(Кириллча) Ўзбекистон мева ва сабзавот экспортининг асосий улуши Қозоғистон ҳиссасига тўғри келди.

(Кириллча) Ўзбекистондан шу кунгача 778 миллион долларлик мева-сабзавот четга экспорт қилинди.

(Кириллча) Тошкент метрополитенининг устки қисмида хизмат олиб бораётган Ички ишлар ходимларининг назорат пости олиб ташланди. Бу ҳақда Ички ишлар вазирлиги матбуот хизмати хабар бермоқда.

(Кириллча) Ўзбекистонда ишлаб чиқариладиган пахта ёғи учун акциз солиғи ундирилмайди.

(Кириллча) Жорий йилнинг 24 ноябрь куни мамлакатимизда илк бор «DevFest» – Google Developers Group (GDG) дастурчилар халқаро фестивали бўлиб ўтади.

Biz do’stmiz

  • 1536
  • 1536
Jamiyat
Yanvar19/ 2016

 

Vyetnamda urush bo’layotgan chog’ snaryadlardan biri kutilmaganda kichkina qishloqdagi bolalar bog’chasiga kelib tushdi. Ko’pchilik halok bo’ldi. Ayrim bolalar qattiq yaralandi. Jarohat olgan bolalar orasida sakkiz yoshli bir qizaloq ham bor edi.

Yaradorlarni davolashning imkoni bo’lmagach, aholi qo’shni shaharchadan tibbiy ko’mak so’radi. Ko’p o’tmay amerikalik harbiy doktor va hamshiralar kelishdi. Yarador qizaloqni ko’zdan kechirgan shifokor agar bemor tez fursatda jarrohlik stoliga yotqizilmasa, ko’p qon yo’qotib, halok bo’lishi mumkinligini aytdi. Buning uchun avvalo qizaloqning qon guruhiga mos keladigan donor zarur edi. Zudlik bilan ko’pchilikning qon guruhi aniqlandi, ammo qizaloqqa mos keladigan qon topilmadi. Faqatgina bir-ikki yetim-esir bolalarning qon guruhi qizchaga to’g’ri keldi. Amerikalik shifokor vyetnam tilini qiynalib gapirar edi, hamshiralar esa fransuz va ingliz tillaridan boshqasini bilmasdi. Shifokor fursatni boy bermay, omon qolgan bolalarga imo-ishora orqali jarohati og’ir qizaloqqa qon kerakligini tushuntirib, unga kim qon berishi mumkinligini so’radi. Biroq bolalar lom-mim demadi. Faqat kichkina bir bola qo’rqa-pisa qo’lini ko’tardi.

– Rahmat, – dedi xursand bo’lganidan doktor. – Sening isming nima?

– Xan, – javob berdi bolakay.

Xanni darhol kushetkaga yotqizib, bilagini spirt bilan artishdi va venasiga igna sanchishdi. Jajji xaloskor nafasini ichiga yutib, jim yotaverdi. Biroq bir necha soniyalardan so’ng yig’lamsirab, bo’sh qo’li bilan ko’zlarini berkitib oldi.

– Og’riyaptimi? – so’radi vrach.

Bolakay yig’idan to’xtab, bosh chay­qab, «yo’q», dedi. Biroq yana yig’lab yubordi. Shifokor savolini ikkinchi marta qaytargach ham Xan boshini chayqadi. Xan og’riq qanchalar kuchli bo’lmasin, ho’ngrab yubormaslik uchun bo’sh qo’lini musht qilib og’ziga tutdi va tag’in ko’zlarini yumib oldi.

Shifokor bezovtalandi. Shu payt qishloq hamshiralaridan biri yetib keldi. U bolakayning ahvolini ko’rib, qo’rqib ketdi. Vyetnam tilida unga tinch­lanish kerakligini aytganda, bolakay yig’idan to’xtadi. So’ng hamshira vrachga dedi:

– U men o’layapman, deb o’ylagan ekan. Qizaloq yashab ketishi uchun bor qonini berishga tayyor ekan.

Amerikalik shifokor ajablandi.

– Bo’lmasa, nega rozi bo’ldi?

Qishloq hamshirasi vrachning savolini Xanga qaytardi. Shunda Xan shunday javob berdi:

– Chunki biz do’stmiz.

Rus tilidan Umid ALI tarjimasi.

Teglar:

Foydali havolalar