O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yo’qolgan sumka, folbin va oshpaz amaki

  • 1453
  • 1453
Jamiyat
Noyabr17/ 2016

Navro’z arafasida viloyatdagi kursdosh dugonamiz bizni uyiga, Jizzax viloyatiga taklif qildi. Yo’l bo’yi mashinada o’yin-kulgi bilan manzilga qanday yetganimizni bilmay qoldik. Guljahonning uydagilari juda mehribon, samimiy insonlar ekan. Bizni eski qadrdonlardek kutib olishdi. Qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’ poytaxtdan kelgan mehmonlar borligini eshitib, bizni ko’rgani chiqishdi.

Kech tushdi. Hamma uy-uyiga tarqadi. Birdan kursdoshimiz Umida sumkasini qidirib topa olmayotganini aytib qoldi. Hammamiz qidirishga tushib ketdik. Ammo, qancha qidirmaylik, sumka yo’q! Biron joyda turgandirda, degan xayol bilan ertalab izlashga kelishib uyquga ketdik. Tong sahardan choy ham ichmay yana qidirdik. Hammaning boshi qotgan: sumkaning ichida anchagina pul va hujjatlari bor edi. Bir payt oramizdan bittasi “Folbinga borish kerak, kecha uyga kelganlardan birontasi olib ketgan bo’lsa-ya”, – deb qoldi.

Nima qilishni bilmay boshimiz qotib turganda, bu biz uchun yagona choradek tuyuldimi, ishqilib, qizlar folbin surishtirib ketishdi. Biz kelib muammo chiqarganimizga uy egalaridan xijolatdamiz, shu yerga kelib narsamiz yo’qolgani uchun ular bizdan xijolat. Xullas, kechagi xursandchilikdan asar ham yo’q. Tushdan keyin qizlar qaytishdi.

Bitta folbin: o’qishdagi dugonalaringizdan biri olgan desa, ikkinchisi uyingizga kelgan sariq odam olgan, debdi. Umidaning ko’ngli shu bilan ham tinchimadi. Uy egalariyam o’sha kelgan mehmonlar orasidan sariq odamni qidirishga tushib ketishdi. Guljahonning onasi Sharofat opa hammadan so’rab ko’rishini aytdi. Biz bo’lsak, ertaga undan-da “kuchliroq” folbinga borishga kelishdik. Ertalab uyg’onsak, Sharofat xola “gumondor”larning uyiga ketgan ekan. Ular: “Yo’q, olmadik. Kim olganini ham ko’rmadik”, deyishibdi. Biz esa olganini kim ham tan olardi, deya chug’urlashdik. O’zim hech qachon folbinga ishonmasdim, ammo qanday mushkulot bo’lmasin, hal eta oladigan bir folbinning ta`rifu tavsifini eshitib, men ham qiziqib qoldim.

Yo’l-yo’lakay Guljahon sinfdoshini uchratib qoldi. U ham bo’lgan voqeani eshitishga ulguribdi:

– Eh, shuncha paytdan buyon biron kishining narsasi yo’qolmagandi. Mehmonlar kelganda shu ish bo’ladimi? O’sha o’g’ri butun qishloqni sharmanda qildi-ya, dedi xafa bo’lib.

Folbin xolaning uyi ham binoyidek, hovlisining etagidan yana yangi uslubda qo’sh qavat imorat solayotgan ekan. Bu ayolning eri hech qayerda ishlamas, to’g’rirog’i ishining tayini yo’qligini aytishdi. Hamma narsa xotinining “kasbi-kori” evaziga ekan. “Qabul”da ancha ushlanib qoldik, navbat ko’p edi! Nihoyat, galimiz kelib, muammoni bayon qilsak, to’g’ri yuzimizga qarab: “Rostini aytinglar, qaysi biringiz oldingiz”, deb qolsa bo’ladimi. Ishqilib, u ham tayinli gap aytmadi. Bir birimizdan gumon qilishga undaydigan gaplar bilan rosa boshimizni og’ritdi.

Safarimiz ham nihoyasiga yetib, ketish uchun hozirlanayotsak, Sharofat opa “Meniyam shaharda ishim bor, yo’l-yo’lakay yonilg’i quyish shoxobchasi yonidagi oshxonaga ham kirib o’taylik, kelayotib somsa yegan joylaringizga. Noumid – shayton” dedi.

Yo’l bo’yi yo’qolgan sumka mavzusini muhokama qilib ketdik. Kimdir “pulini olib sumkani ichidagi hujjatlari bilan devordan otib ketsayam bo’lardi” deydi, yana kimdir “siz nimaga qora sumka olasiz, qora bo’lgani uchun jimgina kostyumiga o’rab ketgan” deb hazil ham qiladi.

Nihoyat, o’sha oshxonaga yetib keldik. So’rasak, oshpaz amaki “Ha, uch kun oldin sumka qolib ketgandi”, dedi-yu hammamizning nafasimiz ichimizga tushib ketdi. Na xursand bo’lishni, na xafa bo’lishni bilamiz. Bir mahal u o’sha qora, zanjirli sumkani olib chiqdi. Hammamiz quvonib ketdik.

– Ehe, bu yerda qancha odamlarning narsasi qolib ketgan. Bir marta 8 million pul qolib ketgan. Uniyam egasi kelguncha olib qo’yganmiz, – dedi samimiy kulib yoshi qirqlar atrofidagi oshpaz amaki.

Yo’qolgan sumka topildi. Ammo, bizning yoshligimiz, e`tiborsizligimiz, folbinlarning bo’lar-bo’lmas taxminlari, yolg’on-yashig’i sababli Guljahon va uning uydagilari, butun qishloq ahli ko’ngliga yetkazgan ozorimiz bir umr qalbimizda qolib ketadigan bo’ldi.

Gulyora NAZAROVA,

“Jamiyat”ning jamoatchi muxbiri

Teglar:

Foydali havolalar