O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Uchinchi sektor” rivoji nimaga bog’liq?

  • 1475
  • 1475
Jamiyat
Oktabr17/ 2016

 

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Bunda fuqarolik jamiyati institutlarining o’rni muhim. Ular orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari aholining turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etib, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlar ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim rol o’ynaydi.

 

Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining yanada rivojlanishi nafaqat moliyaviy qo’llab-quvvatlanishga, balki jamoatchilikning ular hayotida ishtirokiga ham bog’liq. Rivojlangan mamlakatlarda nodavlat notijorat tashkilotlar davlatning muayyan vazifalarini o’z zimmasiga olib, yuzaga kelgan muammolarni tez va sifatli hal etmoqda. Boisi, ular yillar davomida ixtisoslashib, aholining aynan nima istayotganini tezda ilg’ab, baholay oladi.

The Boston Consulting Group kompaniyasi rivojlangan davlatlarda NNT faoliyati bo’yicha o’z tadqiqodlarini o’tkazdi. Unga ko’ra, bunday mamlakatlarda “uchinchi sektor”ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6,5 foizga to’g’ri kelar ekan. Bu borada gollandiyaliklar peshqadam. Ushbu davlatda NNTning daromadi yalpi ichki mahsulotning 15 foizini tashkil etadi. Kompaniyaning Moskvadagi ofisi direktori Sergey Perapechkaning aytishicha, bunday raqamlar rivojlangan davlatlarda nodavlat tashkilotlar faoliyatining yaxshi yo’lga qo’yilganidan dalolatdir. Bu rivojlanish bosqichida bo’lgan mamlakatlarda nodavlat sektor rivojlanmayapti degani emas, albatta.

Ekspertlarning ta`kidlashicha, ayrim davlatlarda nodavlat notijorat tashkilotlarning mamlakat hayotidagi o’rniga unchalik ham yuqori baho berilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, har qanday mamlakatda NNT dastlabki bosqichda davlatning, biznes sektor hamda aholining homiyligiga ehtiyoj sezadi.

– Agar davlat nodavlat notijorat tashkilotlar rivojlanishini xohlasa, unda mazkur yo’nalishga investitsiya kiritishi lozim, – deydi Sergey Perapechka. – Masalan, rivojlangan mamlakatlarda davlatning NNT faoliyatiga yo’naltirilgan pul mablag’lari 48 foizni tashkil etadi. Biroq NNT uchun moliyaviy ko’mak bilan birga, yaxshi sharoit ham yaratilishi zarur.

Qayd etish o’rinliki, NNT rivojlanish indeksi (NGO Sustainability Index)ga ko’ra, sohada mustahkam huquqiy baza yaratish, mavjudlarini zamon talablariga moslash, shu bilan birga, NNT faoliyatini axboriy yoritib borish so’nggi 10 yil ichida biroz susaydi. Shunga qaramay davlatlarning ularni moliyaviy qo’llab-quvvatlashi ancha yaxshilangan.

Mutaxassislarning aytishicha, NNT rivojining ilk bosqichida davlatning ishtiroki asosiy o’rin egallaydi. Jumladan, Xorvatiyada aynan davlat tomonidan soha tartibga solingani tufayli, NNT indeksi ancha yuqoriladi. Tadqiqodlarga ko’ra, 1998 yilgacha Xorvatiyada “uchinchi sektor”ning ko’rsatkichlari juda past edi. NNTni qo’llab-quvvatlashning tizimli mexanizmi deyarli yo’q edi. Lekin shu yilda moliyalashning markazlashtirilgan tizimi ishlab chiqildi. Unga ko’ra, mablag’lar va boshqa vositalar davlatning NNT bilan o’zaro hamkorligi bo’yicha ofislari orqali berila boshlandi. 2003 yildan bu jarayonga o’zgartirishlar kiritilib, NNTga zarur vositalar vazirliklar orqali tarqatiladigan bo’ldi. 2007 yilda esa bu yo’nalishdagi qonunchilik isloh qilindi. Shuningdek, sohadagi ishlarning shaffofligiga alohida e`tibor qaratildi. Davlatdan iqtisodiy ko’mak oluvchi NNTning onlayn bazasi yaratildi. Moliyalashtirilmayotgan yo’nalishlar uchun esa hukumat ko’ngillilarni jalb etishga, ijtimoiy mas`uliyatni targ’ib etishga qaratilgan qonunni qabul qildi.

Biz so’z bilan aytganda, Xorvatiya bosqichma-bosqich “uchinchi sektor”ni isloh etib bordi. Ayni paytda mamlakatning ushbu sohada qo’lga kiritgan yutuqlari ekspertlar e`tirofiga sazovor bo’lmoqda. 1999 yildan boshlab, o’n yil davomida davlatning NNTga moliyaviy yordami 20 barobarga oshdi.

Mutaxassislarning aytishicha, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shu bois bunday institutlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash lozim. Ayrim davlatlarda NNT faoliyati yetarli darajada e`tiborga olinmagan. Ya`ni, dastlabki bosqichda yaxshi qo’llab-quvvatlanib, keyinroq ularga yordam ko’rsatish kamaygan. Buning natijasida “uchinchi sektor” vakillarining faoliyatida oqsash kuzatilib, o’z maqsadini to’laqonli amalga oshirolmay qoldi.

Har qanday davlatda NNT shakllanishi va rivojlanishi pul mablag’larining samarali sarflanishiga ham bevosita bog’liq. Binobarin, dunyoda ayrim xalqaro nodavlat tashkilotlar mablag’larni shaxsiy ehtiyoji uchun sarflagani ham kuzatilmoqda. Bunda, eng avvalo, NNTga ishonch bildirgan insonlarning xafsalasi pir bo’ladi. Agar sarflangan mablag’lar xususida jamoatchilik xabardor etib borilsa, jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlari olg’a siljishi kuzatiladi. Xullas, NNT o’ziga bildirilgan ishonchni oqlasa, u holda ular “jamiyat dvigateli”ga aylanadi.

Rufat NYE`MATOV

Teglar:

Foydali havolalar