi. Yaqinda tug’ilgan kunida sovg’a qilganimda “men ro’mol yopinmayman”, deb ensasi qotib qaytarib bergan edi. Darrov borib shu ro’molni oldimu, so’ri tomon bordim. Buvim meni uzoqdan ko’riboq “bo’ylaringdan buving aylansin” deya odatdagidek erakalatib so’rashishni boshladi.

Kamina ham borib hol so’ragan bo’ldim. Sovg’ani tutqazib, atayin siz uchun deb qo’ydim. Buvim hayitlik olgan boladek gul-gul ochilib, yashnab ketdi. Menga ming tashakkur aytib, ro’molni o’rashga tushdi. “Yarashdimi”, deya so’ri tepasidagi tokka osig’liq oynaga qaradi.

Ancha gaplashib o’tirdik. Shu orada buvim keltirgan qaynoqqina sutli patirlarni qaymoq bilan yedik, mazali shirguruchdan totdik.

Ertasi kuni tongda ko’cha boshidan to’y sadolari yangradi. Meni shaharga olib bormoqchi bo’lgan amakim “qulluq bo’lsin”ni qilib, keyin yo’lga tushamiz dedi. Onam endigina to’ydan qaytgan ham ediki, uyimiz oldida uning mashinasi kelib to’xtadi. Men onam bergan narsalar va tugundagi buvim keltirgan patirlarni olib yo’lga chiqishga shoshildim. Ko’chaga chiqqanimda uyimiz odidagi qo’shni xotinlarni ko’rib ular bilan so’rashgan bo’ldim. Ayollardan biri “O’rgilay, Qurbonoy buviga rosa chiroyli ro’mol olib kelibsiz-a? Kecha to’yga o’rab chiqib, rosa maqtadi. O’rtaga tushib bir o’ynadi, bir o’ynadi. Baraka toping!” dedi. Men jilmaygan ko’yi xayr-ma`zur qilib mashinaga o’tirdim.

Yo’l bo’yi uchrashuv va bazmlardan bo’shamay o’zim borib ko’rolmagan buvim meni sog’inib yo’qlab kelganiyu, dugonam nazariga ilmagan shu ro’molni naqadar qimmatli sovg’a deb bilgani haqida o’ylab bordim. Yosh boladek mehrga muhtoj bo’lgan keksalar ko’ngli ozgina e`tibordan ham shunchalik ko’tarilib ketishini ba`zida unutib qo’yamiz. Ammo ular hecham bizni va biz ko’rsatgan mehru e`tiborni unutmaydi, hammaga maqtanib, birni o’n qilib yillab gapirib yuradi.

Nargiza HUSANOVA,

“Jamiyat” muxbiri

Foydali havolalar