(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Yuzlarimiz qizarsa, andishadan qizarsin

Jamiyat
Yanvar17/ 2016

 

Inson go’zalligini ulug’ hakim Abu Ali ibn Sino shunday ta`riflagan: “Insonning doimiy go’zalligi va latofati hayo ila iffatidur. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o’xshaydi”. Haqiqatdan ham, hayo qalbning haqiqiy ko’zgusidir. Ichki iffat va andisha yuzni qizartiradi, ko’zlarda aks etadi. Ammo bugungi kunda ayrim xotin-qizlarimizning yuzi spirtli ichimliklar ichayotgani va tamaki chekayotganidan ham qizarib-bo’zarmoqda. “Jamiyat” gazetasining 3 iyun sonida e`lon qilingan “Kadahlarga to’kilgan andisha” maqolasida bu borada asosli fikrlar bildirilgan.

Ba`zi ayollarimiz bundan uyalish o’rniga “ichish”ni “imidj”, ba`zan “moda”, ba`zan esa dardni yengillashtiradigan “darmon” sifatida baholamoqda. Afsuski, bularning barchasi bahona. Bu yengiltaklik, irodasizlik va yetarlicha tushunchaga ega bo’lmaslik ortidan kelib chiqayotgan illatdir.

– Boshida biroz siqilganim uchun oz-ozdan pivo ichardim, – deydi bir tanishim. – Buning alkogoli kam bo’lsa, hech narsa qilmaydi, deb o’ylagandim. Ammo dastlab yengil sarxushlik berayotgan bu ichimlik keyinchalik meni qoniqtirmay qo’ydi. Bir-ikki marta kuchlirog’idan tatib ko’rdim. Keyin esa sekin-asta qanday qilib o’rganib qolganimni bilmay qoldim. Spirtli ichimlik ayol kishiga erkaklarga qaraganda bir necha bor kuchliroq ta`sir qilishini tushunib yetganimda esa ancha kech bo’lgan edi.

Bugun bu kabi yo’ldan adashayotganlarni uchratish qiyin emas. Sababini o’rganganimizda esa aksariyati yoshlikdagi tarbiyaga borib taqaladi. Markazimizning “Qiz bola – yurt ko’rki, el faxri” nomli loyihasi ham aynan qizlarimizdagi haqiqiy go’zallik – sharm-hayo, odob-axloqni ro’yobga chiqarib, ularning kasb-hunar egallashi, kelgusida jamiyatda, shaxsiy hayotda munosib o’rniga ega bo’lishiga ko’maklashish maqsadida ishlab chiqilgan. Zero, bu fazilatlar Sharq xalqlari tomonidan qadimdan qadrlanib, e`zozlanib kelingan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Mazkur loyihamiz Oliy Majlis huzuridagi NNTni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirildi. Ayni paytda uni amalga oshirish bo’icha qizg’in faoliyat olib boryapmiz. Maqsadimiz esa qizlarimiz tarbiyasiga jiddiy e`tibor qaratib, ular haqiqiy o’zbek ayoliga mos, o’zligimizga xos bo’lib voyaga yetishini ta`minlashdan iborat.

Nozik hilqat vakillari ayollik sha`nini, iffatini saqlashi ularni yuksakka olib chiqadi. Aksincha bo’lsa, butun jamiyatdagi obro’-e`tiboridan, go’zallik va nafosat ramzi degan nomidan mosuvo qiladi. Yuzlarimiz qizarsa, faqat andishayu iffatdan qizarsin, munis ayollar.

Gulnora AHMYEDOVA,

Fuqarolik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash markazi Toshkent viloyat bo’limi rahbari

Foydali havolalar