O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Aholi eng munosib nomzodlarni tanladi

  • 1539
  • 1539
Jamiyat
Noyabr19/ 2016

Oliy Majlis Senati Kengashining qaroriga muvofiq shu yil 5 mayda boshlangan fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi yakuniga yetdi. Saylovlarda 9 ming 764 fuqarolar yig’ini raisi va ularning 105 mingdan ziyod maslahatchisi saylandi.

 

Yangi saylangan raislarning 73,6 foizi oliy ma`lumotli, 82,4 foizi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tizimida va tadbirkorlik sohasida boshqaruv ish tajribasiga ega, 67 foizi ushbu lavozimga birinchi marta saylandi. Raislarning 865 nafari ayollardir.

Shuningdek, saylangan maslahatchilarning 51,1 foizi oliy ma`lumotga ega, 25,4 foizini ayollar tashkil qiladi. Ularning 53,3 foizi ushbu vazifaga birinchi marta saylandi.

Saylov natijalari tahlili aholining ijtimoiy faolligi oshgani, fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish, mahallalarda ma`naviy muhit barqarorligini hamda millatlararo do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga va milliy g’oyaga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash ishlaridagi o’rni mustahkamlanib borayotganini ko’rsatdi.

Oliy Majlis Senati Kengashining kengaytirilgan yig’ilishida fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi bilan bog’liq shu kabi natijalar atroflicha muhokama qilindi.

– Fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari uchun o’tkazilgan bu galgi saylovlar jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlari chuqurlashib borayotgan, sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitda bo’lib o’tdi, – deydi Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi komissiyasi a`zosi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi   Respublika boshqaruvi raisi Jovdatxon   Inog’omov. – Aholining mahalla sayloviga qiziqishi har qachongidan yuqori bo’ldi. Bu ularning saylovdagi faol ishtirokida yaqqol ko’rindi. Asosiysi, saylov natijalari hayotimizda muhim o’rin tutishini fuqarolarimiz chuqur anglagan holda unga jiddiy yondashdi. Bu fikrlarni yaqinda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar – 2016» mavzuida o’tkazilgan so’rov natijalari ham tasdiqlaydi. Jumladan, aholining 90 foizdan ziyodi fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovidan yaxshi xabardor bo’lgan va unda ishtirok etishni, mahallasiga kim rais bo’lishiga befarq emasligini bildirgan.

Ta`kidlanganidek, saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish jarayonida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini to’la-to’kis ro’yobga chiqarishga alohida e`tibor qaratildi. Senat Kengashi tomonidan tasdiqlangan Fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o’tkazishga doir tadbirlar rejasiga muvofiq, mahallalarda aholining barcha qatlamini qamrab olgan holda saylovning ahamiyati, bu jarayonda fuqarolarning huquqlarini tushuntirishga qaratilgan keng ko’lamli targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Tasdiqlangan tadbirlar rejasiga ko’ra, Senat komissiyasi hamda hududiy ko’maklashuvchi komissiyalar tomonidan joriy yilning aprel oyida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda barcha tuman va shaharlarda saylovlarni o’tkazish tartib-qoidalari, ishchi guruhlarning vazifalarini tushuntirishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etildi. Barcha tadbirlar ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga to’liq javob berildi.

Fuqarolar yig’inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini o’tkazish masalalari hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlarining targ’iboti bo’yicha ishchi guruhlar faoliyati yo’lga qo’yildi.

Ko’maklashuvchi komissiyalar huzurida saylovni tashkil etish hamda o’tkazishning barcha bosqichlarida ochiqlik va oshkoralikni ta`minlash maqsadida saylovlarni yoritishga mas`ul bo’lgan axborot xizmatlarining faoliyati yo’lga qo’yilgani bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

«Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida»gi Qonunning 17-moddasida qayd etilganidek, fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o’rtasida obro’-e`tiborga ega bo’lishi kerak. Saylov jarayonida ishchi guruhlar tomonidan aynan shu jihatlarga alohida e`tibor qaratildi. Fuqarolar yig’ini raisligiga nomzod etib nafaqat tajribali, obro’-e`tiborli yoshi ulug’ kishilar, balki jamiyatda o’z o’rnini topgan, bilimli, g’ayratli va tashabbuskor yosh kadrlar ham tavsiya etildi. Saylangan mahalla raislarining 9,1 foizini 40 yoshgacha, 33,3 foizini 40-50, 54,3 foizini 50-60, 3,2 foizini 60 yoshdan oshgan kishilar tashkil etdi.   Fuqarolar yig’inlari raislari maslahatchilariga nomzodlar ham qonun talablari asosida tanlandi.

Saylovni o’tkazish uchun qulay joylar (maktab, kollej, mahalla binolari kabilar) belgilanib, ular zarur vositalar (yashirin ovoz berish kabinasi, saylov qutisi, byulleten, mandat) bilan jihozlandi.

Saylovlarning 34,9 foizi yashirin, qolgani ochiq ovoz berish yo’li bilan tashkil etildi. Bu demokratik saylov tizimiga xos bo’lib, xalqaro andozalarga muvofiq keladi.

Yig’ilishda yangi saylangan fuqarolar yig’ini raislari hamda ularning maslahatchilari 2016 yil 2 iyundagi «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qaror ijrosiga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`rifiy, axborot-tushuntirish tadbirlari dasturini, shuningdek, «Sog’­lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta`minlashda faol ishtirok etishlari muhimligi ta`kidlandi.

Munisxon KARIMOVA,

«Jamiyat» muxbiri

Foydali havolalar