O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yoshlar kimdan o’rnak olsin, ustoz?

Jamiyat
Sentabr17/ 2016

Ukamning tug’ilgan kuni bahonasida oilamiz bilan restoranga bordik. Shinam va zamonaviy bu joyda bobom, buvimning yaxshi tilaklari, tabrik va qutlovlari bilan kechamiz juda chiroyli boshlandi. Ammo yonimizdagi stoldan 35-40 yoshlardagi 4-5 ayolning o’zaro baland ovozda suhbatlashishi, ayollarga xos bo’lmagan behayo so’zlarni ishlatayotgani hammaning e`tiborini tortdi. Shunda ne ko’z bilan ko’rayki, ulardan biri menga maktabda dars bergan o’qituvchim edi. Qadrdon ustozimni bu ahvolda ko’rib, juda noqulay ahvolga tushdim. Bizni odob, chiroyli so’zlash, barchani hurmat qilishga o’rgatgan o’qituvchimizning nahotki ahvoli shunday bo’lsa?..

Ustozimdan shu darajada xafa bo’ldimki, unga boshqa qayrilib qaramadim. Chiroyli qilib bezalgan bayram dasturxoniyu ukam uchun aytilayotgan tilaklar, yangrayotgan kuy-qo’shiq, atrofimdagilarning baxtiyor o’yin-kulgulari bilan biroz chalg’idim. Ammo bazm tugab, qaytar chog’imiz yana o’sha tanish ovoz eshitildi.

– O, uka! 4 ta emas, 3 ta aroq aytgandik-ku! Yolg’on gapirishga uyalmaysanmi? – deya ofitsiant yigitga qarab o’dag’aylardi u.

– Opa, mana, yozib qo’yilgan, – derdi yigitcha qo’lidagi qog’ozni ko’rsataib. Biroq ayollar o’z gapida turib olib, restoranni boshiga ko’tardi. Men esa ularning nima uchun bunaqa ahvolga tushib qolganini anglab yetgandim. Ulardan andishani, uyatni tortib olgan narsa o’sha 3 yoki 4 shisha spirtli ichimlik edi…

Biz xorijiy filmlarda ayollarning ham tamaki chekishi, spirtli ichimliklar ichishini ko’rganmiz. Ammo endi buning uchun televizorni yoqish shart bo’lmay qoldi. Sharqona iboyu hayo pardasini yirtib, o’zligidan kechayotgan bunday ayollar nafaqat ayollik sha`ni, balki sog’lig’idan-da judo bo’layotganini hech o’ylab ko’rganmikan? Ko’plab holatlarda bepushtlik, nosog’lom yoki o’lik bolalarning tug’ilishi aynan alkogol va tamaki mahsulotlari oqibatida kelib chiqayotganini hammamiz ko’rib-bilib turibmizku.

Statistik ma`lumotlarga ko’ra, kashanda ayollar chekmaydiganlarga nisbatan stenokardiya xastaligi bilan 13 marta, oshqozon yarasi bilan 10 marta ko’proq xastalanar ekan. Alkogol mahsulotlarini iste`mol qiluvchi ayollarda infarkt, jigar serrozi, yurak kasalliklari eng ko’p uchrashi tibbiyotda isbotlangan. “Jamiyat” gazetasining joriy yil 3 iyun sonida e`lon qilingan “Qadahlarga to’kilgan andisha” sarlavhali maqolada ham ayni shu jihatlar qalamga olingan.

Ayollar xoh o’qituvchi, xoh shifokor, xoh uy bekasi bo’lsin, avvalo, farzandlarining birinchi ustozi – tarbiyachisi hisoblanadi. Aksariyat hollarda bola onasining xatti-harakatidan o’rnak oladi, qilayotgan har qanday ishini to’g’ri deb baholaydi. Ona, ustoz ichuvchi, tamaki va alkogol mahsulotlariga ruju qo’ygan bo’lsachi? Bola, shogird kimdan o’rnak oladi?

Dilafro’z ISTAMOVA,

Buxoro viloyati,

Shofirkon pedagogika kolleji o’quvchisi

Foydali havolalar