O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida barpo etilgan beshta 5 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligi arafasida Asakadagi «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati asoschisi Islom Karimovning yodgorlik majmuasi ochildi.

2018 yil 1 yanvardan UzCard banklararo to‘lov tizimi tomonidan «DUET» kartalar orqali pul o‘tkazmalari to‘xtatiladi.

1 dekabr. Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori e`lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hammasi bir stakan sut bilan to’langan

  • 1533
  • 1533
Jamiyat
Oktabr19/ 2016

 

Bir kuni Hovard Kelliy ismli kambag’al bola maktabga boradigan yo’lda eshikma-eshik narsalar sotib 10 sent topdi. U nihoyatda charchab, qorni ochganini his qildi. Keyingi uydan tanovul uchun yegulik so’rashga qaror qildi. Ammo, eshikni yosh, quvnoq qiz ochishi bilan o’zidagi jasoratini yo’qotdi.

Shu vaqt ovqatning o’rniga ichish uchun suv so’radi. Qiz uni ko’rib, – och qolgan bo’lsa kerak, – deb o’ylab suvning o’rniga katta stakanda sut olib chiqdi. Sutni ichgandan so’ng bola sekingina, – Qancha bo’ldi? Men uning bahosini to’layman, – dedi.

Qiz esa «Onam yaxshilik uchun hech qanday to’lov olinmasligini o’rgatgan», deb javob berdi. Bu so’zlarni eshitgan Kelliy unga chin dildan rahmat aytar ekan, hayoti davomida bunday ruhiy va jismoniy kuchni, Yaratganga bo’lgan ishonchni oldinlari hech his qilmaganligini sezdi. Bunday yurishdan ma`ni yo’qligini bilib, badfe`lligini shu kundan tashladi. Yaxshi hayot uchun tinimsiz, yaxshi o’qishni boshladi.

Oradan yillar o’tdi. Nimadir sabab bo’lib, o’sha qizcha og’ir dardga yo’liqdi. Mahalliy shifokorlar uning kasali nima ekanligini topa olmadi. Natijada yaqinlari uni shahardagi kasalxonaga olib kelishdi.

Uni ko’rish uchun shifokor Hovard Kelliyni chaqirishdi. Shifokor qabulxonada bemor kelgan shahar nomini eshitishi bilan uning oldiga bordi.

Uzoq muddatli davolanishlardan keyin bemor sog’aya boshladi. Ayolning ketish vaqti bo’lganda, Hovard Kelliy bemorning kasalxona xarajatlarini o’zi to’ladi. To’lov qog’ozining chetiga bir nimalar deb yozib, uni ayolga jo’natdi. Konvertni ochayotib bemor diqqati quyidagi yozuvlarga tushdi: «Hammasi bir stakan sut bilan to’langan».

Ingliz tilidan

Mahliyo Umirzoqova tarjimasi.

Foydali havolalar