O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Buzuq fikrni ezgu fikrga almashtirib…

  • 1527
  • 1527
Jamiyat
Sentabr19/ 2016

 

Tunov kuni Anvar ismli bir tanishimni uchratib qoldim. Ancha yillardan beri hali u, hali bu oliygohga hujjat topshirib yurar edi. Gap orasida o’qishi haqida so’radim. U birinchi kursni tugatganini aytdi va hikoyasini boshladi:

 

– Kollejni tamomlaganimdan so’ng hujjatlarimni iqtisodiyot yo’nalishiga topshirdim. Test topshiriqlarini bajarib, hamma qatori men ham javoblar chiqishini kutdim. Biroq omadim kelmadi. Kollej darslarida kamnamo bo’lganim pand berdi. Shu kundan boshlab «agar biror tanishing bo’lmasa, universitetning ostonasini ham orzu qilma», degan tushuncha xayolimda muhrlanib qoldi.

Shu alfozda bir yil ham ortda qoldi. Yaqin do’stim test topshirish jarayonida «ko’maklashib» yuborishini, imtihon kuni o’zim bilan kerakli kitoblar va uyali telefon olib kirishimni tayinladi. Ammo maxsus nazoratchilarga telefon va qo’llanmalarimni oldirib qo’ydim. Reja chippakka chiqdi. Yana bir yilni biror yangi «reja» tuzish bilan o’tkazdim.

Bu safar, albatta, baquvvatroq «tanka» topishim va qaysi yo’nalishda bo’lsa ham o’qishim zarur edi. Mahallamizda nufuzli universitetning sobiq o’qituvchisi yashaydi. Galdagi imtihon oldi ota-onam undan yordam so’radi. U falon pul evaziga meni biror «engilroq» fakultetga o’qishga kirgizib qo’yishini aytdi. Biz rozi bo’ldik.

…Mana, imtihon tugayapti. Biroq hech kim menga yordam bermadi. O’n daqiqa qolganda nazoratchi savol va javoblar varag’ini topshirishimni so’radi. Men bu safar ham aldanganimga ishonch hosil qilib bo’lgan edim.

Imtihondan chiqib, sobiq o’qituvchi huzuriga bordim. U mening «ishim» yuzasidan biroz oldin telefonda suhbatlashgani, noyabr oyi oxirida qo’shimcha ravishda qabul qilinadigan talabalar orasiga qo’shib qo’yishini aytdi. Ammo noyabr u yoqda tursin, qish o’tib, bahor yarimlaganda ham undan sado chiqmadi. Ortidan chopa-chopa berilgan pulning yarmini ham qaytarib ololmadik.

Har safar o’qishdan yiqilganim haqida eshitish jonimdan o’tdi. Ota-onam meni uylantirish payida yurar, men esa faqat oliy o’quv yurtiga kirsamgina, oila qurishimni aytib, ularni ham qiynadim.

Shu alfozda oradan besh yil o’tdi. Biror aniq sohani tanlamaganim, falon universitetning, faloncha fakultetiga kirish bali pastroq ekan, degan gap-so’zlarning ortidan quvib yuraverish, nima qilib bo’lsa ham o’qishga kirib olish uchun «har xil usul»­larni qo’llayverish o’zimni ham zada qilib yubordi.

Oltinchi yil. Yo’q, bu yil o’qishga hujjat topshirish fikridan qaytdim. Asosiy maqsad qanday qilib bo’lmasin o’qishga kirib olishdir, degan qarordan voz kechib, asosiy maqsad ilm olishdir, degan qat`iy qarorga keldim. Fikrimni, xayolimni o’zgartirdim. Miyamga o’rnashib qolgan tushuncha o’zgarib, «biliming bo’lmasa, universitet ostonasini ham orzu qilma»ga aylandi. O’quv markaziga qatnay boshladim va o’n ikki yil umrim bekorga sovurilganini tushunib, uning o’rnini to’ldirish uchun mustaqil ravishda butun vujudim bilan ilm olishga kirishdim.

Vaqt charxpalagi aylanib, yana oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirish fursati keldi. Nufuzli universitetning chet tillari fakultetiga kirish uchun hujjat topshirdim.

Imtihon javoblari chiqqanida o’zimni davlat granti asosida o’qishga qabul qilingan talabalar orasida ko’rib, yig’lab yubordim. Bu men uchun katta baxt edi. Boisi, yetti yil deganda universitet talabasi bo’lgan edim-da! Men bunga buzuq fikrni ezgu fikrga almashtirish orqali erishdim.

 

Isfandiyor BURGUTBOYEV,

O’zMU talabasi

Teglar:

Foydali havolalar