O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Shodlik” ahlining saylovdan ko’ngli shod

Jamiyat
Avgust17/ 2016

Mahalla oqsoqolining vazifalari ko’p. U mahallada yoshu qarini taniydigan, har bir oilaga kirib bora oladigan va eng avvalo, yoshlar tarbiyasiga jiddiy e`tibor bilan qaraydigan inson bo’lishi lozim. Termiz shahridagi “Shodlik” mahallasi faxriylari va faollari mahalla oqsoqoli sayloviga xuddi shu mezon bilan yondashdilar. O’tgan davr mobaynida bu borada o’zini ko’rsatgan, elning ishonchini qozona olgan rais nomzodini yana bir bor qo’llab-quvvatladilar.

 

– Mahalla hududida bugun 3 ming 500 nafarga yaqin fuqaro istiqomat qiladi, – deydi mahallada saylovni tashkil etuvchi ishchi guruhi rahbari Chori Shaymurodov. – Shulardan saylovda ishtirok etish va ovoz berish huquqiga ega bo’lgan 62 nafar vakil saylab olindi. Saylovda ularning 54 nafari qatnashdi. Bu esa qonunchilik talablariga javob beradi.

Saylov kuni 3 kishidan iborat rayosat vakillar tomonidan tasdiqlandi. Sanoq komissiyasi ham shakllantirildi. Ishchi guruh rahbari yig’ilganlarga saylovda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning ishtirok etishi ixtiyoriy ekani, ularning o’z xohish-irodasiga hech kim to’sqinlik qilmasligi to’g’risida tushuncha berdi.

Saylov davomida mahalla raisligiga ko’rsatilgan nomzodlarning mehnat faoliyati, tarjimai holi haqida ma`lumot berildi. Nomzodlarning dasturi, rejalari haqidagi fikr-mulohazalar tinglandi. 200 nafarga yaqin mahalla fuqarolarining savollariga nomzodlar tomonidan javoblar qaytarildi. Yig’ilishda so’z olgan mahalla faoli Lola Mahmudov saylovda ishtirok etgan mahalliy hokimiyat vakiliga mahallaning o’z binosi yo’qligi, bu uning ishiga ta`sir etayotganini bildirdi.

Saylovda sanoq komissiyasi bergan natijalarga ko’ra, 45 ovoz bilan Fayrat Ochildiyev yana bir bor mahalla raisi etib saylandi. Vakillar tomonidan uning oldiga qator vazifalar qo’yildi. Fuqarolar yig’inining binosini barpo etish bo’yicha tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda bu borada mahalliy ijro hokimiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan muzokaralar olib borish zarurligi ta`kidlandi.

O’tgan davr mobaynida mahalla ahli bilan bahamjihat ishlagani raisning bu galgi muvaffaqiyatini ta`minladi.

 

Nuriddin UBAYDULLAYEV,

“Jamiyat” muxbiri

Foydali havolalar